Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
-jadval Dunyoning rnvojlangan mamlakatlaridagi 100 ta eng yirik korooratsiyalarda
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami: 100 100 Manba: World Investment Report 2001. Table 11,5.
2-jadval Dunyoning rnvojlangan mamlakatlaridagi 100 ta eng yirik korooratsiyalarda mahsulotlarning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi (1990, 2000 yillar) Tarmoq 1990 2008 Elektronika (elektron asbob-uskunalar) 14 17 Kimyo va farmatsevtika tovarlari 18 16 Avtomobil qurilishi 13 14 Neft mahsulotlarini qazib olish 13 14 Qayta ishlash va taqsimlash Oziq-ovqat mahsulotlarini va ichimliklarni ishlab chiqarish 9 12 Xilma-xil ishlab chiqarish (Diversited) 2 4 Telekommunikatsiya 2 5 Savdo 7 4 Mashinalar va asbob-uskunalar 3 2 Metallar 6 3 Qurilish 4 3 Vositachilik (Media) 2 2 Boshqalar 7 4 Jami: 100 100 Manba: World Investment Report 2001. Table 11,5. Xalqaro korporatsiyalarning jahon iqtisodini rivojlantirishdagi roli. Xalqaro korporatsiyalarning jahon iqtisodiga ta’siri birinchi navbatda ishlab chiqarishning nihoyatda keng shaxobchalari va taqsimlanishi orqali olinayotgan nisbiy afzalliklar tufayli namoyon bo‘ladi. Ulardan foydalanish chet el shahobchalari orqali ham vertikal (tik), ham gorizontal (yotiq) integratsiyalashuv vositasida ta’minlanadi. Vertikal integratsiyalashuv tufayli ko‘pgina xalqaro korporatsiyalar firma ichidagi savdoni samarali rivojlantirish orqali xom ashyo materiallari va oraliq tovarlari bilan kafolatlangan darajada ta’minlanish imkoniyatiga ega bo‘lib, chet el bozorlarida uchraydigan muammolarni yengib, taqsimlash, xizmat ko‘rsatish shahobchalarini yaxshi ta’minlay oladilar. Xalqaro korporatsiyalar gorizontal integratsiya vositasida o‘zining chet el firmalari orqali monopolistik hukmdorligini yaxshiroq himoya qiladi va foydalana oladi, mahsulotlarini mahalliy shart-sharoit va odamlar didiga moslashtiradi, uning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Xalqaro korporatsiyalar nisbiy afzalliklarining mohiyati shundaki, ular quyidagilarni ta’minlaydi: - ishlab chiqarishning katta hajmi, ko‘lami hisobiga mahsulot birligiga ketadigan sarf- xarajatlarni tejashni; - ishlab chiqarishning katta ko‘lami hisobiga mehnat taqsimoti va ixtisoslashtirishni yanada chuqurlashtirishni; - kapitalning xalqaro bozori xizmatidan foydalanishdagi katta imkoniyatlarni, jumladan, yirik loyihalarni moliyalashtirishni; - tadqiqotlarni amalga oshirish uchun loyihalarni konsentratsiyalashni, texnika hamda kadrlar bilan ta’minlash nuqtai nazaridan to‘g‘ri keladigan bir yoki bir necha mamlakatlarda ularni rivojlantirishni; - sho‘ba kompaniyalar orqali ular joylashgan mamlakatlar haqida axborotlarni to‘plash va ulardan foydalanishni; - tashqi muhitning o‘zgarishlariga (bozor, siyosiy vaziyat) kichkina kompaniyalarga qaraganda tezroq moslashishni. Ushbu afzalliklardan tashqari ular: - ishlab chiqarishning keng diversifikadiya qilinishi tufayli tahlikali ahvolga kam tushishadi va ko‘pincha mayda firmalarga qaraganda yuksak daromad olishadi; - nihoyat soliq ko‘p solinadigan mamlakatlardaga filiallariga yetkazib beriladigan tovarlar narxini sun’iy oshirish, bu mamlakatlardagi filiallaridan olib kelinadigan tovarlar bahosini pasaytirish orqali millatlararo korporatsiyalar (MNK) soliqlar bilan bog‘liq bo‘lgan talofatlarini kamaytirishlari mumkin. Hozirgi kunda jahon ishlab chiqarishining 20% idan ko‘prog‘i MNK ulushiga to‘g‘ri keladi va firmalar ichidagi savdo (asosiy kompaniyalar bilan uning chet eldagi sho‘ba kompaniyalari o‘rtasidagi) qayta ishlovchi sanoat mahsulotlarining dunyo bo‘yicha savdosining 25% dan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Ayrim xalqaro korporatsiyalar yiliga o‘nlab milliard, dollar miqdorida savdo qilishga erishmoqdaki, bu ayrim davlatlar umumiy milliy daromadidan ko‘pdir. Bundan tashqari, hozirgi kunda dunyodagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning ko‘pchiligi (90%) ham ana shu korporatsiyalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuning uchun ham G‘arbdagi u yoki bu mamlakatni boshka davlatlarda joylashtirilgan "ikkinchi iqtisodi" ko‘lamlarini hisobga olmasdan turib, ularning iqtisodiy salohiyatini baholab bo‘lmaydi. 80-yillarning boshida Amerika korporatsiyalarining chet ellardagi filiallari mahsulotlarining qiymati AQSH yalpi ichki mahsulotining 41,4% tashkil qildi. Moddiy ishlab chiqarishda "ikkinchi iqtisod"ning roli yanada ortadi: masalan, amerika kompaniyalarining chet ellardagi filiallarining mahsuloti 2000 yilning birinchi yarmida AQSHning o‘zidagi moddiy ishlab chiqarishning taxminan 60% ini tashkil etgan. Binobarin, ular uchun ichki va tashqi bozorlar o‘rtasidagi farqning asta-sekin yo‘qolib borishi tabiiy holdir. Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro korporatsiyalar tashqi operatsiyalarining asosiy geografik yo‘nalishi - bu kapitallarning G‘arbning yuksak rivojlangan mamlakatlar milliy xo‘jaliklariga tobora chuqur kirib borishidir. Bu korporatsiyalar faoliyatining eng muhim sohalari - birinchidan, boshqa mamlakatlarning ichki bozorlarida ish ko‘rayotgan korxonalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foyda olish. Amerika xalqaro korporatsiyalari, masalan, chet eldagi filiallari mahsulotlarining salkam 65%ini mahalliy bozorlarda, shu jumladan, bozor iqtisodi rivojlangan davlatlarda 75%ini va rivojlanayotgan davlatlarda 43%ini sotdi. Ular faolligining ahamiyatini ko‘rsatuvchi ikkinchi muhim soha - xalqaro korporatsiyalar eksportini kengaytarish. 80-yillarning boshlarida bozor iqtisodiga o‘tgan mamlakatlarda jahon eksportining 65-70% ana shu korporatsiyalar ulushiga to‘g‘ri keladi. 90-yillarning ikkinchi yarmida xalqaro korporatsiyalar savdosi umumiy hajmining o‘rtacha 45%ini eksport tashkil qildi. Bundan tashqari, xomashyoni xalqaro miqyosda sotishni ham ular to‘la nazorat qilib borardi. Jahon bozorlarida sotilayotgan bug‘doy, qahva, makkajo‘xori, yog‘och materiallari, tamaki, jut va temir rudasining 90%, mis va boksitning 90%, choy va qalayning 80%, banan, natural kauchuk va neftning 75%i ularning ulushiga to‘g‘ri keldi (V.Kuznetsov. Chto takoye globalizatsiya? MEiMO, 1998, №3 16-bet). Bunda asosiy kompaniyalar bilan ularning chet eldagi filiallari o‘rtasidagi ichki korporativ almashuvlar muhim va tobora ko‘proq rol o‘ynaydi. Bugungi kunda eng yangi texnologiyalarni transfert qilish bilan bog‘liq to‘lovlarning ko‘pchilik qismi xalqaro korporatsiyalarda ishlab chiqariladi (AQSH va Buyuk Britaniyada - 80%, Germaniyada - 90% gacha). Ko‘p sonli transmilliy komplekslarning paydo bo‘lishi sezilarli yo‘nalish bo‘lib, ularga ko‘ra turli mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan va o‘zaro kooperativlashgan korxonalari u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun birlashadilar. Bu jarayonga rivojlanayotgan mamlakatlar, ayniqsa, "yangi industrial mamlakatlar" asta- sekin qo‘shilmoqda. Ular rivojlangan davlatlar sanoati uchun ixtisoslashtirilgan buyumlar, uzellar, tarkibiy qismlar yetkazib beruvchi sifatida faol ish yuritmoqda. Masalan, 2000 yilning boshlarida Singapur elektron va elektrotexnika sanoati eksportining 86%, Tayvanning 78%, Janubiy Koreyaning 68%, Braziliyaning mashinasozlik mahsuloti eksportining 65%i dan ko‘prog‘i yirik G‘arb korporatsiyalarining chet el filiallari hissasiga to‘g‘ri keldi. Turli korporatsiyalar o‘rtasidagi raqobatning tobora o‘sishi hozirgi zamon iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, ayni bir vaqtda ular o‘rtasidagi ishlab chiqarish va tijorat sohasidagi aloqalar yanada kuchaydi. Shubhasizki, xalqaro korporatsiyalar birinchi navbatda ularni barpo etishga o‘z mablag‘larini sarflagan yuridik shaxslarga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ularning faoliyati tayanch mamlakatlar va qabul qilayotgan mamlakatlarning umummilliy manfaatlariga hamisha mos kelavermaydi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling