Java dasturalsh tilida boshqaruv elementlari


Download 304.53 Kb.
bet1/5
Sana17.10.2023
Hajmi304.53 Kb.
#1706955
  1   2   3   4   5
Bog'liq
maruza10

Satrlar va kengaytirilgan belgilar.

Reja:

Belgili va satrli kattaliklar

  • Barcha dasturlash tilida sodda ma’lumotlar turlari mavjud. Java dasturlash tilida belgilar bilan ishlovchi sodda ma’lumotlar turi bu char hisoblanadi. Java dasturlash tilida belgili qiymatni ifodalash uchun (‘) apostrof belgisidan foydalaniladi. Java dasturlash tilida sodda ma’lumotlar turidan foydalanib o‘zgaruvchi quyidagicha e’lon qilinadi va qiymat beriladi.
  • char ch = 'a';

Belgili va satrli kattaliklar

  • Java dasturlash tilida belgili kattaliklar tipi char xotiradan 16 bit, ya’ni 2 bayt joy egallaydi. Bu esa Java dasturlash tilida Unicode belgilaridan foydalanish imkonini beradi. Unicode belgilari 65536 ta bo‘lib, bu belgilarini asosan 16 lik sanoq sistemasida ko‘rsatiladi. Unicode belgilaridan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi.
  • char uniChar = '\u038F';

Belgili va satrli kattaliklar

  • Yuqorida ko‘rsatilgan dastur parchasida ekranda grek harflaridan  belgisi hosil bo‘ladi. Java dasturlash tilida belgili sodda ma’lumotlar turidan tashqari obyektli ma’lumotlar turlari mavjud. Obyektli ma’lumotlar turlari yordamida belgilar bilan ishlash uchun Character obyektli ma’lumotlar turidan foydalaniladi. Obyektli ma’lumotlar turlarining barchasida konstruktor mavjud. Bu konstruktor yordamida obyekt hosil qilinadi. Misol:
  • Character ch = new Character('a');

Belgili va satrli kattaliklar

  • Belgilar bilan ishlash jarayonida obyektli ma’lumotlar turidan foydalanayotgan vaqtda konstruktordan foydalanmasdan ham o‘zgaruvchiga qiymat uzatilsa bo‘ladi. Bu holat sodda ma’lumotlar turi yordamida bajarilganday Java dasturlash tilida bajariladi. Misol,
  • Character ch = 'a';

Download 304.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling