Ma`ruza. Jahon xo‘jaligi va uning evolyusiyasi Reja Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari Ishlab chiqarishning baynalminallashuvi
Download 111 Kb.
|
39 - Ma`ruza. Jahon xo\'jaligi va uning evolyusiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ishlab chiqarishning baynalminallashuvi
- Xalqaro mehnat taqsimoti alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi.
- Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Taqqoslash jadvali
2. Ishlab chiqarishning baynalminallashuvi Hozirgi xo‘jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi, baynalminallashuvning kuchayishi hamda fan-texnika inqilobining keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o‘z-o‘zini ta’minlash orqali samarali amal qilishi mumkin emas. Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olish jarayoni hisoblanadi. Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalminallashuvi natijasida jahon xo‘jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi: tovar va xizmatlar jahon bozori; kapitallar jahon bozori; ishchi kuchi jahon bozori; xalqaro valyuta tizimi; xalqaro kredit-moliya tizimi. Bundan tashqari, baynalminallashuv axborotlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlanmalari, madaniyat sohalarida ham rivojlanmoqda. Yagona ilmiy- axborot makoni shakllanmoqda. Milliy xo‘jaliklar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan jahon xo‘jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi. Xalqaro mehnat taqsimoti alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi. Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to‘ntarishidan keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo‘jaliklar doirasidan tashqariga o‘sib chiqa boshlagach, ularning negizida barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‘z ichiga oluvchi umumjahon xo‘jaligi doirasida rivojlanmoqda. Tovarlar mamlakatlar o‘rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi. Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda sof holda amalga oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta cheklovlari, valyutalar qiymatining o‘zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliklar va hokazolar shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi. Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o‘tish jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o‘zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo‘jaliklarning yaqinlashuvi, o‘zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jumladan, butun dunyoda mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning qaror topish tamoyili kuzatiladi. Xususan, rivojlangan Yevropa integratsion hamjamiyati (YeI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorligi AQSh, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko‘zda tutadi. Davlatlararo integratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O‘rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xususiyatli bo‘lmoqda. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat? Jahon xo‘jaligining milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday? Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash qanday mezonlarga asoslanadi? Ularni turkumlash bo‘yicha hozirgi davrdagi yondoshuvlarga asoslanib davlatlarning asosiy guruhlarini ajratib ko‘rsating. Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi jarayonining mohiyati nimadan iborat? 1 Qaralsin: Borisov Ye.F. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. – 2-ye izd., pererab. i dop. – M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2005, s.497-499. 2 Qaralsin: Ekonomika: Uchebnik, 3-ye izd., pererab. i dop. / Pod red. d-ra ekon. nauk, prof. A.S.Bulatova. – M.: Ekonomist’, 2005, s.691. 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni, 1-ilova. Download 111 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling