Hurmat bilan,
Jarqo‘rg‘on tumani Qurilish va
uy-joy komunal xo`jaligi bo`limi boshlig`i: S.Hayitov
Hurmatli G`ani aka!
Men sizning farzandingiz Bozorov Samandar bilan shaxsan uchrashib, uning maqsadlari, orzulari bilan qiziqdim. U o‘z dunyoqarashiga ega, katta-katta orzulari bor. Ayniqsa, yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilishga, buning uchun hamma orzularidan voz kechishga ham tayyor ekani meni juda quvontirdi. Mana shunday farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazganingiz uchun sizga tashakkur aytaman!
Farzandlarimizning baxtu-kamoli uchun barcha sharoitlarni yaratib berish, to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, rag‘batlantirish bizning ota-onalik burchimiz. Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan yoshlar siyosatining asl mohiyati ham shu ulug‘ maqsadga yo‘naltirilgan desam adashmayman.
Albatta, Sizning ko‘magingiz bilan Samandarning orzu-maqsadlariga erishib, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish Jarqo‘rg‘on tumani Qurilish va uy-joy komunal xo`jaligi bo‘limi rahbari sifatida menga faxr bag‘ishlaydi.
Agar biz bugun farzandingizning maqsadlarini to‘g‘ri tushunib, unga ko‘maklashsak, kerakli sharoitni yaratib bersak, kelajakda Samandar nafaqat siz, balki Vatanimiz faxrlanadigan inson bo‘lib yetishishiga ishonaman! Bu yo‘lda siz bilan hamkorlik qilishga doim tayyorman.
Hurmat bilan,
Jarqo‘rg‘on tumani Qurilish va
uy-joy komunal xo`jaligi bo`limi boshlig`i: S.Hayitov
Do'stlaringiz bilan baham: |