Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
2-bosqich: XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida erkin raqobatga asoslangan kapitalizm monopolistik kapitalizmga o‘tdi, o‘zining ajralmas qismi - jahon bozoriga ega bo‘lgan umumjahon xo‘jaligi qaror topdi. Lekin "umumjahon xo‘jalign" tushunchasi - jahon bozori tushunchasidan ancha kengdir. Chunki, savdo sohasidagi munosabatlar bilan bir qatorda bu davrda mamlakatlar o‘rtasida ishlab chiqarish sohasida bevosita aloqalar, kapitalni tashqariga chiqarish va har tomonlama moliyaviy aloqalar rivojlandi. Bunga ishlab chiqarish kuchlarining ancha o‘sishi sabab bo‘lib, ular milliy chegaralarning cheklangan doiralaridan sezilarli darajada oshib ketdi. Kapitalning markazlarga tobe va mustamlaka hududlarga, uzoq joylarga olib chiqilishi xo‘jalik hayoti internatsionallashuvining asosiy ko‘rinishiga aylandi. Bunda kapitalni chetga tadbirkorlik shaklida chiqarish monopoliyalarning chet elda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi bilan birga olib borildi, yangi zavodlar qurildi, konlar ochildi. Bozor iqtisodiyoti rivojining bu bosqichida ayirboshlash internatsionallashuviga "pishib o‘tgan" industrial markazlardan kapitalni olib chiqishga asoslangan kapital ingernatsionallashuvi jarayoni kelib ko‘shildi. 3-bosqich: Urushdan keyingi dastlabki o‘n yillar ichida fan-texnika inqilobi ta’sirida ishlab chiqarish kuchlari rivojida keskin o‘zgarish yuz berdi. Uning ta’sirida jahon kapitalistik iqtisodiyotining ichki mexanizmi va tashkiliy strukturasida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bunday sharoitda raqobatga bardosh berish uchun ishlab chiqarish ko‘lamini ancha oshirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib uni modernizatsiyalash kerak edi. Hatto dunyoning yetakchi davlatlari kompaniyalari uchun ham bu yangi talablar og‘irlik qilardi. O‘z navbatida yirik seriyali, ommaviy ishlab chiqarish ko‘pincha milliy chegaralar doirasidan chiqib ketadigan yanada katta bozorlarni talab qilardi. Bunday sharoitda ishlab chiqarishni xalqaro kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish muammosi yanada dolzarb bo‘lib qolgan edi. Predmetli "xalqaro ixtisoslashtirishdan detalli (mayda) ixtisoslashtirishga o‘tish", mayda va kooperatsiyali ixtisoslashtarish, kooperatsiyalashtirish bilan bog‘liq ichki, tarmoqlararo ishlab chiqarish texnologik majmualarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi aniq ko‘zga tashlana boshladi. Mehnatni taqsimlashning, mamlakatlar o‘rtasida ixtisoslashuvning chuqurlashuvi tamoyillari yangi, yanada ko‘lamli muhim jarayonning - ishlab chiqarishni xalqaro umumlashtirishning ifodasi bo‘ldi, buning ahamiyati iqtisodiy hodisalar doirasidan chiqib, jahon siyosatida ham yangi davrning boshlanganligini anglatardi. Shu bilan birga xalqaro saddo sohasida ham sezilarli qayta o‘zgarishlar yuz berdi, ulardan eng yirigi va barqarori - bu odatdagi tijorat savdosi rolining ichki firmalar almashuvi doirasida yoki uzoq muddatli kooperativ hamda pudrat munosabatlari asosida barqaror texnologik aloqalarga xizmat ko‘rsatuvchi tovar ayirboshlashlarga nisbatan ancha pasayib ketishi bo‘ldi. Bularning hammasi birga qo‘shilib xo‘jalik hayotining internatsionallashuvini, ya’ni kapital, ishlab chiqarish, texnologiya, ilmiy tadqiqotlar jarayonini almashuvini anglatadi. Xulosa shuki, xo‘jalik hayotining internatsionallashuvi - jahon iqtisodi rivojining muayyan bosqichi bo‘lib, o‘zaro bog‘liq ikki jarayonni o‘z ichiga oladi: - xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtirish va rivojlantirish; - millatlararo xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etish. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling