Avtomatika va elektrotexnika


-расм. Двигателни вақт функцияси бўйича ишга тушириш схемаси (


Download 1.21 Mb.
bet4/7
Sana09.10.2020
Hajmi1.21 Mb.
#133054
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2019- emt kb laboratoriya

3-расм. Двигателни вақт функцияси бўйича ишга тушириш схемаси (а); характеристикалар (б); ўтиш жараёнларининг эгри чизиқлари (в)

shni bajarish bo‘yicha ma’lumotlar


Tajriba sxemasi (3, a-rasm) dvigatelni boshqarish tugmachalari SB1 (ishga tushirish) va SB2 (tuxtatish) ga, dvigatelni tarmoqqa ulanishini ta’minlovchi chiziqli kontaktor KM1 ga va ishga tushirish rezistori Ri.t. ni uzish (shuntlash) uchun kerakli tezlatish kontaktori KM2 ga egadir.Sxemada vaqt datchiki sifatida elektromagnitaviy vaqt relesi KT dan foydalanilgan.

Sxema kuchlanish U ning manbasiga ulanganda, dvigatelni qo‘zg‘atish sodir bo‘ladi va rele KT ishga tushib, kontaktor KM2 ning g‘altagi zanjiridagi o‘zining uziluvchi kontaktni uzadi va dvigatelni ishga tushirishga tayyorlaydi.

Dvigatelni ishga tushirish tugmacha SB1 bosilgandan so‘ng boshlanadi, buning natijasida kontaktor KM1 quvvat oladi, va o‘zining bosh kuchli tokli kontakti bilan dvigatelni ta’minlash manbasiga ulaydi. Dvigatel ishga tushirish, tokini chegaralovchi yakor zanjiridagi rezistor Ri.t .bilan tezlanishdan boshlanadi. SHu vaqtning o‘zida, kontaktorning ulovchi blok-kontakti KM1 tugmacha SB1 ni shuntlaydi va endi uni qo‘yib yuborish mumkin bo‘ladi, uzuvchi blok-kontakt KM1 esa vakt relesi KT g‘altagining ta’minlash zanjirini uzadi. Vaqt relesining g‘altagi quvvatdan uzilgandan keyin boshlanadigan vaqt intervali tkt tugagandan so‘ng, (bu interval «vaqt ushlanishi» deb ataladi) kontaktor KM2 ning g‘altagi zanjiridagi uziluvchi kontakt KT ulanadi, va kontaktor KM2 ishga tushib, o‘zining bosh kontakti bilan yakor zanjiridagi ishga tushiruvchi rezistor Ri.t. ni qisqa tutashtiradi. SHunday qilib, dvigatel vaqt tkt mobaynida ishga tushi-rilganda, u sun’iy xarakteristika 1 (3,b-rasm) bo‘yicha, rezistor Ri.t. shuntlangandan so‘ng esa tabiiy xarakteristika 2 bo‘yicha tezlashadi. Bunda rezistor Ri.t. qarshiligining kattaligi shunday tanlanganki, dvigatelni ulash daqiqasida zanjirdagi tok I va unga mos keladigan moment M o‘zlarnining joiz darajasidan ortib ketmaydi.

Dvigatelni aylanish tezligi , ishga tushirish boshlangandan so‘ngi vaqt ti.t. davomida 1­ ga teng kattalika erishadi, yakor zanjiridagi tok esa I2 darajasigacha kamayadi (, v -rasm). Ri.t. shuntlangandan so‘ng, yakor zanjiridagi tokni I2 dan I1 gacha sakrashin xosil bo‘ladi, bunda tok I1 ning qiymati joiz darajadan ortmaydi. Tezlik, tok va momentni vaqt bo‘yicha o‘zgarishi eksponenta orqali amalga oshiriladi.

Dvigatelni to‘xtatish tugmacha SB2 ni bosish orqali amalga oshiriladi.

Ishni bajarish davomida olingan natijalar qayd qilinadi va har bir xolat bo‘yicha taxlil qilinadi.



Nazorat savollari.


1.O‘zgarmas tok dvigatelining aylanish tezligini rostlashning qanday usullari bor?

3.O‘zgarmas tok dvigatelini boshqarish sxemasini qanday afzalliklari va kamchiliklari bor?

4. O‘zgarmas tok dvigatelini boshqarish sxemasini tushuntiring.

5. O‘zgarmas tok dvigatelini boshqarish sxemasini ishga tushuring.



4-LABORATORIYA ISHI
Sinxron motorni ishga tushirib yuborishni avtomatik boshqarish sxemasini o‘rganish, yig‘ish va sozlash.

Ishning maqsadi:

  1. Sinxron motorni ishga tushirib yuborishni avtomatik boshqarish sxemasini taxlil qilish;

  2. Avtomatik boshqarish sxemasini tajribada yig‘ish va sozlash.

Ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotlar

Kichik kuchlanishli dvigatelni boshqarish panelining sxemasi. Panel (4.1-rasm) qo‘zg‘atish cho‘lg‘amiga batamom ulangan ta’minlash manbai (qo‘zg‘atkich) G bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri (tokni chegaralamasdan) ishga tushirishni va ta’minlovchi kuchlanish qiymati kamayganda qo‘zg‘atishni jadallashtirishni ta’minlaydi. Sxemada, shuningdek quyidagi ximoyalar ko‘zda tutilgan: qizish (rele KK, tok transformatorlari TA1 va TA2), tok bo‘yicha (avtomat QF1 va QF2 lar), o‘zgaruvchan tok tarmoq kuchlanishning kamayishi (rele KV2 va KV3 lari) va o‘zgarmas tok (rele KV1) bo‘yicha.

Dvigatelni ishga tushirish. faqat sxemani manbalovchi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok kuchlanishlarining me’yordagi darajasida amalga oshirilishi mumkindir. Bunda, agar komandokontroller SA dastagi o‘rta xolatda xamda avtomat QF1 va QF2 lar ulangan bo‘lsa, kuchlanish relelari KV2, KV3 va vaqt relesi KT ishga tushadi, bu esa dvigatel sxemasini ishga tushirishga tayyorlaydi.

Dastak SA “ulangan” xolatga o‘tkazilganda, rele KV1 ishga tushadi va chiziqli kontaktor KM1 g‘altagi esa ta’minlash manbasiga ulanadi, dvigatel statori cho‘lg‘amiga o‘zgaruvchan tok kuchlanishi beriladi va u tezlanishni boshlaydi. Sinxron oldi tezligida qo‘zg‘atgich G ni, shunga mos ravishda dvigatelni xam qo‘zg‘atish hosil bo‘ladi, va u sinxronizmga tortiladi. Qo‘zg‘atkich G mustaqil (MQCH) va ketma- ket (K- KQCH) qo‘zg‘atish cho‘lg‘amiga ega.



Boshqarish sxemasi, manbalovchi kuchlanish keskin kamayganda, dvigatel qo‘zg‘atish tokining ortishini (jadallashtirishni) ta’minlaydi, bu dvigatelni maksimal momenti va shu bilan birga yuklamaga chidamlilik qobiliyatini saqlab turish imkoniyatini beradi. Manbalovchi kuchlanishning me’yor darajasida, kuchlanish relesi KV3 ishga tushgan, kontaktor KM2 g‘altagining zanjiri uzilgan va jadallashtirish rezistori Rp qo‘zg‘atish tokining zanjiriga kiritilgan bo‘ladi.



4.1 – rasm. Sinxron elektr yuritmani andozaviy paneldan

foydalangan xolda boshqarish sxemasi
Kuchlanish keskin kamayganda rele KV uziladi, jadallashtirish kontaktori KM2 g‘altagining zanjiri tutashtiriladi. U ishga tushadi va o‘zining kontakti bilan rezistorni Rp shuntlaydi, shu bilan dvigatel qo‘zg‘atish tokini oshishiga olib keladi. Kontaktor KM2 ulanganligi to‘g‘risida ko‘rsatuvchi rele KN signal beradi.
Nazorat savollari

  1. Sinxron motorni ishga tushirib yuborishni avtomatik boshqarish sxemasini tushuntiring.

  2. Sxema elementlarini izoxlang.

  3. Sxemani yig‘ing va sozlang.



5-LABORATORIYA ISHI

"Magnit kuchaytirgich - dvigatel" tizimida tezlik bo‘yicha yopiq tizimini statik tavsiflarini tadqiq qilish.

Ishning maqsadi:

1."Magnit kuchaytirgich - dvigatel" tizimida tezlik bo‘yicha yopiq tizimni taxlil qilish.

2. YOpiq tizimini statik tavsiflarini tadqiq qilish.
Ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotlar

Dvigatel yakoriga kuchlanishni magnitlovchi drossel va magnit kuchaytirgich yordamida o‘zgartirish mumkin. Magnitlovchi drosseldan magnit kuchaytirgichlar o‘zini magnitlovchi zanjirri bilan farqlanadi. Magnit kuchaytirgichlarning asosiy elementi bo‘lib rostlash drosseli hisoblanadi.

MU – magnit kuchaytirgich;

RO – ishchi chulg‘am;



ay– boshqarish chulg‘ami;


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling