Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси


Mavzu: Ukraina Respublikasi


Download 1.28 Mb.
bet48/64
Sana24.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1050758
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64
Bog'liq
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Ukraina Respublikasi.

Ukraina MDH ning janubi-g’arbida, SHarqiy Evropa tekisligining janubida joylashgan. Maydoni 603,7 ming km2 bo’lib, maydoniga ko’ra MDH da 3-o’rinda turadi. Iqtisodiy geografik o’rni qulayligi Qora va Azov dengizlari bo’yida joylashganligi, Rossiya bilan chegaradoshligi va tranzit yo’llar tugunida joylashganligidir.


Ukraina shimoldan Belorus, shimoli-sharqda va sharqda Rossiya, janubdan Qora va Azov dengizlari, janubi-g’arbdan moldaviya, Ruminiya, g’arbdan esa Ruminiya, Vengriya, Slovakiya, Polsha bilan chegaradosh. Mazkur davlatlar bilan bo’lgan chegarani temir va avto yo’llar, neft va gaz quvurlari, elektr uzatish liniyalari kesib o’tgan.
Ukrainaning tabiiy resurslari ilgaridan o’rganilgan. Asosiy boyliklaridan biri Temir rudasi bo’lib, uning yirik konlari Krivoy – Rog, Kerch konlaridir. Molibdenning yirik konlari Nikopolda joylashgan. Mamlakat ekonomikasida Donbass (10 ta yirik koni bor) kokslanuvchi va energetika ko’mir havzasining ahamiyati katta. Bundan tashqari Lvov-Volinsk toshko’mir havzasining ahamiyati katta. Tabiiy gazning yirik konlari Dashava va Shebelinka konlaridir. Neft konlari mamlakat ehtiyojini qoplamaydi. Bulardan tashqari simob, nikel, alyuminiy, titan rudalari bor.
Ukraina sanoati xom-ashyosiga boy. Osh tuzi, kaliy tuzi (Karpat tog’ etaklarida), tabiiy oltingugurt (Rozdol, Lvov oblastida) ohaktosh, kaolin konlari bor. Suv resurslarining etishmasligi mamlakat ekonomikasining rivojlanishiga katta qiyinchilik tug’diradi. Daryolari ko’p, lekin suvi kam, gidroenergiya resurslari kam. Ayniqsa janubi-sharqda suv juda kam. Mamlakatning g’arbiy qismida esa suv toshqinlari bo’lib turadi.
Ukrainaning hozirgi chegarasi 1917 yil chegaralangan. 1939-45 yillari G’arbiy Ukraina, Zaxkarkate, Shimoliy Bukovina (Chernovsi oblasti) va Bessarabiyaning janubiy qismi Ukraina tarkibiga kiradi. Ukraina respublikasi ma’muriy-hududiy jihatidan 1 ta avtonom respublika (Qrim), 24 ta oblastdan tashkil topgan.
Aholisi 51,2 mln (1990), 50,5 mln (1998 y), 47,8 mln (2003y)kishi bo’lib, aholisining soni bo’yicha MDH da 2-o’rinda turadi. Aholi zichligiga ko’ra 3- o’rinda (Moldaviya va Armanistondan keyin). Aholi o’rtasidagi tug’ilish koeffisienti 8 ‰, o’lim 15‰. 1 ayolga 1,1 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 18%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 14 % . O’rtacha umr 62-74 yosh. YAMD 4270$ (2001 y).Aholisining 68 %i shaharlarda yashaydi.Millioner shaharlari 5 ta: Kiev (2,5 mln.), Xarkov, Dnepropetrovsk, Odessa, Donesk.Aholisining 75 %ini ukrainlar tashkil etadi, qolganini ruslar (20 %), moldavanlar, beloruslar, polyaklar tashkil etadi.Ukraina aholisining milliy tarkibiga Ukrainaning Rossiya bilan 3,5 asr birga bo’lganligi (1654 yildan) ta’sir etgan.
Ukrainada qadimdan qand-shakar, ko’mir va metallurgiya sanoati rivojlangan.XGMTda Ukraina hududida 3 ta iqtisodiy rayon tarkib topgan:
1.Donesk-Dnepr bo’yi-bu rayonda ko’mir, metallurgiya, ximiya va mashinasozlik eng ko’p rivojlangan.Bu rayon asosan Donbass hisobiga rivojlangan.
Yirik metallurgiya markazlari: Makaevka, Donbass, Azov bo’yida joylashgan.Asosiy mahsulotlar: prokat, ekskavatorlar, ko’mir qaziydigan kombaynlar va shaxta uskunalari, teplovozlar, avtomobillar (Kremenchug-“Kraz”, Zaparojьe “Zaparojes”), vagonlar, domna va po’lat eritadigan pechlar va uskunalar.Ximiya sanoatida-soda, H2SO4 va o’g’it ishlab chiqariladi.
Ayollar mehnatidan to’g’ri foydalanish maqsadida og’ir sanoat markazlarida to’qimachilik rivojlangan.Qishloq xo’jaligida don, kungaboqar, qand lavlagi va kanop etishtiriladi.
2.Janubi-G’arbiy rayon-agrar-industrial, mashinasozlik, tog’-kon, neft-ximiya va asosiy qishloq xo’jaligi rayonidadir.Bu rayon asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan.Asosiy ekinlar:qand-lavlagi, bahori bug’doy.Shakar-qand ishlab chiqarish MDH ahamiyatiga ega.Mashinasozlik sanoati asosan shakar-qand sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.Shuningdek, Lvovda LAZ ishlab chiqariladi.
3.Janubiy rayonda mashinasozlik, agror-industrial va baliqni qayta ishlash sanoatlari, kemasozlik, qishloq xo’jaligi mashinasozligi va kurort xo’jaligi rivojlangan.Janubiy rayonda kinoapparaturalar (Xersones), traktor pluglari, uzum etishtirish, konservalar ishlab chiqariladi.
Iqlimiy sharoitlari bu rayonda kuzgi bug’doy, arpa, kungaboqar, hatto sholi etishtirish imkonini beradi. Qoradengiz sohillarida ayniqsa Qrimda turizm rivojlangan: Yalta, Alushta, Gurzuf, Misxar, Sudak, Evkatariya, Odessa.
Ukrainada gidroenergiya resurslari faqat Dnepr daryosida mavjud, ya’ni GES lar asosan shu daryoda qurilgan. Elektr energiyasining asosiy qismini IES lar beradi. IES lar asosan ko’mirga, qisman torfga (shimolda) ishlaydi. Ukrainada 5 ta AES lar qurilgan (170 mlrd kVt/s-2006y).
Tashqi savdosi: Ukraina yiliga 135 mln tonna ko’mir qazib oladi va uning asosiy qismini Horijiy Yevropa davlatlariga eksport qiladi. Yiliga 100 mln t. temir rudasi qazib oladi (dunyoda 5- o’rinda) va uning taxminan 5 % ini eksport qiladi.
Po’lat eksporti bo’yicha dunyoda 5-o’rinda (yiliga 53 mln t.-1990yil, 37 mln t. -2006 yil). Po’latni Horijiy Yevropaga eksport qiladi.
Ukraina tashqi savdosining asosiy qismini MDH va Horijiy Yevropa davlatlariga to’g’ri keladi.
Asosiy eksporti: ko’mir, qora metall, shakar qand, g’alla, mashina va jihozlar (Kraz, Zaparojes, LAZ, Xerson), ximiya mahsulotlari, kino va fotoapparaturalar (Kiev, Xarkov).
Asosiy importi: o’rmon mahsulotlari, mashinalar, qog’ozlar, baliq, gazmollar (lama), neft, gaz, paxta.
Ukraina hududidan “Soyuz” gaz quvuri “Do’stlik” neft quvuri, “Mir” energetika sistemasi, “Bratstva” gaz quvurlari Horijiy Evropaga o’tgan.
Temir yo’l va dengiz transporti yaxshi rivojlangan. Pul birligi – grivna.
O’zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasida eksportning 7,2 % i, importning 11,6 % i Ukraina hissasiga to’g’ri keladi.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling