Ma`ruza. Jahon xo‘jaligi va uning evolyusiyasi Reja Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari Ishlab chiqarishning baynalminallashuvi
Download 111 Kb.
|
39 - Ma`ruza. Jahon xo\'jaligi va uning evolyusiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich
Ma`ruza. Jahon xo‘jaligi va uning evolyusiyasi Reja 1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari 2. Ishlab chiqarishning baynalminallashuvi 1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo‘jaliklarning baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo‘jaligi va avvalo jahon bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Insoniyat taraqqiyoti uchun ijobiy bo‘lgan bu jarayonga yetmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tizimiga bo‘linganligi salbiy ta’sir ko‘rsatib keldi. Hozir yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos ravishda O‘zbekiston bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi. Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va mintaqalar xo‘jaliklari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning o‘sib, rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu masalada ham iqtisodiy adabiyotlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Ularning ayrimlarida jahon xo‘jaligining rivojlanishini 5 bosqich deb, ayrimlarida esa 4 bosqich deb beriladi. Masalan, Ye.F.Borisov jahon xo‘jaligi shakllanishining to‘rtta bosqichini ajratib ko‘rsatadi. Biz misol tariqasida ushbu bosqichlarni bayon qilamiz. Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga kelib, dastlab o‘sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o‘rtasida paydo bo‘lgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o‘rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro savdoning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi. Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to‘g‘ri kelib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning ko‘proq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo‘jaliklarning tarkibiy qismiga aylantirib qo‘yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori paydo bo‘ldi. Download 111 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling