Jarohatlar va asab tizimi kasalliklari
Download 81.5 Kb.
|
Jarohatlar Va Asab Tizimi Kasalliklari
E PILEPS I VA
Epilepsiya so'zi yunoncha bo'lib, "birdan yiqilib tushish" degan ma'noni bildiradi. Epilepsiya ya'ni quyonchiq kasalligi surunkasiga davom etib boradigan dard bo'lib, o’ziga xos talvasa tutqanoqlari bo'lib turishi va bemor shaxsiyatining xarakterli tarzda o’zgarib qolishi bilan o'tadi. Bu kasallikning etiologiyasi uzil-kesil aniqlangan emas. Hozirgi vaqtda irsiy omillarga muayyan ahamiyat beriladi.Epilepsiya tutqanog’i odatda qanday bo’lmasin biror tashqi sababsiz, to’satdan boshlanadi. Bemor o’zidan ketib qolib, yiqilib tushadi.Yiqilib tushishining sababi shuki, muskullarning hammasi keskin aniq taranglik holatiga keladi. Tonus kuchayib barcha muskullarda barovar boshlanmaydigan bo’lgani uchun bemor ko'pincha oldi va bir yon tomonga, orqasiga orqasiga yiqilib tushadi. Yiqilayotgan paytida ba'zan qattiq baqiradi. Tonik talvasalar o’ziga xos bo'ladi: muskullari keskin taranglashib, qo'l va oyoqlar tortiladi: gavda muskullari ham taranglashgan bo'ladi. 20-40 sekundan keyin tonik talvasalar klonik talvasalar bilan almashinadi, bu qo'l-oyoq muskullarining ritmik tarzda qisqarib va bo’shashib turishi bilan ifodalanadi. Bemorning yuzi oqarib ketadi, so’ngra ko’kimtir tusga kiradi. Ko'z qorachiqlari kengayadi, yorug'likka reaksiya bermaydi. Pay reflekslarini hosil qilib bo'lmaydi. Og’zidan ko'pik chiqadi, tili yoki lunjining ichki yuzasini ho’llab olgani uchun bu ko'pik qon aralash bo'ladi. Aksari odam, g’ayri-ixtiyoriy suratda siyib qo’yadi. Goho ichi o'tadi. Klonik talvasalardan keyin muskullar bo’shasha boshlaydi. Bemorning es-hushi kirarli-chiqarli bo'lib turadi va ko'pincha uxlab qoladi. Tutqanoqning hammasi ko'pi bilan 2-3 minut davom etadi. Tutqanoqlar kunduzi ham, tunda, uyqu vaqtida ham tutib qoladi. Tutqanoqlar har xil vaqtni oralab har kuni, haftasiga, oyiga bir marta va bundan ham ko’proq vaqt oralab tutib turadi. Ba'zan tutqanoqllar bir necha soat davomida to’xtamasdan ketma-ket tutaveradi. Tutqanoqlar orasida shu qadar kam vaqt o'tadiki, bemorlar es-hushi o’ziga kelishiga ulgura olmay qoladi. Download 81.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling