Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
3-bosqich: 
XX asrning 50-yillari boshlaridan bozor iqtisodiga o‘tgan mamlakatlarning iqtisodiy 
rivojlanishida yangi sifat o‘zgarishlari yuz berdiki, ular kapitalizm haqidagi bizga tanish shakl va 
tasavvurlarga to‘g‘ri kelmaydi. 
Yangi rivojlanishning dastlabki unsurlari 30-yillardayoq namoyon bo‘la boshladi, lekin 
ular qatyiy bir shakl va tarixiy ahamiyatini 70-80-yillardagi inqirozlardan keyin kasb etdi. 
Bu vaqtga kelib ommaviy uzluksiz standartlashgan ishlab chiqarishning ulkan potensial 
imkoniyatlari bilan keskin o‘sgan ijtimoiy talab o‘rtasidagi ziddiyat yanada kuchaydi.
Talab bilan taklif o‘rtasidagi bunday ziddiyat ilgarilari ham bo‘lgan, lekin ular ilgarilari 
vaqtinchalik davriy inqirozlar jarayonida hal etilgan, XX asrning o‘rtalariga kelib vaziyat 
sezilarli darajada o‘zgardi, chunki bu ziddiyatlar endi boshqacha xususiyat kasb etgan edi.
Gap shundaki, kapitalistik sanoat 40-50-yillarda o‘tgan texnika bazasi va ishlab 
chiqarishni tashkil etish turi, ayniqsa, avtomatlashtirish standartlashgan mahsulotning juda katta 
miqdorini "chiqarib tashlash" uchun yangi imkoniyatlar ochdi, bozorni mahsulotlar bilan tez 
to‘ldirishga yordam berdi. O‘z navbatida aholi real daromadlarining ortishi, davlatning ijtimoiy 
siyosati ijtimoiy bozorning ancha kengayishiga olib keldi. 
Aholining dastlabki talablarini to‘la qondirilishi, umumiy turmush darajasining oshishi 
ana shu tutilgan yo‘llar natijasi bo‘ldi.
Shu munosabat bilan iqtisodiy talab va bozorning mutlaqo yangi holati yuzaga keldi: 
talab ommaviylikdan yakka tartibdagi talabga aylandi, tovarlar sifatiga yuksak talablar qo‘ya 
boshlandi.
Bundan tashqari, iste’molning yangi turlari - ijtimoiy tovar va xizmatlarga talab paydo 
bo‘ldi:
- turmush sifati; 
- atrof-muhit tozaligi; 
- bo‘sh vaqtni tashkil etish (foydalanish) ehtiyoji va hokazo.
Bunday sharoitda ishlab chiqarish ko‘lamini oshirishga asoslangan ishlab chiqarishning 
ilgarigi usuli va ratsionalizatorlik usullari endi ish bermay qo‘ydi, bozordagi o‘zgargan talabni 
qondirish uchun ijtimoiy ishlab chiqarishning prinsip jihatdan yangi texnik tashkiliy bazasi talab 
etilar edi. Bu esa fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirdi, iqtisodiy tizimda xo‘jalikni tashkil qilish, 
o‘zaro munosabatlarning prinsipial boshqa shakllarini yuzaga keltirdi.
Ayni vaqtda yangi bir muammo paydo bo‘ldi: ishlab chiqarilayotgan tovarlarni 
ko‘paytirishni ko‘zda tutgan iqtisodiy o‘sish "resurslarni yamlamay yutadigan" bir holatni 
yuzaga keltirdiki, bu 90-yillarning boshlariga kelib iqtisodiy o‘sish uchun jiddiy xavf tug‘dirdi 
va mavjud sharoitda fan-texnika taraqqiyoti yo‘nalishini ko‘p jihatdan belgilab berdi. 


Bu rivojlanish ishlab chiqarishga bo‘lgan yangi talablar endi faqat texnik omil bilan 
ta’minlanmasligini ko‘rsatdi. Mazkur omil XX asr boshlari va o‘rtalarida industrial jamiyat 
muammolarini hal etar edi. Endi, o‘tgan yuz yillikning oxirgi 3-qismida u iqtisodiy 
jarayonlarni ratsionallashtirishdagi birinchilikni inson omiliga bo‘shatib berdi. Chunonchi
Yaponiyaning "Mazda" avtomobil kompaniyasi besh yil davomida (1975-1980) "ishlab 
chikarishning yangi turi sari sakrash qilganida va mehnat unumdorligini 2,5 barobar oshirganida, 
o‘sishniig 80% yangi texnika yoki yirik mablag‘ sarflash bilan bog‘liq bo‘lmadi".
XX asrning so‘nggi o‘n yilligini jahon xo‘jaligi taraqqiyotidagi uchinchi davrning eng 
muhim bosqichlaridan biri, deb hisoblash mumkin. Geografik makonni o‘zlashtirish, xalqaro. 
qator hollarda esa global miqyosda ishlab chiqarish kuchlarini shakllantirish darajasi ko‘tarildi, 
o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va bir-biriga bog‘liqlik kuchaydi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida 
g‘arb davlatlaridagiga yaqin bo‘lgan iqtisodiy-siyosiy tuzilmalarni shakllantirish hamda barpo 
etish jarayonlari avj oldi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida 96-yillar boshlaridan 
beri amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar ushbu mamlakatlar iqtisodiyotini xo‘jalik 
yuritishni bozor shartlariga moslashtirishga hamda jahon xo‘jaligiga yanada chuqurroq 
integratsiya qilishga qaratilmoqda. Jahon iqtisodi o‘z taraqqiyotida yangi bosqichga ko‘tarilishi 
mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning faollashuviga, ularning iqtisodiy-siyosiy tuzilmalari 
o‘rtasidagi hamjixatlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin. 
90-yillardagi jahon iqtisodi taraqqiyotida ro‘y bergan hamda shu o‘n yillik o‘rtalariga 
kelib ro‘y-rost namoyon bo‘lgan muhim xususiyat shundan iboratki, sanoatdagi inqiroz sekin-
asta, garchi izchil bo‘lmasa ham, lekin aniq-ravshan bartaraf etila boshlandi.
Chunonchi, AQSHda iqtisodiy o‘sish sezilmoqda; Yaponiya turg‘unlikdan 
ko‘tarilmokda; Buyuk Britaniyada uzoq davom etgan stagnatsiya davri tugadi.
Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, umumiy jahon iqtisodi oxirgi yetti yildan beri 
bosqichli yuksalish pallasida turibdi. Chunonchi, 1995 yilga kelib, u YAIMning o‘sish sur’atlari 
darajasi bo‘yicha keyingi 25 yil ichida o‘rtacha mavqega chiqib oldi, ya’ni bir yilda qariyb 3,5 
foizga ko‘paydi. Biroq taxminan 1997 yilning o‘rtalaridan e’tiboran iqtisodiy yuksalish sur’ati 
pasaya boshladi, bu hol 1998 yilning birinchi yarmida kuchliroq sezila boshladi. Xalqaro valuta 
jamg‘armasi (XVJ) ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra YAIMning jahon xo‘jaligidagi o‘sishi
1998 yilda turg‘un narxlarda 3,1 foizdan iborat bo‘lgan. 
Shunga qaramay, iqtisodiy yuksalishdagi bu oqsoqlik har holda konyukturada yuz bergan 
vaqtincha parokandalik bilan bog‘liq ko‘rinadi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, Janubi-Sharqiy 
Osiyo mintaqasida 1997 yilda ro‘y bergan moliyaviy-iqtisodiy tanglik oqibatlari jahon ishlab 
chiqarishining rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Yana shu tangliqdan eng ko‘p zarar ko‘rgan besh 
mamlakat (Janubiy Koreya, Tailand, Indoneziya, Malayziya va Filippin) ulushiga hozir jahon 
YAIMining taxminan 2,7 foizn to‘g‘ri keladi, ammo Osiyoda ro‘y bergan bu tanglik global 
darajadagi savdo va investitsiya aloqalari tizimi orqali dunyodagi ko‘pgina mamlakatlarga u yoki 
bu darajada ta’sir ko‘rsatdi.
Shunga qaramay, dunyo xo‘jaligida o‘zaro raqobat qiluvchi uchta asosiy markazda 
keyingi paytlarda vaziyat turlicha tus oldi. Masalan, AQSHda qatorasiga olti yil davomida 
barqaror iqtisodiy yuksalish ko‘zga tashlanmoqda: YAIMning o‘sish sur’atlari barqaror 
narxlarda 1996 yildagi 3,8 foizdan 2003 yilda 5 foizga ko‘tarilib, keyingi 10 yil ichida eng 
yuqori cho‘qqiga erishdi, sanoatdagi ishlab chiqarish hajmi esa shu yillarda 2,7 foizdan 4,7 
foizga ko‘paydi. 2003 yilga kelib ishsizlik darajasi ham pasayib, 4,2 foizni tashkil etdi, bu 
keyingi chorak asrdagi eng past ko‘rsatkichdir.
Yevropadagi yetakchi davlatlarning ko‘pchiligi yuksalish pallasiga AQSHdan keyin 
qadam qo‘yganligi sababli bu yuksalish alomatlari 1997 yilning ikkinchi yarmidagina namoyon 
bo‘la boshladi.
Bu mintaqada iqtisodiy faollik oshgan bo‘lsada, bu narsa bandlik sohasidagi ahvolga 
hozircha sezilarli ta’sir qilganicha yo‘q: mehnatga yaroqli aholining umumiy miqdorida ishsizlar 
soni 2003 yilda ancha yuqori darajani tashkil etdi - bu raqam 8,3 foizdan iborat bo‘ldi.
Keyingi yillar davomida Yaponiyada iqtisodiy vaziyat ancha yomonlashganligi sezildi. 


Barqaror narxlarda iqtisodiy o‘sish 1996 yildagi 5,1 foizdan 1998 yilda - 2,8 foizga tushib 
qoldi. Biroq, 2001-2003 yillar ko‘rsatgichlari sezilarli o‘zgarishlarga asos bo‘lmokda.
AQSH bilan sanoati rivojlangan boshqa mamlakatlarning taraqqiyot darajalari o‘rtasida 
50-70-yillarda ro‘y bergan o‘zaro tenglashuv jahon xo‘jaligi rivojida muhim belgi bo‘ldi. Olti 
yetakchi mamlakatning (AQSHdan so‘ng) YAIMi 1955 yilda AQSH YAIMning 74 foizini 
tashkil etgan bo‘lsa, 1970 yilda 114 foizgacha ko‘tarildi. Biroq bularning birortasi ham alohida, 
o‘z holicha AQSH iqtisodining taraqqiyot darajasiga yaqinlasha olmadi. Ammo ayni paytda 
AQSH iqtisodining dunyodagi karvonboshlik o‘rni o‘z mohiyatini yo‘qota boshladi. Bu holat 
raqobatda uchta markaz: AQSH-Yaponiya-Harbiy Yevropa shakllanganligida namoyon bo‘ldi. 
Xozirgi paytda rivojlanayotgan mamlakatlarning istiqboli ham ancha yaxshilangan 
bo‘lsada, bu guruhdagi ba’zi mamlakatlar va mintaqalardagi vaziyat mutlaqo bir xil emas. 
Iqtisodiyotdagi jonlanish 80-yillardagi turg‘unlikdan, mutaxassislar "boy berilgan o‘n yillik" deb 
atagan davrdan so‘ng boshlandi.
Mutaxassislarning fikricha, 1997 yil iqtisodi o‘tish davriga xos mamlakatlar uchun 
burilish yili bo‘ldi. Sharqiy Yevropa, Boltiqbo‘yi va MDHdagi 25 davlatda iqtisodiy islohotlar 
amalga oshirilgan 7 yil ichida birinchi marta YAIM borasida kamayishdan ko‘payishga erishildi. 
Sharqiy Yevropa va Boltiqbo‘yi davlatlarida iqtisodiy rivojlanish sur’atlari 1997 yilda bir 
muncha sustlashdi, biroq MDH hududida xo‘jalik faoliyati bir muncha jonlanganligi sababli bu 
sustlashuvning kuchi kamaydi. Ushbu hududda YAIM ishlab chiqarishdagi pasayish 1996 yilda 
4,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1997 yilda o‘sish yana 0,8 foizga ko‘tarildi. 2003 yilga kelib 
YAIM o‘sishi ko‘pgina Sharqiy Yevropa va ayrim MDH davlatlarida 2,5-6 foizni tashkil etdi. 
O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatkich oxirgi (1996-2003) yillarda muntazam 4-5 foizga 
ko‘tarilmokda. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling