bilmaydi», «tarbiyali - tarbiyasiz», «egallagan - egallamagan» tizimida baholanishi mumkin.
Bu yerda tayyorgarlik, ma’ lumotlilik, tarbiyalanganlik darajasi tekshirib aniqlanadigan
qandaydir etalon, ideal mavjud bo‘ladi.
Ezoterik paradigma. Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy ta’limiy
paradigmalardan biri. Mazkur so‘zning yunonchadan so‘zma-so‘z tarjimasi «sirli»,
«yashirin» ma’nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga
munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki
bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning
oliy maqsadi o‘quvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini yuqori darajadagi ongga ega
bo‘lish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va rivojlantirishda namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun o‘qituvchining muhim muhofaza qiluvchi funktsiyasi ta’lim oluvchilarning
axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini amalga oshirish va mavjud kuchlarini
rivojlantirishdir.
4. O‘qitish jarayoni va uning vazifasi. O‘qitish - o‘qituvchi va o‘quvchilarning
maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni
rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga
chiqadi.
O‘qitish (didaktik) jarayonining mohiyatini quyidagi formula yordamida to‘liq
anglash mumkin: DJ=M+Ao‘f + Ao‘fb Bu yerda:
DJ - didaktik jarayon.
M - motivatsiya.
A
o‘f
- o‘quvchilarning o‘zlashtirish faoliyati algoritmi.
A
o‘fb
- o‘quvchilarning billish faoliyatini boshqarish.
O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |