Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Ishlab chiqarish kuchlari internatssonallashuvining asosiy shakllari va yo‘nalishlari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX asrning so‘nggi choragida milliy iqtisodiyotning xalqaro ixtisoslashuvini belgilovchi asosiy omillar.
Ishlab chiqarish kuchlari internatssonallashuvining asosiy shakllari va yo‘nalishlari.
Ma’lumki, ishlab chiqarishning internatsionallashuvi mehnatni xalqaro ixtisoslashtirish, taqsimlashni chuqurlashtirish natijasi. Ayni o‘sha ishlab chiqarishni xalqaro miqyosda ixtisoslashtirish ishlab chiqarish kuchlari internatsionallashuvining asosiy shakllari va yo‘nalishlarini keltirib chiqaradi. B u l a r: 1) Tovarlar va xizmatlarning milliy chegaralar orqali ko‘chib yurishi; 2) kapital va ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi; 3) jahonning turli mintaqalaridagi integratsion jarayonlar. Ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirish har doim u yoki bu mamlakatda mahsulotning muayyan turi ishlab chiqarilishidagi sarf-xarajatlar bilan bog‘liq nisbiy afzalliklarga tayanadi. Sarf-xarajatlardagi nisbiy afzalliklar doimiy bo‘lmay, ular bir qator holatlarga bog‘liqdir. XX asrning so‘nggi choragida milliy iqtisodiyotning xalqaro ixtisoslashuvini belgilovchi asosiy omillar. Qayd etilayotgan omillar quyidagilardan iborat: 1. Tabiiy resurslar, geografik holat, o‘tmishdagi ishlab chiqarish tajribasi, mamlakatning o‘tmishda qaror topgan ishlab chiqarish imkoniyati singari xalqaro ixtisoslashtirish an’anaviy omillarining pasayishi. Lekin bu an’anaviy omillar amal qilinishini to‘xtatib qo‘yadi, degan ma’noni bildirmasdan, balki fan-texnika taraqqiyoti natijasida yangi qo‘shimcha omillarining paydo bo‘lishini anglatadi. Masalan, industrial mamlakatlarda bugungi kunda ikki muhim va uzoq muddatli jarayonlar ko‘zga tashlana boshlandi: - bir tomondan, milliy xo‘jaliklarni tuzilmaviy jihatdan qayta qurish asta-sekin yangi texnika-texnologiyalarga o‘tish orqali ularga ketadigan energiya va material xarajati miqdorini qisqartirish, energiya, xom ashyoga bo‘lgan ehtiyoj kamayadigan yangi texnika-texnologiyalarga o‘tish; - ikkinchi tomondan, o‘z tabiiy resurslarini o‘zlashtirish, tabiiy xom ashyo o‘rnini bosuvchi turli sun’iy materiallarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni rivojlantirish hisobiga mamlakatlar ehtiyojlarini to‘laroq, qondirish imkoniyatini yaratish. 2. Xalq xo‘jalik tuzilmalarini maqbullashtirish va shunga yarasha milliy mahsulotlar sotiladigan bozorlar ko‘lamini moslashtirish. U yoki bu mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatidan foydalanish milliy doiradagina emas, balki mehnatni xalqaro taqsimoti doirasida ham ixtisoslashtirish jarayonini chuqurlashtirish bilan bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida keng ixtisoslashtirilayotgan milliy ishlab chiqarishlarning jahon bozoriga chiqishini, mazkur mamlakatning yuksak darajadagi iqtisodiy samaradorligini ta’minlay olmaydigan milliy ishlab chiqarishni rivojlantirishdan voz kechishni taqozo etadi. 3. Korxonalarning normalarini odatdagi milliy normalardan jahon normalariga aylantirish. Sanoat korxonasi iqtisodiy samaradorligining asosiy sharti - uning qudrati hamda texnik qurollanishi jihatidan eng muvofiq jahon talablariga mos kelishi bo‘ldi. Lekin milliy ehtiyojlar, milliy bozor, ayniqsa, ko‘lami kichik va o‘rtacha mamlakatlarda, ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarini sotish uchun tobora torlik qila boshladi. Bu mazkur mamlakatlardagi sanoatning yetakchi sohalari taqdirini tashqi bozorlarga bog‘liq qilib qo‘ydi. Shuning uchun ham yirik mamlakatlardagi ko‘pchilik sanoat tarmoqlari, masalan, aviatsiya sanoati, elektron-hisoblash mashinalarini chiqaruvchi sanoat korxonalari avval boshdanoq tashqi bozorni mo‘ljallab ish ko‘rishdi. Hatto ko‘pincha chet el iste’molchilariga xizmat ko‘rsatish korxona faoliyatida yetakchi o‘rinni egalladi. Jumladan, G‘arbning kichik va o‘rta industrial mamlakatlaridagi ko‘pchilik mashinasozlik tarmoqlari mahsulotining 75-90%i eksportga ketadi. Bulardan ko‘rinadiki, eksportni mo‘ljallab ish ko‘rish industrlal rivojlangan eng yirik mamlakatlar sanoati taraqqiyoti uchun muhim mezon va omildir. 4. Iste’mol qilinuvchi (bu yerda iste’mol mollari ma’nosida emas) mahsulotlar nomenklaturasining tez kengayishi, bu hozirgi zamon sanoat taraqqiyotining xarakterli xususiyatidir. Shu bilan birga, fan-texnika taraqqiyoti ayrim mamlakatlarning to‘la yoki nihoyatda ko‘p tarmoqli milliy majmualarni yaratish imkonini cheklab qo‘yyapti, chunki sanoat mahsuloti nomenklaturasining darajasi bugun shu qadar balandki, biron-bir mamlakat jahonda ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlarni o‘zida iqtisodiy jihatdan samarali ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi. 5. Tarmoqlararo mehnat taqsimoti bilan bir qatorda tarmoq ichidagi mehnat taqsimoti va bunga tegishli ravishda ishlab chiqarishni tarmoqlar ichida ixtisoslashtirish yanada keng rivojlandi. Hozirgi sharoitda xalqaro savdo rivoji tamoyili shundayki, kelgusida foydalanishi jihatdan o‘xshash, lekin o‘ziga xos texnik-iqtisodiy xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiluvchi sanoat buyumlarini o‘zaro almashish tobora ko‘proq ahamiyat kasb eta boradi (stanoklar stanoklarga, ilmiy uskunalar ilmiy uskunalarga). Bu jarayon, masalan, ko‘p jihatdan bir-biriga o‘xshash sanoat tuzilmalariga ega bo‘lgan industrial mamlakatlar o‘rtasida tashqi iqtisodiy aloqalarning tez o‘sishida o‘z ifodasini topdi. Shubhasiz, mazkur tamoyil ayrim mamlakatlar xalq xo‘jaligi tuzilmalari universalligini kelgusida yanada cheklab qo‘yadi. 6. So‘nggi mahsulot bo‘yicha ixtisoslashtirishdan detallar, uzellar, butlovchi buyumlar bo‘yicha ixtisoslashtirishga o‘tishdan boshlanuvchi tarmoqlararo mehnat taqsimoti taraqqiyoti. Hozirgi zamon mashinasozligida, masalan, mashinalar barcha detallarining 15- 20%igina o‘ziga xos noyob bo‘lib, qolgan 75-85%i bir-birining o‘rnini bosadigan detallar yoki mashina va asbob-uskunalarning ko‘pgina turlari uchun bir xil texnik tavsifga ega detallardir. Shubhasiz, ishlab chiqarishni bunday universallashtirish millatlararo va xalqaro sanoat kooperatsiyalashuvining yanada rivojlanishiga olib keladi. 80-yillarning oxirlaridayoq millatlararo va xalqaro kooperatsiya yo‘li bilan mol yetkazib berish industrial mamlakatlar sanoatining yetakchi tarmoqlari mahsulotlari qiymatining 50- 60%ini tashkil etdi. Ular o‘rtasidagi tovar oborotining 30% dan ortig‘i kooperatsiya yo‘li bilan o‘zaro mol yetkazib berishga to‘g‘ri keldi. 7. Ayrim mamlakatlar iqtisodiy yo‘nalishlarini shakllantirishda, ularning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rni va rolini belgilashda milliy fan-texnika imkoniyatlari ahamiyatining keskin ko‘tarilishi. Bunga sabab - ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik ishlariga (NIOKR) ketadigan sarf- xarajatlarning ancha oshirilishi edi. Hozirgi zamonda bunday maqsadlar uchun qilinadigan sarf- xarajatlar har 5-6 yilda kamida ikki baravar ortib, G‘arbning yetakchi mamlakatlarida ular milliy daromadining 2-3% idan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Bunday sharoitda eng rivojlangan mamlakatlar ham zarur fundamental, amaliy tadqiqot ishlarining butun yukini yakka o‘zi ko‘tarishga qodir emas. 8. Milliy xo‘jaliklarning tobora ko‘proq "ochiqlikka" intilishi, ishlab chiqarishning asosiy omillari: tovar, ishchi kuchi, kapital, ilmiy-texnik bilimlarning xalqaro miqyosda ko‘chib yurishi uchun to‘siqlarning kamayishi. Jumladan, tariflar, bojxona cheklashlarini kamaytirish yo‘li bilan. Xo‘jalik hayoti, fan-texnika taraqqiyotining internatsionallashuvi xalqaro mehnat taqsimotining iqtisodiy omillarini va ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirish omillarini qat’iy ravishda birinchi o‘ringa olib chiqadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling