Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI
Download 0,85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI
1. Jahon xo‘jaligi internatsionallashuvining mohiyati va sabablari. 2. Jahon iqtisodi internatsionallashuvining asosiy bosqichlari va ularning xususiyatlari. 3. Ishlab chiqarishni xalqaro umumlashuvining asosiy sabablari va uni hozirgi siyosiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’siri. 4. Hozirgi jahon xo‘jaligida milliy iqtisodlarning xalqaro ixtisoslashuvidagi o‘zgarishlarni aniqlovchi asosiy omillar. 5. Internatsionallashuvni jahon xo‘jaligi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishining asosiy shakllari. ADABIYOTLAR 1. Кузнецов В. Что такое глобализация? МЭ и МО, 1998, №3. 2. Чешкое М. Взгляд на глобализацию через призму глобалистики. // МЭ и МО, 2001, №2. 3. Чепурин ММ, Киселева Е.А.(ред) "Курс экономической теории", Киров, изд. "АСА", 1995. 4. Булатов А.С. "Экономика", М., изд. "Бек", 1996. 5. Salbator Dominic. International Economics (Fifth edition), New Jersey, USA, 1995. 6. World Investiment Report, UN, 1997 - 2000. 3-BOB XALQARO KORPORATSIYALAR Ishlab chiqarishni umumlashtirish va xo‘jalik hayoti internatsionallashuvining yuksak darajasi xalqaro korporatsiyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy asosdir. Ular o‘z shakllariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: - transmilliy korporatsiyalar (TMK); - xalqaro (millatlararo) korporatsiyalar (MK). Transmilliy korporatsiyalar kapitali va nazorati bo‘yicha milliy, lekin o‘z faoliyataga ko‘ra xalqarodir. Transmilliy korporatsiyalardan farqli ravishda xalqaro (millatlararo) korporatsiyalar egalari bitta davlatning emas, balki ikki, uch yoki bir necha davlatlar kapitallarining egalari hisoblanadi. Ularning eng muhim xususiyati - aksiyadorlik kapitalini xalqaro ko‘lamda bo‘lib- bo‘lib joylashtirish kompaniya yoki konsern tarkibining ko‘p millatliligidir. Transmilliy kompaniyalar XIX asrda ham mavjud edi. Lekin ularning faoliyati faqat XX asrning 20-yillari o‘rtalariga kelib kapitalning internatsionallashuvi jarayoni chuqurlashishi munosabati bilan keng quloch yoydi. Keyinchalik, 80-yillarda transmilliy korporatsiyalar faoliyatida xalqaro operaiiyalarning ko‘lami orta borishi bilan jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi, ular bu korporatsiyalar faoliyati asosiy tamoyillarining jiddiy o‘zgarishlariga olib keldi. Birinchi navbatda, turli millat kapitallarini birlashtirish asosida qo‘shma tadbirkorlikning nihoyatda tez rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ularning bir millatliligini yengib o‘tish bo‘ldi. Korporatsiya faoliyatini boshqarish tizimida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Agar mumtoz transmilliy korporatsiyalar uchun qaror qabul qilishni markazlashtirish-ning yuksak darajasi xarakterli bo‘lsa, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti shartlari esa tashkil etishning yangi, yanada moslashuvchan shakllarini, firmalararo aloqalardan keng foydalanishni talab etadi. Hozirgi sharoitda kapital yangi turining mohiyatini tushunish internatsionallashuv jarayoni bilan, ya’ni mehnat, kapital, nomoddiy bo‘lmagan aktivlarni o‘tkazish borasidagi tashqi bozor munosabatlarining nomukammalligiga javoban o‘z tashkiliy tuzilmalari doirasida ichki bozorlarni barpo etish bilan bog‘liqdir. Firmalar bozor bitimlari o‘rnini shahobchalar o‘rtasidagi shartnoma munosabatlari bilan almashtirib. bu bilan tashqi omillar ta’sirini bartaraf etadi va samaradorligi jihatidan an’anaviy tashqi bozordan ustun turuvchi ichki bozorni shakllantiradi. Ko‘rsatib o‘tilgan tamoyillar natijasida transmilliy korporatsiyalar eski ta’rifi saqlanib qolgani holda, ularning mazmuni ancha o‘zgardi. Shuning uchun ham mulkchilik xarakteridagi o‘zgarishlarni hisobga olib, ularni millatlararo koraoratsiyalar deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. Zero, hozir chet el iqtisodiy adabiyotlarida ham mana shu nom qabul qilingan. 90-yillarning oxirlarida jahonda 54 mingga yaqin, shu jumladan, rivojlangan mamlakatlarda 43,4 ming, rivojlanayotgan mamlakatlarda 9,3 ming va Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida 0,8 ming xalqaro korporatsiyalar mavjud edi (1-jadval). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling