Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Bozor iqtisodiga o‘ggan davlatlar
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amerika modeli
Bozor iqtisodiga o‘ggan davlatlar
ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasining rivoji (kapitalizmning "sotsiallashuvi"). Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlarning rivojlanishi: - ishlab чиқаришни tashkil etish va uni boshqarish tizimidagi o‘zgarishlar; - mulkchilik shakllarining rivoji va ularning o‘zaro munosabatlari; - yollangan xodimlarning faqat boshqaruvda emas, iqtisodiy va ijtimoiy qarorlarni qabul qilishda teng huquq bilan ishtirok etishi; 2 Bunday guruhlar dastlab Yaponiyada paydo bo‘ldi. Ular faqat tavsiyanomalar berar, ularga mehnatni qayta tashkil etish, ishchilarning mehnat jarayonidagi rolini oshirish vakolati berilmagan edi. - yollangan xodimlarning mulkka va kapitalga egalik qilishda birga ishtirok etishi jamiyat ijtimoiy tuzilmasining o‘zgarishiga, uning qaror topgan mulkchilik munosabatlari orqali bir holatdan ikkinchi holatga o‘tashiga olib keladi. Holbuki, turli mamlakatlarda bu o‘zgarishlar individual xarakterga ega bo‘lib, u yoki bu jamiyatning tarixiy qaror topgan o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liqlir. Shuning uchun ham kapitalizm bugun universallikdan ancha yiroq, iqtisodchi olimlar uning turli modellarini muhokama qilishmoqda. Amerika modeli - bunda firmalar bozorni juda ko‘p qadrli aksiyalar bilan ta’minlab turadi. Bu yerda aksiyalarning ko‘p sonli ojiz egalari bo‘lgani holda kuchli menejer asosiy rol o‘ynaydi. Yaponiya modeli — bunda aksiya egalari manfaatlarining murakkab chatishib ketganligi oqibatida firma va banklar bir-birlariga bog‘langan. Germaniya modeli — bunda banklar kompaniyalarni nazorat qilib borishadi va ular ikki rolni — ham aksionerlar, ham kreditorlar rolini bajarishadi. Lekin variantlar qanchalik ko‘p va xilma-xil bo‘lmasin, bu davlatlar iqtisodining "sotsiallashuvi" bozor iqtisodiga o‘tgan yetakchi davlatlar rivojida umumiy belgilovchi tamoyillardan biri hisoblanadi. Bu shu bilan bog‘liqki, urushdan keyingi davrda korporativ shakldagi xususiy mulkchilik ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga, jamiyatning gullab- yashnashiga tobora ko‘proq to‘sqinlik qila boshladi, jamiyatning katta qismi bo‘lmish ishchi- xizmatchilar mulkka egalik qilishdan chetlashtirib qo‘yiddi. Natijada aholi turmush darajasining ko‘tarilishi bilan daromadlarining ko‘p qismi ishlatilmasdan qoldi, xo‘jalik oborotiga kiritilmadi. Mulk egalarida aholini ortiqcha mablag‘ini ishlab chiqarishga jalb etish g‘oyasi vujudga keddi. Buning ustiga 60-yillarda bir qator rivojlangan mamlakatlarda "xalq korxonalari" deb atalmish korxonalar paydo bo‘ldi va ular faqat o‘sha yerda ishlayotgan xodimlar mulki hisoblanadi. Jumladan, AQSHda "xalq korxonalari" tizimining rivojlanishiga mamlakat Kongressi faol yordam berdi. Bu yerda "xodimlarning aksiyadorlik mulkini yaratish rejasi" (ESOP) deb atalgan tadbirni rag‘batlantirishga qaratilgan 25 dan ortiq federal qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarda turli imtiyozlar ko‘zda tutilgan: soliq bo‘yicha, hukumat zayomlari, ular yuzasidan kafolatlar, savdo siyosatidagi rag‘batlantirishlar, imtiyozlar, milliylashtirishga qarshi federal siyosatini o‘tkazishdagi imtiyozlar. Bundan tashqari, xususiy kompaniyalar xodimlarini aksiyadorlik kapitaliga birgalikda egalik qilishga rag‘batlantirish maqsadida 50 ta shtatning taxminan yarmida qonunlar qabul qilindi. Mana shu ESOP dasturini rag‘batlantirish maqsadidagi qonunlar tufayli 70- yillarning o‘rtalaridan boshlab aksiyadorlik kapitalining 1%dan 100% gacha xodimlarga tegashli bo‘lgan kompaniyalar soni taxminan 10-12 mingtaga yetdi. ESOP dasturidagi kompaniyada aksiyalarning 20-30%i xodimlarga tegishlidir. Kompaniyalarning 15-20%ida xodimlar aksiyaning bundan ko‘proq qismiga, faqat 3% da aksiyalarning 100%iga egalik qiladi. Hozirgi kunda ESOP dasturiga taalluqli Amerika kompaniyalarida salkam 12 mln. xodim ishlaydi, bu AQSH butun ishchi kuchining deyarli 10% ni tashkil etadi. ESOP "trastlaridagi" aksiyadorlik kapitalining umumiy miqdori taxminan 65-70 mlrd ni tashkil qiladi. Aksiyalarning yakka egalari soni o‘sayotgan G‘arbiy Yevropa va AQSHdan farqli o‘laroq Yaponiyada aksiyalarga korporativlararo egalik qilish o‘smoqda va yakka egalik qiluvchilar ulushi sezilarli darajada pasayib bormoqda (amaldagi kapitalning atigi 1,1%ni tashkil qiladi). Buning oqibatida, bu yerda ishchi-xizmatchilarning boshqaruvga munosabati tamoman boshqacha bo‘lib, menejerlar, ya’ni boshqaruv o‘quvlarini egallagan mutaxassislar hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning yaponcha modelining o‘ziga xos xususiyati firmalarni boshqarish tizimining xususiyatlari va yollanma mehnat mavqeidagi siljishlardan kelib chiqadi. Jumladan, bular: - bir umrlik yollanma mehnat tizimi - bu muhim ijtimoiy ahamiyatga ega (lekin yosh avlod ta’sirida hozir bu borada ham sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda); - boshqaruv xodimlari bilan ishchi-xizmatchilar o‘rtasidagi munosabatlar tizimi; "ular o‘rtasidagi aloqa va maslahatlar tizimi" deb atalmish tizim yoki "hamkorlik asosidagi boshqaruv tizimi". Yaponiya Mehnat instituti ma’lumotlariga ko‘ra, bu tizim korxonalarning 80% dan ko‘prog‘ini qamrab oladi. Tizim mohiyati: turli firmalarda korxona faoliyatiga doir asosiy masalalar yuzasidan qarorlar ishlab chiqish, ularni amalga oshirishda xodimlar fikr-mulohazalari so‘raladi va ular hisobga olinadi. Bu mehnatni tashkil qilish, unga haq to‘lash, xodimlarning boshqa ijtimoiy manfaatlariga oid masalalar bo‘lishi mumkin. ya’ni bunda xodimlarni firma ishlarini boshqarishga faol jalb etash, unda ishtirok qilish tizimi alohida ahamiyat kasb etadi, ishchi- xizmatchshtar manfaatlari firma manfaatlari bilan birlashib, tenglashib ketadi. Shunday qilib, iqtisodiy o‘z-o‘zini boshqarish modeli shakllanadi va rivojlanadi. Bu model yakka aksiyadorlik mulkchiligi bilan qo‘shilib ketmaydi. Aftidan, bunday sharoitda kasaba uyushmalariga bo‘lgan qiziqishning pasayishi tabiiy. Yaponiyada ishchi-xizmatchilarning 3/4 qismi kasaba uyushmalariga a’zo emas. Mutaxassislar buni iqtisodni tashkil etish va uni boshqarishning "kapitalizmdan keyingi o‘tkinchi tuzilishi" deb atashadi, buida yana mazkur tuzilgan "sotsialistik iqtisod amal qilishi elementlarini ko‘p jihatdan ijodiy o‘zlashtirganini" ta’kidlab o‘gashadi. Bozor iqtisodining "sotsiallashuvi" deganda kapitalizmning totalitar davlat mulkchiligi sotsializm tomon o‘zgarishi deb o‘ylamaslik kerak. Bu o‘rinda iqtisodiy tizimning sotsiallashuvi, mulkni demokratlashtirish, milliy iqtisod obyektlariga egalik qilish, boshqarishga aholining keng tabaqalarini jalb qilish xisobiga uning ijtimoiy bazasini kengaytirishni anglatadi. Hozirgi sharoitda rivojlangan ko‘pchilik mamlakatlar iqtisodi asl mohiyati bilan "aralash" yoki "ijtimoiy bozor" iqtisodi hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirish bilan shunday xulosaga kelish mumkin: 1. Iqtisodiy tizimlar bir-birlaridan quyidagi tomonlaribilan farq qiladi: - asosiy iqtisodiy masalalarni hal qilish usullari; - ijtimoiy tuzilishi; - mulkka munosabati, nazorat va maqsadlari. 2. Agar an’anaviy iqtisod sharoitida ishlab chiqarish va taqsimlash masalalari belgilangan an’analarga muvofiq hal qilinsa, buyruqbozlikka asoslangan tizimda markaziy davlat tomonidan hal etiladi, bozor iqtisodida esa asosiy muvofiqpashtiruvchi kuch - bozor belgilab bergan narx-navolar hisoblanadi. 3. Bozor iqtisodi nihoyatda xilma-xil bo‘lib, mamlakat yoki mintaqaning tarixiy, geografik, iqtisodiy rivojining, o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Lekin uning barcha xilma- xil ko‘rinishlariga qator universal prinsiplar xosdir. U taraqqiyoti davomida sifat jihatidan qator a’lo bosqichlarni bosib o‘tdi: birinchi bosqichning xarakterli belgisi - daromadlarning pastlashgani holda mikdoriy jamg‘armalarning nihoyatda tez o‘sishi bo‘ldi. Ikkinchi bosqich davrida ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarning o‘tkazilishi tufayli bu tengsizlik ancha barham topdi. Nihoyat, 50-yillarning o‘rtalaridan bozor iqtisodi rivojida qator yangi voqealar sodir bo‘libdi-ki, bu uning taraqqiyotida chuqur sifat jarayonlari yuz berayotganliginn anglatar edi. 4. Hozirgi zamon iqtisodiy munosabatlarida inson omilining roli, uning mehnatini rag‘batlantiruvchi omillar prinsip jihatdan tamoman o‘zgardi. Bozor iqtisodining intellektuallashuvi hozirgi zamon bozor iqtisodining rivojida yuz bergan yangi sifat o‘zgarishlari sirasiga kiradi. 5. Bozor iqtisodida zamonaviy jarayonlarning rivojlanishi jamiyat ijtimoiy tuzilishining o‘zgarishiga, uning qaror topgan mulkchilik munosabatlari o‘zgarishi orqali transformatsiya bo‘lishiga (bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tishiga) olib keladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling