Referat mavzu: oila iqtisodiyoti fan: xulq-atvor iqtisodiyoti talaba: sadikova iroda shuxratovna reja


Download 33.29 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi33.29 Kb.
#1576035
TuriReferat
Bog'liq
ОИЛА ИҚТИСОДИ РЕФЕРАТ



Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti

REFERAT
MAVZU: OILA IQTISODIYOTI


FAN: XULQ-ATVOR IQTISODIYOTI
TALABA: SADIKOVA IRODA SHUXRATOVNA

Reja:


  1. Oila iqtisodiyoti haqida tushuncha



  1. Oila iqtisodining muhim jihatlari



  1. Xulosa

Oila iqtisodi murakab mexanizm. Shu bois uni yuritish ota-onalar, qolaversa, har bir oila a’zosidan iqtisodiy kompetensiyalarga ega bo‘lishni taqozo etadi. Yosh xususiyati talabalarga nikohdan o‘tish va oila qurish imkonini beradi. Bu holat ularning zimmasiga oila iqtisodini shakllantirish va uni samarali yuritish mas’uliyatini yuklaydi. Shunga ko‘ra talabalarning oila iqtisodini yuritish kompetensiyalariga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Maqolada oila iqtisodini oqilona tashkil etishda ahamiyatli bo‘lgan kompetensiyalar to‘g‘risida so‘z yuritilgan.


Prezidentimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi hamda farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratish tashabbusini ilgari surdi. Bu bejiz emas. Chunki bugun mamlakatimiz oldida turgan eng muhim vazifa ham xalqchil, adolatparvar jamiyatni vujudga keltirish, fuqarolar manfaatlarini muhofaza qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali oilalar farovonligini kafolatlash sanaladi. Bunday jamiyat poydevorini esa, eng avvalo, boy va badavlat, mehnat qadrini biladigan, ma’naviy sog‘lom hamda madaniy saviyasi baland minglab va millionlab oilalar tashkil etadi. Shu bois yurtimizda oilaga muntazam ravishda g‘amxo‘rlik qilish, unga har taraflama moddiy hamda ma’naviy ko‘mak berish borasida keng ko‘lamli sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Ayonki, oilalar farzandlar soni, ularning sog‘lom, bilimli, odobli bo‘lib yetishishlari uchun xarajatlarni o‘z daromadlaridan kelib chiqqan holda sarf­laydi. Odatda bu xarajatlarning bir qismini davlat ko‘taradi. Bular tibbiyot, maorif, sport, ta’lim kabilardir. Qolgan xarajatlarni ota-onalarning o‘zlari amalga oshiradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi bilan birga, ana shu xarajatlarda oilaning hissasi tobora ortib bormoqda. Demakki, oiladagi farovonlikni ta’minlash uchun tovar va xizmatlar yaratish, oilaviy biznes, ya’ni mulk egasi sifatida individual ishlab chiqarishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Oila iqtisodiyoti, uning farovonligi oilada mehnatga layoqatli a’zolar mavjudligi, ularning tadbirkorligi, bilimi, iqtidoriga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu mehnat bilan topilgan mol-mulk hamda tejamkorlik yo‘li bilan yig‘ilgan moddiy ne’matlardan iborat bo‘lgani sababli, ana shu ne’matlarni yaratishda iqtisodiy bilim muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun biz nafaqat halol, ma’nan yuksak, balki kelajakda yaxshi xo‘jalik yurituvchi insonni tarbiyalashimiz zarur.


Oilalar farovonligini ta’minlashda biznes muhitini shakllantirish muhim omil sanaladi. Shu bois mamlakatimizda so‘nggi yillarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki tadbirkorlik orqali oilalardagi muammolar kamayadi, ahillik ortadi va ijtimoiy himoya ta’minlanadi.
Yana bir muhim hujjat — davlatimiz rahbarining 2018 yil 7 iyundagi «Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori orqali biznesning ushbu shakli bilan shug‘ulla­nayotganlarga ko‘plab imtiyoz hamda imkoniyatlar yaratib berildi. Soliqdan ozod etish bo‘ladimi, energiya resurslari to‘lovidagi imtiyozlarmi, mahsulotni sotishdagi erkinlikmi, xullas, hamma sharoit muhayyo qilindi.
Ta’kidlash joiz, hozirgi vaqtda ushbu qarorga asosan, mamlakatimizning har bir tuman hamda shaharida, avvalo, olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda ushbu dastur izchil amalga oshirilmoqda.

Tijorat banklari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kreditlar berilyapti. Xususan, buning uchun eng kam ish haqining yuz ellik baravarigacha, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyatni rivoj­lantirish uchun eng kam ish haqining ming baravarigacha, tadbirkorlik sub’ektlarining investitsiyaviy loyihalari uchun esa eng kam ish haqining ming baravaridan ortiq miqdorda kreditlar ajratilayotir. Qaror bilan oilaviy tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratish masalasi ham o‘z yechimini topdi.


Umuman aytganda, ushbu hujjat har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi hamda barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratmoqda.
Oila – fiziologik-tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni qondirishning nikoh asosida tartibga solinadigan tizimi bo‘lib, bir-biri bilan ijtimoiy-ruhiy jihatdan qarindosh-urug‘chilik munosabatlari asosida iqtisodiy jihatdan mulkiy munosabatlar uyg‘unligida birgalikda faoliyat yurituvchi kishilar birikuvidir. Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga boglangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.
Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib guruhli oila paydo boʻlgan. Lekin, bu oilalarda hali er-xotin nikohi barqaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazifasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qonqarin-doshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (yana qarang: Patriarxal oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).
Ijtimoiy ishlab chiqarish — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mah-sulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarxal oila vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual oilaning oʻtmishdoshi — monogam oila vujudga kelgan (qarang: Monogamiya).
Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ijtimoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa Oila jamiyat yoʻnalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼnaviy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. oʻzbek oilalari oʻzlarining mustahkamligi, saran-jom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mehr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi.

1.
Oila – nikohga yoki tug`ishganlikga asoslangan kichik guruh. Uning a`zolari ro`zg`orining birligi o`zaro yordami va ma`naviy mas`uliyati bilan bir-biriga bog`langan oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari – inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila a`zolarining turmush sharoitini va bo`sh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir.


Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta`sirini o`zgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni o`rnatadi.
Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf odatlarini o`zida sinovdan o`tkazadi. Yaxshilarini o`z bag`rida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi.
Oila o`z farzandlarini tarbiyalab, umum insoniy qadryatlarni singdirish bilan ularga boshlang`ich ijtimoiy yo`nalish beradi. O`z farzandlarini katta oqimga – jamiyatga qo`shish bilan esa oila jamiyat yo`nalishi, iqtisodiyoti, ma`daniyati va ma`rifatini ham belgilashga o`z ta`sirini ko`rsatadi.
Shuning uchun ham Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo`rg`on hisoblanib kelgan. Xususan, o`zbek oilalarining serbutoqlik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Bizning millatda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta ro`zg`or tutishi, farzandlarni odobli ma`naviy etuk bo`lib komil topishini keksalar, ota-onaning ro`li katta.
O`zbek oilalari o`zlarining mustahkamligi, saranjom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mehr-oqibati va boshqa qadryatlari bilan ajralib turadi.
2. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega.
Nikoh tomonlarining ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi”, deb yozib qo`yilgan. Respublikamizda Oliy Majlis tomonidan 1998 yil 30-aprelda O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining qabul qilinishi oila manfaatlarini takomillashtirish yo`lida qo`yilgan muhim bir qadam bo`ldi. Ushbu Kodeks oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda o`zaro hurmat, hamjihatlik, oila a`zolari o`z huquqlarini hech qanday to`siqlarsiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ifodalaydi.
Oila Kodeksi - O`zbekiston Respublikasida oila munosabatlarini tartibga soluvchi yogona tizimga keltirilgan qonunlar majmuasidir. Huquqning alohida tarmog`i hisoblangan oila huquqining maxsus manbaidir. E`tiborlisi, Oila Kodeksi mamlakatimizda “Oila yili” deb e`lon qilingan yilda qabul qilindi. Kodeks 8 bo`lim, 30 bob 238 moddadan iborat.
Amaldagi Oila Kodeksi bir qator oilaviy huquq munosabatlarni yangicha hal etgan. Chunonchi, milliy negizlarga asoslanganligi (quda-andachilik, qarindosh-urug`chilik, bobo-buvilar va nabiralar o`rtasidagi munosabatlarni yangicha talqini), umum insoniy qadryatlar aks etganligi (nikoh shartnomasi institutining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko`rikdan o`tkazilishi kabi hollar.
Kodeks Respublikamiz yerli xalqning milliy hususiyatlarini to`la hisobga olgan. Oilada ota-onaga va katta yoshdigilarga nisbatan hurmat ko`rsatish, ularning duolarini olish, kichiklarga nisbatan shafqatli bo`lish, hovli joylarni supurib-sidirib, suv sepib tozalikni saqlash, idish-tovoq, uy-joylarni pokiza tutish, oila a`zolarining barchasi to`planib dasturxon atrofida shirin suhbat qurish oilaviy rejalarni belgilab olish kabilar sharqona oilaga xos ajoyib hususiyatlardir. Sharq oilalari o`zlarining ko`p asrlik mustahkam ma`naviy tayanchlariga ega bo`lib, aynan oilada demokratik negizlarga asos soladi, odamlarning talab ehtiyojlari va qadryatlari shakllanadi. Oila tashkil bo`lishi va rivojlanishida bir necha bosqichlarni o`z boshidan kechiradi.
Dastlabki bosqich – Oilaning tashkil bo`lish davrining o`z ichiga olib, bu davrda oilada er-xotin o`rtasida yangi munosabatlar shakllanadi. Bu o`ziga xos turli oilalarda tarbiyalangan va turli tabiatga ega kishilarning bir-biriga moslashish davri bo`lib o`rtacha bir yilgacha davom etadi. Bu davrda oilaviy moddiy sharoitlar, uy-joy va ruhiy mikro iqlim yaratiladi. Oila sog`lom turmush tarzini shakllantirish “maydonchasi” bo`lib, har bir insonning dastlabki gigiyenik ko`nikmalarga o`rganishi, undagi sog`lom turmush tarziga bo`lgan dunyoqarashning shakllanishi aynan oilada boshlanadi.
Ikkinchi bosqichda uy-joy sharoitlarini yaratish davom ettirilishi bilan bir qatorda oilada bolalarning tug`ilishi va ularning dastlabki tarbiyasi masalalari kun tartibiga chiqandi. Odatda, oilalar yanada mustahkamlanish davrini o`taydi. Bu davrda er-xotinning bir-biriga nisbatan hurmatda bo`lishi, bir-birini qo`llab- quvatlashi, xalq maqollarining birida aytilganidek, “er-xotin qo`sh xo`kiz” qabulida ish tutilishi oilani yanada mustahkamlaydi, bolalar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Oilaning rivojlanishidagi uchinchi bosqich – bu oilaning barqarorlashuvi bo`lib, bunda odatda oilaning moddiy sharoitlari asosan yaratilgan bo`ladi, er-xotin e`tibori joriy masalalarga qaratiladi.
Er-xotin bir-birini yaxshi o`rganganligi tufayli vujudga kelgan totuvlik oilada bola tarbiyasiga ham, oila jipsligiga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Oila rivojlanishining so`ngi bosqichi – oilaning sekin-asta so`na borishi va uning tugashi bilan tafsiflanadi. Bolalarning mustaqil oila qurib chiqib ketishi bilan yoki bir hovlida yashasalar-da har qaysining o`z hayoti, o`z muammolari bilan band bo`lib qolishi tufayli er-xotinning yolg`izlanib, o`z salomatligi masalalari bilan shug`ullanishi, bir-biridan bir muncha uzoqlashuvi kuzatiladi. Bu davrda er-xotin bir-biriga yordamlashib keksalik gashtini surishi, unga moslashishi lozim.



XULOSA
Bugungi kunda jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida tezkor xabar berishning o‘zi yetarli emas,zamonaviy dunyoda odamlar oila iqtisodi muammosiga tobora ko'p duch kelmoqda. Keyingi yillarda ro’zg’orda yuzaga kelayotgan iqtisodiy muammolar oiladagi shaxslararo munosabatlarga salbiy ta’sir etishi bilan birgalikda farzandlar bilim saviyasining pasayishiga xam olib kelmoqda. Ba'zi odamlar ularni osonlik bilan boshdan kechirishadi, lekin ba'zi juftliklar uchun bu ajralish bilan tugaydi.
Download 33.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling