Avtomatika va elektrotexnika


Download 1.21 Mb.
bet7/7
Sana09.10.2020
Hajmi1.21 Mb.
#133054
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2019- emt kb laboratoriya


LABORATORIYA ISHI №7
"Tiristorli kuchlanish rostlagich - Asinxron Dvigatel" tizimida kuchlanishni o‘zgartirilgandagi tizimini statik tavsiflarini tadqiq qilish.
Ishning maqsadi:

1. "Tiristorli kuchlanish rostlagich - Asinxron Dvigatel" tizimida kuchlanishni o‘zgartirish yordamida boshqarish sxemasini o‘rganish;

2. Tizimini statik tavsiflarini tadqiq qilish.
Ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotlar

“Tiristorli kuchlanish rostlagich - asinxron dvigatel” (TKR- AD) yopiq tizimi sxemasi (7.1,a- rasm). Tiristorli kuchlanish rostlagich TKR ning kuchli tokli qismi, uch juft qarama- qarshi – paralel ulangan tiristorlar VS1-VS6 tashkil etadi. Tiristorlarning boshqarish elektrodlari rostlagichning IFBT si chiqishlariga ulangan. IFBT boshqarish impulslarini barcha tiristorlarga tarqatadi va kuchlanishdagi boshqarish signali Ub ga bog‘liq ravishda ularni siljitishni amalga oshiradi. Dvigatel valiga, tezlik bo‘yicha teskari aloqani amalga oshirish uchun, taxogenerator TG ulangan. Uning e.yu.k Etg, topshiriq potensiometri TP dan olinadigan tezlikni topshiriq kuchlanishi Utez.t. bilan solishtiriladi. Bunda ushbu kuchlanishlar bir-biriga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi, ularning farqi esa boshqarish signalini tashkil qiladi



Ub = Utez.t – Utg = Utez.t ω. (7.1)

Bu signal IFBT kirishiga beriladi. Ushbu signal ortganda tiristorlarni boshqarish signali  kamayadi, dvigatelga berilayotgan kuchlanish ko‘payadi va teskarisi. SHuni ta’kidlash mumkinki, dvigatelning tezligi pasayganda, rotor zanjirida quvvat isroflari (sirpanish isroflari) ko‘payadi, ular dvigatelning qo‘shimcha qizishini chaqiradi, elektr yuritmaning tejamliligi kamayadi.

Dvigatelni, uning kichik tezliklarda ishlashidagi issiqlik rejimini engillashtirish uchun, dvigatel rotori zanjiriga qo‘shimcha R2q rezistor ulangan. Rezistorning borligi, shuningdek tezlikni rostlash diapazonini ko‘paytirish imkoniyatini xam yaratadi.

Elektr yuritma ishlashini, dvigatel validagi yuklama momenti Ms o‘zgarganda va tezlik topshiriq signali o‘zgarmas berilganda ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, boshlang‘ich xolatda dvigatel 1 nuqtada Ms1 yuklama momenti bilan ishlab turgan (7.1,b-rasm), so‘ngra uning yuklama momentini Ms2 qiymatgacha o‘zgarishi sodir bo‘lgan.



Dvigatel validagi yuklama ortganda, uning tezligi kamaya boshlaydi va mos ravishda taxogenerator TG ning e.yu.k Etg si ham kamaya boshlaydi. Etg ni kamayishi (7.1) ga muvofiq, boshqarish kuchlanishi Ub ni ortishini chaqiradi. Bu tiristorlarni boshqarish burchagi  ni kamayishiga va shu sababli dvigatelga berilayotgan kuchlanishni ortishiga olib keladi. Dvigatel momenti ortib boradi va 2 nuqtada Ms2 bilan tenglashadi. SHunday qilib, yuklama momentini ortishi, dvigatel tezligini unga katta bo‘lmagan kamayishiga olib keldi, ya’ni boshqacha aytganda, 7.1, a-rasmdagi sxemada uning xarakteristikasi bikr bo‘lib qoldi.



7.1 – rasm. TKR – AD yopiq tizimining sxemasi (a)

va mexanik xarakteristikalari (b)



YUklama momenti Ms kamayganda, dvigateldagi kuchlanish avtomatik tarzda kamayib boradi va shu orqali uning aylanish tezligi berilgan darajada ushlab turiladi.

Topshiriq kuchlanishning Utez.t qiymatini potensiometr TP yordamida o‘zgartirib, elektr yuritmaning nisbatan bikr bo‘lgan bir qator mexanik xarakteristikalarini va dvigatelni zarur bo‘lgan o‘ta yuklamaga chidamlilikni olish mumkin.
Nazorat savollari


  1. "TKR-AD" tiziminini tushuntiring?

  2. Sxemani ishlashini tushkuntiring?

  3. Mexanik xarakteristikani kuring va izoxlang?

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Imomnazarov A.T. Sanoat korxonalari va fuqarolik binolarning elektr jihozlari. - T.: «ILM ZIYO», 2006. - 185 b.

2. Valery Vodovozov «Introduction to power engineering», 1st edition, Bookboon. London, 2010. - 112 p.

3. Vodovozov.V. Electric Drive Systems and Operation. Bookboon. London, 2011.-113 p.

4. Belov M.P. i dr. Avtomatizirovannыy elektroprivod tipovыx i proizvodstvennыx mexanizmov i texnologicheskix kompleksov. - M.: Energoatomizdat, 2004. - 575 s.

5. Ilinskiy N.F., Rojanovskiy YU.V., Gornov A.O. Energosberejeniya v elektroprivode. - M.: Vыs. shk, 2000. - 127 s.

6. Xoshimov O.O., Imomnazarov A.T. Elektromexanik tizimlarda energiya tejamkorlik. - T: O‘AJBNT Markazi, 2004, - 94 b.

7. Imomnazarov A.T., A’zamova G.A. Asinxron motorlarning energiya tejamkor ish rejimlari. Monografiya. — T: ToshDTU, 2014. - 140 b..

8. A.YU.CHernыshev, YU.N.Dementev. Elektroprivod peremennogo toka. Tomsk 2011.-213 str.




Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling