2.1– rasm. Ikki tezlikli asinxron dvigatelni
boshqarish sxemasi
Buning uchun, tugmacha SB5 bosiladi, bu kontaktor KM2 ni ishdan chiqishiga, kontaktor KM1 ni ishga tushishiga va bu esa o‘z navbatida cho‘lg‘amlarning seksiyalarini uchburchakdan ikkilangan yulduzga ulanishiga olib keladi. Dvigatelni to‘xtatish, tugmacha SB3 ni bosish bilan amalga oshiriladi, bu barcha kontaktorlarni tarmoqdan uzilishini va dvigatelni to‘xtatishni chaqiradi.
Sxemada ikki zanjirli boshqarish tugmachalarini qo‘llanilishi, kontaktor KM1, KM2, KM3 va KM4 larni bir vaqtning o‘zida ulanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Xuddi shunday maqsadlarga, kontaktor KM1, KM2, KM3 va KM4 larning blok-kontaktlari va ularning g‘altaklari zanjirini chorraxali ulanishi xam xizmat qiladi.
Ishni bajarish davomida olingan natijalar qayd qilinadi va har bir xolat bo‘yicha taxlil qilinadi.
Nazorat savollari
1. Juft qutblar sonini o‘zgartirish bilan tezlikni rostlash kamchiliklari va yaxshi tomonlarini aytib bering.
2. Ishda AD tezligini rostlashda qanday usul qo‘llaniladi?
3. Nima uchun ikki tezlikli AD sxemasini boshqarishda vaqt relesi qo‘llanilgan?
4. Sxemalarda qanday himoya apparatlari ko‘zda tutilgan?
3-LABORATORIYA ISHI
Mustaqil cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok motorining sxemasini o‘rganish, sozlash.
Ishning maqsadi:
Mustaqil qo‘zg‘atish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok motorining avtomatik boshqarish sxemasini o‘rganish;
Avtomatik boshqarish sxemasini tajribada yig‘ish va sozlash.
I
Do'stlaringiz bilan baham: |