Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Jahon iqtisodi internatsionallashuvining xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ta’siri


Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/96
Sana31.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#1144118
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Jahon iqtisodi internatsionallashuvining xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ta’siri. 
Jahon iqtisodi internatsionallashuvi jarayonining o‘sishi bilan davlatlararo munosabatlar 
ham chuqurlashib, davlat chegaralarining mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni cheklab 
turuvchi to‘siqlar sifatidagi ahamiyati pasaymoqda.
Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, bir-biriga yordam ko‘rsatuvchi mamlakatlarning 
yanada yaqinlashuvi faqat transport vositalarini takomillashtirish tufayligina yuz bergani yo‘q.
Bunda hal qiluvchi sabablardan yana biri - millatlararo aloqa qilishning yangi turlarining 
nihoyatda tez o‘sishi bo‘lib, ular faqat tovarlar (savdo) emas, balki axborotlarning quyidagi 
shakllarida harakat qilishi bilan bog‘liq edi: 
- pul mablag‘lari; 
- texnik hujjatlar; 
- madaniy boyliklar bilan almashuv; 
- siyosiy yangiliklarni yoyish. 
Bu jarayonlarning oqibati sifatida xo‘jalik sohasida bir-birlariga bog‘liqlik judayam ortdi, 
mamlakatlar dunyo miqyosida xo‘jalik aloqalariga kirishdilar, bu esa: 
- ularning bir yo‘la rivojlanishiga;
- bir-birlari bilan yaqinlashuviga olib keldi. Xo‘jalik hayotida bu quyidagilarda namoyon 
bo‘ladi: 
- standartlashtirishda (bir xil andozada bo‘lishda); 
- xo‘jalik rivoji xarakteri (darajasi)ni tenglashtirishda; 
- iqtisodiy o‘zaro bir-birlariga bog‘liklikning o‘sishida. Quyidagilar 
standartlashtirilayapti: 
- texnologik jarayonlar; 
- buyumlar turining hajmlari; 
- ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari; 
- tovar bozorlarida iste’molchilar talablari. 
Demak, ko‘rib chiqilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkin. Keng ma’nodagi 
jahon xo‘jaligining internatsionallashuvi - bu xalqaro mehnat taqsimotini har tomonlama 
rivojlantirishga asoslangan turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotlarining o‘zaro aloqalari va o‘zaro 
bir-birlarini to‘ldirish jarayonini chuqurlashtirishdir.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling