Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
1-bosqich:
Erkin raqobatga asoslangan kapitalizmning rivojlanish davrida (XIX asr oxirigacha) jahon bozorining tashkil topishi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning, ko‘proq, xalqaro savdo shaklida rivojlanishi (xom ashyoni mustamlakalar bilan industrial metropoliyalar, shuningdek, qo‘shni mamlakatlar o‘rtasida) xarakterli edi. 2-bosqich: XIX asr oxiri va XX asr boshlarida erkin raqobatga asoslangan kapitalizm monopolistik kapitalizmga o‘tdi, umumjahon xo‘jaligi qaror topdi. Bu davrda savdo munosabatlari bilan bir qatorda mamlakatlar o‘rtasida ishlab chiqarish sohasida bevosita aloqalar, kapital chiqarish, xilma-xil moliyaviy munosabat-lar rivojlandi. Bozor iqtisodiyoti rivojining bu bosqichida ayirboshlash internatsionallashuviga kapitalning internatsionallashuvi kelib qo‘shildi. 3-bosqich: Urushdan keyingi dastlabki o‘n yillikda fan-texnika inqilobl ta’sirida ishlab chiqarish kuchlari rivojida keskin sakrash yuz berdi. Bunday sharoitda raqobatga bardosh berish uchun ishlab chiqarish ko‘lamlarini ancha oshirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib ularni yanada zamonaviylashtirish zarur edi. O‘z navbatida yirik seriyali, ommaviy ishlab chiqarish milliy chegaralar doirasidan chiqadigan yanada katta bozorlarni talab etardi. Bunday sharoitda xalqaro kooperatsiyalar va ishlab chiqarish ixtisoslashuvining faollashuvi ortdi. Predmetli xalqaro ixtisoslashuvdan detalli ixtisoslashuvga o‘tish yana ham sezila boshladi. Mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, mamlakatlar o‘rtasidagi ixtisoslashuvning bunday yo‘li yangi, keng ko‘lamli muhim jarayon - ishlab chiqarishni xalqaro miqyosda umumlashtirishning ifodasi hisoblanadi. Ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirish ishlab chiqarish internatsionallashuvining barcha asosiy shakl va yo‘nalishlarini vujudga keltiradi. Bular: - tovarlar va xizmatlarning milliy chegaralar orqali ko‘chib yurishi; - kapital va ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi; - dunyoning turli mintaqalarida integraiiyalashuv jarayonlari. O‘z navbatida, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi har bir holatda bir necha omillar bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu mamlakatning nisbatan ustun tomonlariga asoslanadi. Jahon iqtisodining internatsionallashuvi jarayonining rivojlanishi bilan mamlakatlarning xo‘jaliklari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘likdik, ularning jahon xo‘jaligi aloqalariga jalb qilinishi yanada o‘sib boradi, bu esa ular rivojining uyg‘unlashuviga, ularning bir-biri bilan yaqinlashuviga olib keladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling