Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
-BOB JAHON IQTISODINING INTERNATSIOSHLLASHUVI
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
2-BOB JAHON IQTISODINING INTERNATSIOSHLLASHUVI
Jahon iqtisodi internatsionallashuvining mohiyati va uning asosiy bosqichlari. Jahon xo‘jaligining internatsionallashuvi - mehnatni xalqaro taqsimlashni har tomonlama rivojlantirishga asoslangan turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining o‘zaro bog‘liqligi va bir- birining kam-ko‘stini to‘ldirishni chuqurlashtirish jarayonidir. Tarixiy nuqtai nazardan qaraganda, xo‘jaliklarning internatsionallashuv jarayonlari ayirboshlash sohasiga borib taqaladi. Chunonchi, savdoda mahsulotlarni ayirboshlash bosqichidan keyin hududiy xalqaro bozorlarga yo‘l ochilgan. Ancha keyinroq, dastlabki sarmoya yig‘ish davriga kelib, tarmoqlararo savdoning hududiy markazlari yagona jahon bozoriga aylana borgan. Ma’lumki, tadrijiylik (evolutsiya) mantig‘i (buni jahon kapitalistik bozorining yuzaga kelishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan sanoatdagi tub burilish asosida va sanoatni rivojlantirishda jonbozlik ko‘rsatganlar uchun o‘ziga xos "mezon" hisoblanmish Yevropa misolida ko‘rish mumkin) ayirboshlash sohasidagi internatsionallashuvdan kapital va ishlab chiqarishning internatsionallashuviga olib keldi. 1-bosqich: Erkin raqobatga asoslangan kapitalizm rivoji davrida (XIX asrning oxirigacha) jahon bozorini tashkil etish, ko‘proq xalqaro savdo shaklida xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish bilan xarakterli edi. XIX asr o‘rtalariga kelib industrial davlatlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi jarayonida mehnatni xalqaro taqsimlashning xilma-xil tizimi qaror topdi. Bu vaqtga kelib Angliya o‘zining sanoat sohasidagi peshqadamligini yo‘qotgandi, iqtisodni industrlashtirishda muvaffaqiyatga erishgan deyarli barcha mamlakatlar o‘z mahsulotlarini ixtisoslashtirish yo‘liga o‘tdi, bunda ular: - qo‘shni mamlakatlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda; - mustamlaka chekka o‘lkalarda o‘z mahsulotlarini sotish imkoniyatlaridan kelib chiqib ish ko‘rishdi. Masalan, Fransiya, Gollandiya singari yirik mustamlakachi davlatlar o‘z mustamlakalaridan olib kelingan xomashyoni qayta ishlash bo‘yicha ixtisoslashdi, bunda ular faqat o‘z bozorlarini emas, balki "benasib qolgan" qo‘shnilari, birinchi navbatda, Germaniyaning ehtiyojlarini ham hisobga olishdi. Shunday qilib, jahon xo‘jaligani shakllantirish jarayonida eng yaqin savdo aloqalari birinchi navbatda: - xom ashyo mustamlakalar bilan industrial metropoliyalar o‘rtasida; - qo‘shni mamlakatlar o‘rtasida yuzaga keldi. Birinchi holda "xoma shyoni ishlab chiqaruvchilar va uni iste’mol qiluvchilar mehnatini umumiy taqsimlash", ikkinchi holda, mehnatni taqsimlashning xususiy ko‘rinishi xaqida gap boradi. Ikkinchisi tarmoq ichidagi (mahsulot) tovar bo‘yicha ixtisoslashishga asoolangan bo‘lib, qo‘shni mamlakatlarda ushbu mahsulotni ishlab chiqarishdagi xarajatlar o‘ziga nisbatan ko‘pligi tufayli foyda olishni maqsad qilib qo‘yadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling