Jarohatlar va asab tizimi kasalliklari


Download 81.5 Kb.
bet5/7
Sana21.06.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1637590
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jarohatlar Va Asab Tizimi Kasalliklari

Davolash. Psixoterapevtik vositalar va dori-darmonlar qo'llaniladi.Kasallikka davo qilinsa u yo’qolib ketishiga, ovqatlanish va uxlash rejimiga qattiq rioya qilish kerakligiga bemorni qattiq ishontirish zarur. Vahimalar zo’rayib, uyquni juda buzib qo’yadigan davrlarda antideprisantlar, trankvilizatorlar (elenium. relanium, seduksen) buyuriladi.
Insult (miyaga qon quyilishi)
Miyaga qon quyilishi gipertoniya kasalligi va bosh miya tomirlari aterosklerozi asoratidir. Kasallik to’satdan hech qanday alomatlarsiz bedorlik davrida ham, uyquda yotgan paytda am paydo bo'ladi. Bemor hushidan ketadi, bu davrda qusish, beixtiyor siydik va axlat ajralishi mumkin. Yuz giperemiyalanib (qizarib) qoladi, burun-quloqlar ko’karadi. Nafasni buzilish xarakterli bo'lib, nafas qisishi bilan birga shovqinli xirillab chiqadigan nafas olishni to’xtashi yoki har-xilda siyrak nafas olish bilan almashinadi. Puls birdaniga sekinlashadi - minutiga 60-70 marta uradi. Ko'pincha oyoq-qo'llarning falaj bo'lib qolganligi, yuz assimetriyasi (yuzning bir tomonida mimika muskullarining falaji) va anizakoriya (qorachiqlarining bir xil emasligi) kuzatiladi. Ba'zan insult juda jadal kechmasligi mumkin, biroq hamma vaqt oyoq-qo’llarning falajlanib qolishi, nutqning ozmi-ko'pmi buzulishi kuzatiladi.Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Avvalo, bemorni karovatga qulay vaziyatda yotqizish va tanasini qisib turgan kiyimlarining tugmalarini bo’shalish, xonaga yetarlicha sof havo kirib turishini ta'minlash zarur. Boshiga muz solingan xaltachani qo’yish yoki sovuq suvga ho'llangan matoni bosish, oyoqlariga grelka qo’yish lozim. Bemorga mutlaqo osoyishta sharoit yaratish, yuta oladigan bo’lsa, tinchlantiradigan vositalar berish kerak (valeirana nastoykasi, bromidlar, qon bosimini pasaytiradigan vositalar - dibazol, papaverin) nafas olishni kuzatib borish, tilni orqaga ketib qolishini oldini oladigan choralami ko’rish, og'iz bo'shlig'ini shilimshiq va qusuq massalaridan tozalash kerak. Vrach bemorni transportda olib yurish to'g'risida xulosa chiqargandan keyingina, karovatdan karovatga ko’chirish va kasalxonaga transportda olib borish mumkin.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling