Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Hozirgi zamon bozor iqtisodida inson omilining roli


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Hozirgi zamon bozor iqtisodida inson omilining roli. 
 
Ishlab chiqarishda inson omili rolining ortib borishi birinchi galda ishlab chiqarish 
vositalari va texnologiyaning yangi avlodi bilan bog‘liqdir. 
Buning natijasida yollanma xodimning ishlab chiqarish jarayonidagi roli butunlay 
o‘zgardi. U oddiy ijrochilikdan faol ijodiy mehnatga o‘tdi.
Fundamental ilm bazasi asosida ishlab chiqilgan, qayta sozlashga, o‘zgartirishga 
moslashuvchan mehnat vositalari va texnologiya xodimdan keng qamrovli malakani, ilmni, 
intellektual salohiyatni talab qiladi.
O‘z navbatida mana shu xususiyatlarga ega bo‘lgan ishchi kuchining mavjudligi yangi 
avlod ishlab chiqarish vositalarini o‘zlashtirishga imkon beradi. 
Shunday qilib, yangi tipdagi xodimsiz texnik omil imkoniyatlaridan to‘la foydalanib 
bo‘lmaydi.
Rag‘bat (bois). 
Xodimning ishlab chiqarishdagi mavqeining o‘zgarishi uning mehnatini 
rag‘batlantiruvchi omillarning o‘zgarishiga olib keldi. Agar ilgari mehnatni rag‘batlantirish 
asosan moddiy vositalar (ish haqi, mukofot va h.k.) bilan cheklangan bo‘lsa, hozirgi sharoitda 
vaziyat butunlay o‘zgardi.
Bugungi kunda mehnatni rag‘batlantirish xodimning faqat o‘z mehnati natijalaridan 
emas, balki o‘zi ishlayotgan jamoa mehnati natijalaridan manfaatdor bo‘lishini ham talab etadi, 
chunki ishlab chiqarish turli bo‘g‘inlarining o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi nihoyatda ortdi.
Rag‘bat uchun yangi omillar: xodimning jamoaga tegishli qaror qabul qilishga 
taalluqliligi, boshqarishga ham o‘z korxonasi, ham butun mamlakat mulkiga daxldorliligini 
anglatuvchi omillar yaratildi. 
Yuqorida xodimlarning mulkka munosabati sharti xususida gapirib o‘tdik. bu 
munosabatlar hozirgi sharoitda tubdan, uning aksiyadorlik shaklining rivojlanishi orqali 
o‘zgaradi.
Lekin tajriba shuni ko‘rsatdiki, ishchi-xizmatchilar mulkining o‘zi alohida olganda 
yomon firmani yaxshi qila olmaydi, o‘sha kompaniyalarning aksiyalariga ega bo‘lgan ishchilar 
mehnatidan foydalangan AQSH kompaniyalari faoliyatini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, 
mehnatkashlarning "firmaga egaligi" ularni ishlab chiqarishni boshqarishda ishtirok etishi bilan 
qo‘shib olib borilmaguncha, ularni yana ham "ko‘proq" g‘ayrat-shijoat ko‘rsatib ishlashga 
majbur qilib bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham bu yerda ishchilarni ishlab chiqarishni boshqarishga jalb qilish 
konsepsiyasi keng rivojlandi, zero, bu korxona ma’muriyati uchun mehnat unumdorligini 


oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashning eng samarali vositasidir. "Jeneral motors", "Ford 
motor", "Kraysler" singari gigant korxonalar bu vositani faol joriy etishmoqda.
Bu konsepsiyani hayotda amalga oshirish shakllaridan biri - o‘zini-o‘zi boshqaradigan 
ishlab chiqarish guruxlarini tashkil etishdir, ular boshqarish, ishni va ta’tillarni rejalashtirish, 
materiallarga buyurtma berish huquklariga ham ega. Bu yerda ishlab chiqarish jarayonini 
ishchilarning o‘zi nazorat qilib boradi. Binobarin, nazoratchilar kerak bo‘lmaydi yoki ularning 
soni ancha qisqaradi. 
Mehnatni tashkil qilishning brigada usuli o‘zining samaradorligini isbotladi. Qator 
hollarda u mehnat unumdorligini 30% oshirishga imkon beradi.
AQSH statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 80-yillarning oxirida 476 yirik 
kompaniyalardan 70%i ushbu konsepsiyaning umumiy shakllarini joriy qilishdi - muammolarni 
hal etishning "sifat guruxlari" nomi bilan mashhur bo‘lgan brigada yoki qo‘mitalarni barpo 
etishdi.
2
Mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish yangi shakllarining keng yoyilishi shuni 
ko‘rsatdiki, Amerika kompaniyalari yaponlardan keyin hozirgi sharoitda inson omili (faqat 
texnika yoki marketing emas) muvaffaqiyat kaliti ekanligiga tobora ko‘proq ishonch hosil qila 
boshladi.
Yangi davr boshlanishi bilan ishlovchilarning ishlab chiqarishdagi ishtiroki, ularning 
mehnatga, unumdorlikdan mahsulot sifatigacha bo‘lgan elementlarini takomillashtirishga 
bo‘lgan ongli (manfaatli) munosabati yanada yorqin namoyon bo‘la boshladi.
Iqtisodiy munosabatlarning barcha sohalarida (ishlab chiqarish, boshqaruv va h.k.) inson 
omili ahamiyatining ortishi iqtisodning intellektuallashuvini anglatadi. Hozirgi vaqtda bu masala 
qator yetakchi mamlakatlar uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda. 
Jumladan, Yaponiyada mamlakat iqtisodiy va fan-texnika taraqqiyotining davlat dasturida 
xodimlarni intellektuallashtirish, ularning umumiy bilimini oshirish sari maxsus harakat ko‘zda 
tutilgan.
Bu harakat "ilmni ko‘p talab qiladigan texnologiya bilan madaniyat qo‘lni qo‘lga berib 
qadam tashlashi"ni nazarda tutadi. Shuning uchun garchi yapon ishchisi dunyodagi eng bilimli 
ishchi hisoblansada, mamlakatda maktab ta’limida iste’dodlarni rivojlantirishni rag‘batlantirish, 
o‘quvchining individual ijodiy imkoniyatlarini o‘stirish tomon burish vazifasi qo‘yilayapti.
Shuni ta’kidlash kerakki, "inson materiali"ni takomillashtirishga intilish Yaponiya uchun 
an’anaviy holdir. Ayni o‘sha muhandis yoki ishchining yuksak qobiliyati urushdan keyin 
mamlakatni texnik jihatdan rivojlantirishga, uni qisqa muddat ichida iqtisodiy qudratli 
mamlakatga aylantirishga ko‘p tomondan yordam berdi. 
Shaxsning malakaviy sifatlarini rivojlantirish, uning umumiy madaniy saviyasini oshirish 
ishlab chiqarishni zamon talablariga ko‘ra takomillashtirishga hamda talab rivojini 
takomillashtirish orqali butun iqtisodni qayta qurishga rag‘batlantiradi.
Hozirgi sharoitda bozor munosabatlari orqali mamlakat aholisi madaniyati bilan uning 
milliy xo‘jaligi (madaniyat - talab - ishlab chiqarish) rivoji darajasi o‘rtasida yaqin aloqa 
mavjudligi, ularning bir-birlariga bog‘liqligi xususida gapirish mumkin. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling