Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi darajasi va rivojlanayotgan mamlakatlariing


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi darajasi va rivojlanayotgan mamlakatlariing 
jahon mehnat taqsimotida shakllangan an’anaviy ustunliklarining o‘zgarishi 
 
Xalqaro mehnat taqsimotida uzoq vaqt rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ustunligi
ayni paytda ustuvor omillaridan biri nisbatan qimmat bo‘lmagan boy tabiiy boyliklar va arzon 
ishchi kuchidan iborat edi. 
Ana shu ikki omil eksport salohiyatini ushlab turishga imkon berdi. Biroq, ana shu 
ixtisoslashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishdagi qoloqlik, 
raqobatchiliqdagi sustkashlik aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarning 70-yillarda jahon 
bozoridan siqib chiqarilishiga sabab bo‘ldi. 
Chunonchi: 
1. Rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarish, iste’molida yuksak texnologiyaga 
asoslangan mahsulotlar va xizmatlarga moyilligi birinchi navbatda rivojlanayotgan 
mamlakatlarning ko‘p resurs talab etuvchi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni nisbatan 
kamaytiradi: 
a) Rivojlangan davlatlarning yalpi iste’molida bu mahsulot salmog‘i kamayishi orqali; 
b) bu mamlakatlarda axborot texnologiyalaridan tobora kengroq foydalanish hisobiga 
tayyor mahsulot birligiga sarflanadigan mehnat va xom ashyo xarajatlari kamayishi sababli; 
v) yangi turdagi konstruktiv material va h.k.larni ishlab chiqarish jadal o‘sib borishi 
tufayli. 
2. G‘arbda kam mehnat talab qiladigan elektron texnologiyalar ustun darajada tarqalib 
borayotganligi natijasida mehnat unumdorligining keskin oshishi past ish haqining ilgarigi 
ahamiyati ta’sirini kamaytirib, ba’zan esa uni deyarli yo‘qqa chiqarmoqda. Masalan, o‘ta katta 
integral sxemalardagi narx-navoda ish haqining salmog‘i 30%dan 5,4%ga tushib ketdi, ya’ni 
qariyb 6 barobar kamaydi. 
3. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi nisbatan ustunliklari 
axborot texnologiyalarining tarqalishi bilan g‘oyat murakkab darajada bog‘langan 
raqobatbardoshlik o‘lchovlari o‘zgarib borayotganligi sababli ham anchagina mavqeini 
yo‘qotmoqda. Mahsulotning aynanlik, ishonchlilik kabi sifat belgilari narx ahamiyatini ikkinchi 
darajaga surib, tobora ko‘proq ustun mavqega ega bo‘lmoqda. 
Masalan, elektron sanoatini olib ko‘raylik. Hatto ko‘p mehnat talab etuvchi ish 
jarayonlarini chekka joylarga olib chiqish sohasida eng ko‘p jonbozlik ko‘rsatgan AQSH 
transmilliy korporatsiyalari faoliyatida ham bu jarayon keng quloch yoygan 1970-yillardayoq 
rivojlanayotgan mamlakatlarda yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarishni nisbatan kamaytirishga 


intilish sezilgan edi.
Integral sxemalarda bo‘lganidek, 1974-78 yillarda AQSH hududlaridan tashqarida 
qo‘shilgan qiymat salmog‘i qariyb 1/3 hissaga kamaydi (57%dan 39%ga tushib ketdi). 
Yaponiyada ham ahvol shunday. Yaponiya mikroprotsessor va avtomatik tizimlarni 
o‘zlashtirishda yetakchi mavqelarni egallab olg‘ach, ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayonlarni 
rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirish borasida AQSHga nisbatan kamroq sa’y-harakat 
ko‘rsatdi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning sanoat eksportini yuksaltirishda yetakchi ahamiyatga 
ega bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida ham shu ahvolni ko‘rish 
mumkin. Bu tarmoqdagi elektronlashtirish jarayoni, garchi, takomillashishdan hali ancha uzoq 
bo‘lsa-da, elektron sanoatiga o‘xshab bu sohada ham mehnat unumdorligining keskin ko‘tarilishi 
natijasida rivojlanayotgan mamlakatlarning nisbatan arzon ishchi kuchi hisobiga raqobatchilikda 
erishgan ustunliklarini sezilarli darajada yo‘qqa chiqaradi, deb bemalol taxmin qilsa bo‘ladi. 
4. Bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarishlar va texnologik operatsiyalarni 
oldingidek ajratib ishlatish, ixtisoslashtirish o‘rniga ularni birlashtnrishga moyillik - rivojlangan 
va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi mehnat taqsimotini qayta ko‘rib chiqishga sezilarli 
ta’sir qiladi. 
5. Ko‘p sonli mexanik komponentlar o‘rniga, aksariyat hollarda butun tizimlardan iborat 
bo‘lgan elektron moslamalarni qo‘llash natijasida ilgari kam haq oluvchi ishchi kuchidan 
foydalanilgan ishlab chiqarnsh jarayonlari (masalan, yig‘uv) avtomatik ish usuliga o‘tkazildi. 
Oqibatda quyi va kam malakali ishchi kuchi emas, balki bir qator an’anaviy kasblarning yuqori 
malakali mutaxassislari ham bundan zahmat chekdi. 
6. G‘arbda ko‘p smenali ish sharoitida, inson salomatligi uchun zararli jarayonlarda 
elektron texnologiyalardan foydalanish ana shu ishlab chiqarishlarni rivojlanayotgan 
mamlakatlarga ko‘chirish ko‘lamini ham cheklamoqda. 
7. Shunday mehnat taqsimoti yo‘lidagi boshqa bir g‘ov sanoatning qator tarmoqlarida 
o‘zaro bog‘langan ishlab chiqarish, savdo, transport va boshqa xizmat jarayonlarini 
sinxronlashtirish hisobiga moddiy zaxiralarni (ikki smenali ish ehtiyojlarigacha) ancha 
kamaytirishga bo‘lgan moyillikdan iboratdir, chunki sinxronlashtirish ishlab chiqarishni 
ixchamroq qilib, ayni paytda uni iste’molchi markazlarga yaqinroq joylashtirishni taqozo qiladi.
Markaz bilan chekka joylar xo‘jaligi o‘rtasidagi texnologik tafovutlar amalda yanada 
kuchayishi mumkin. Biroq G‘arb sanoatida avtomatlashtirilgan texnologik tizimlarni 
o‘zlashtirish jarayoni ham takomildan ancha uzokda turibdi. Buning dalili: mahsulot birligida 
jonli mehnat sarf-xarajatlari hamon yuqoriligidir. Masalan, AQSHda uzoq muddat foydalanishga 
mo‘ljallangan buyumlarda bu xarajatlar ishlab chiqarish sarflarining 40%ini, qisqa muddatli 
buyumlarda 27-32%ni, o‘rta muddatlilarida esa 15-19%ni tashkil etadi.
Lekin aytilganlardan tushkun xulosalar chiqmasligi lozim. Hozirga kelib, rivojlanayotgan 
mamlakatlarning kelajagi haqidagi tushkunlik kayfiyatlari vaziyatga to‘g‘ri baho berish kayfiyati 
bilan almashmoqda. Natijada yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish yo‘lidagi g‘ovlarga yetarlicha 
baho berilmaganligi ayni paytda bu texnologiyalarning muayyan sektorlardagi bevosita natijalari 
bo‘rttirilganligi ma’lum bo‘ldi. Ishlab chiqarish kuchlarining qayta ko‘chirilishi borasida aytarli 
o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmaydi. Lekin rivojlanayotgan mamlakatlar jahon iqtisodiyotining 
hozirgi yangi tuzilmasiga qo‘shilib ketishi zarur. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling