Avtomatika va elektrotexnika


Download 1.21 Mb.
bet1/7
Sana09.10.2020
Hajmi1.21 Mb.
#133054
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2019- emt kb laboratoriya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

“AVTOMATIKA VA ELEKTROTEXNIKA”

FAKULTETI

“ELEKTROTEXNIKA, ELEKTROMEXANIKA VA ELEKTROTEXNOLOGIYALAR” KAFEDRASI

5310700 ‒“EEE” yo‘nalishi talabalari uchun
EMT va komplekslarni boshqarish”

fanidan


LOBORATORIYA MASHG’ULOTNI BAJARISH UCHUN USLUBIY KO’RSATMA


Andijon-2019

“TASDIQLAYMAN”

Andijon mashinasozlik instituti

O‘quv-uslubiy

Kengashida ko‘rib chiqilgan va

tasdiqlangan

Kengash raisi­____________Q.Ermatov

« » ______ 2019 yil

“MA’QULLANGAN”

“Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti

Kengashida muhokama qilingan va

ma’qullangan

Kengash raisi________ T.Turg‘unov

« » ______ 2019 yil

“TAVSIYA ETILGAN”

“Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar”

kafedrasi majlisida muhokama qilingan va

tavsiya etilgan

Kafedra mudiri _______ S.Abduraxmonov

« » ______ 2019 yil



Taqrizchilar: “EEE” kafedrasi katta o‘qituvchisi M,Abdullaev

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Andijon filiali dotsenti,t.f.n. A.Ismoilov.


Tuzuvchilar: “EEE” kafedrasi assistenti O‘.Axmadaliev. X.Xaydarov
« EMT va komplekslarni boshqarish » fanidan

(Uslubiy ko‘rsatma)



MUNDARIJA

Laboratoriya ishlarini bajarishda xavfsizlik qoidalari

4

1-Laboratoriya ishi

6

2-Laboratoriya ishi

8

3-Laboratoriya ishi

10

4-Laboratoriya ishi

12

5-Laboratoriya ishi

14

6-Laboratoriya ishi

16

7-Laboratoriya ishi

18

Foydalanilgan adabiyotlar

20

Laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha xavfsizlik qoidalari
« EMT va komplekslarni boshqarish » laboratoriyalaridagi laboratoriya dastgohlari harakatdagi elektr qurilmalari bo‘lib undagi ayrim elementlar kuchlanish ostida bo‘ladi. SHuning uchun ma’lum bir sharoitlarda, o‘rnatilgan qoidalarni buzish natijasida, laboratoriya dastgohlari insonni elektr toki urishi mumkin bo‘lgan yoki turli ko‘rinishdagi jarohatlanishi mumkin bo‘lgan manbaga aylanadi. Talabalarni yaqinlashtirishi, kirishi mumkin bo‘lgan asboblar mashinalar va ishga tushirish apparatlari tarkibiga kirgan laboratoriya jihozlarini montaj qilganda vaziyat yana ham jiddiylashib laboratoriya ishlarini bajarishda yana ham xavf kuchayadi.

Inson badani elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lganligi sababli kuchlanish ostida bo‘lgan ikkita, elektrdan izolyasiya qilinmagan elementga tegib ketish natijasida (shunday elementlardan biri elektr mashinasining yoki transformatorning ustki qobig‘i bo‘lishi mumkin) inson badanidan elektr toki o‘tadi. Tokning xavfli qiymatlarida bu narsa yoki kuchli qo‘yishga (elektr jarohat), yoki inson organizmidagi (jismidagi) asab, yurak va nafas olish yo‘llarini lat eyishiga olib keladi (elektr zarbasi). Elektr toki bilan shikastlanish oqibati yomon bo‘lib, ba’zan o‘lim bilan yakunlanishi ham mumkin.

Talabalarni elektr mashinalari bilan ishlashining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi natijasida faqatgina elektr toki bilangina shikastlanib qolmay, balki, elektr mashinalarining tormozlash (to‘xtatish) qurilmalarining aylanuvchan qismlari tomonidan mexanik zarbalarga ham uchrashlari mumkin. SHu narsani esda tutish kerakki, kuchlanish ostida laboratoriya jihozlarini ko‘p elementlari tegib ketishi mumkin bo‘lgan masofada joylashgan: aylanuvchi qismlar esa himoya qurilmalariga ega bo‘lishiga qaramay kiyim - kechakni «ilib» tortib ketishi yoki qattiq tegib ketishi mumkin. SHuning uchun talabalar laboratoriyada o‘ta ehtiyotkor bo‘lib, quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari darkor:

1) laboratoriyalarda bo‘lish paytlarida talabalar o‘ta ehtiyotkor, intizomli va hushyor bo‘lishlari kerak; o‘qituvchi va laborantlarning barcha ko‘rsatmalarini og‘ishmay bajarishlari kerak; faqat tekshirilayotgan laboratoriya dastgohi oldida bo‘lishlari kerak;

2) boshqa qurilmalar va jihozlarga, taqsimlovchi punktlarga, pultlarga yaqinlashish va ularni, o‘chirib-yoqish ishlarini o‘zboshimchalik bilan qilish qat’iy taqiqlanadi; kuchlanish ostida bo‘lgan sxemani uning izolyasiya qilinmagan tok o‘tkazuvchi qismiga kimdir tegib turgan bo‘lsa ulash, sxema ulanishini almashtirish, elektr mashinalari ishlab turganda uni aylanuvchi qismlariga tegish yoki ustiga yaqin masofada egilish, laboratoriya qurilmasini yoki uning kuchlanish ostida bo‘lgan ayrim asboblarini kuzatuvchisiz qoldirish mutlaqo mumkin emasdir;

3) Siljigichlar yoki ishga tushirish apparaturalarining dastagi jildirilganda albatta qo‘l izolyasiya qilingan dastagiga tegib turganligiga ishonch hosil qilish kerak;

4) Talabalarning kiyimida bo‘yin va bosh ro‘mollarining, galstuklarning; boshqa narsalarning uchlari osilib turmasligi, sochning turmaklangani va bosh kiyimi sochning osilib turmasligini ta’minlash joiz;

5) agar sxemada kondensator bo‘lsa, uni o‘chirilgandan so‘ng chiqish simlarini qisqa tutashtirib, zaryadsizlantirib qo‘yish zarur;

6) laboratoriya qurilmasi bilan ishlaganda talabalar xar bir laboratoriya qurilmasi yonida bo‘lgan rezina gilamcha ustida turishi kerak;

7) qurilmaga taaluqli bo‘lgan xar bir nosozlik yoki texnika xavfsizligi qoidalarini buzilishi to‘g‘risida xar bir talaba tezda o‘qituvchiga xabar berish kerak;

8) agar baxtsiz xodisa yuz bergan bo‘lsa, laboratoriya qurilmasini tezda o‘chirib, jabrlanuvchiga birinchi yordamni ko‘rsatish va talabani xabardor qilish kerak.

Texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulot maxsus jurnalda xar bir talabaning imzosi bilan qayd etilishi lozim.


1-LABORATORIYA ISHI
Uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni avtomatik boshqarish sxemasini o‘rganish, yig‘ish va sozlash.
Ishning maqsadi. Uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni avtomatik boshqarish sxemasini o‘rganish, yig‘ish va sozlash bo‘yicha ko‘nikmalar olish.
Ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotlar

Laboratoriya sxemasi yig‘ish.Bu sxemaning asosiy elementi reversiv magnit ishga tushirgich bo‘lib, u o‘z ichiga ikkita chiziqli kontaktor KM1 va KM2 larni, hamda ikkita ximoyalash issiqlik relesi KK ni oladi (1.1-rasm). Sxema dvigatelni bevosita ishga tushirish va reverslashni, shuningdek dastaki boshqariladigan (avtomatik bo‘lmagan) teskari ulanishli to‘xtatishni ta’minlaydi.


1.1– rasm. Asinxron dvigatelni reversivmagnit ishga tushirgichdan foydalangan xolda boshqarish sxemasi
Sxemada dvigatelni o‘ta yuklamadan (rele KK) va stator (avtomatik o‘chirgich QF) va boshqarish (saqlagichlar FA) zanjirlaridagi qisqa tutashuv-dan, hamda tarmoq kuchlanishning yo‘qolishidan (yoki kamayishidan) nul himoya (kontaktor KM1 va KM2) lar ko‘zda tutilgan.

Dvigatelni avtomatik o‘chirg‘ich QF ulangan holda shartli “Oldiga” va “Orqaga” yo‘nalishlarida ishga tushirish mos ravishda tugmacha SB1 va SB2 larni bosish bilan amalga oshiriladi. Bu kontaktor KM1 yoki KM2 larni ishga tushirishga, dvigatelni tarmoqqa ulanishiga va uni tezlashishiga olib keladi.

Dvigatelni reverslash yoki to‘xtatish uchun oldin tugmacha SB3 bosi-ladi va bu shu paytgacha ulanib turgan kontaktorni (misol uchun, KM1) uzilishiga olib keladi, shundan so‘ng tugmacha SB2 bosiladi. Bu kontaktor KM2 ni ulanishiga va AD ga fazalar almashishining boshqa tartibi bilan ta’minlash manbasining kuchlanishini berilishiga olib keladi. Dvigatelni magnit maydoni o‘zining aylanish yo‘nalishini tekari tomonga o‘zgartiradi va reverslash jarayoni boshlanadi. U ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: teskari ulanishli to‘xtatish va teskari tomonga tezlanish.

Dvigatelni faqat to‘xtatish kerak bo‘lgan xollarda, nul tezlikka erishganda tugmacha SB3 yana bir bor bosilishi zarur, bu dvigatelni tarmoq-dan uzilishiga va sxemani boshlang‘ich xolatga qaytishiga olib keladi. Agar tugmacha SB3 bosilsa, bu dvigatelni boshqa tomonga qarab tezlanishiga, ya’ni uni reverslashga olib keladi.

Stator zanjiridagi qisqa tutashuvni oldini olish uchun (u tugmacha SB1 va SB2 larni xato tarzda bir paytning o‘zida bosilishi natijasida xosil bo‘ladi), reversiv magnit ishga tushirgichlarda ba’zida maxsus mexanikaviy blokirovkalash ko‘zda tutilgan. U, richakli tizim ko‘rinishida bo‘lib, agar bir kontaktor ulangan xolda bo‘lsa, ikkinchisini ishga tortilishini oldini oladi. Sxemada mexanikaviy blokirovkalashga qo‘shimcha reversiv boshqarish sxemalarida qo‘llaniladigan, andozaviy elektrik blokirovkalashdan foydalaniladi. U apparat KM1 ning uzuvchi kontaktorlarini apparat KM2 ning g‘altagi zanjiriga chorraxali ulanishni ko‘zda tutadi.

Ta’kidlash kerakki, sxemada xavo avtomatik uzgich QF ning qo‘llanilishi ishonchlilik va ishlatilishdagi qulaylik omiliga olib keladi. Uning borligi, yuritmani biron bir faza uzilganda, bir fazali qisqa tutashuvda ishlash imkoniyatini bermaydi (bular saqlagichlar o‘rnatilgach xosil bo‘lishi mumkin), shuningdek elementlarni almashtirishni talab etmaydi (saqlagich-larda ularning eruvchi kirgazmasi kuygandagi kabi)


Bajarilgan ish to‘g‘risidagi xulosalarda tekshirilgan boshqarish sxemasining xossalarini bayon qilish, dvigatelni yurgizish va reverslashni xarakterlovchi parametrlarning o‘rtacha qiymatlari keltiriladi.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling