- Ma’lumotlarni formatlash yordamida ham satrlar hosil qilish mumkin. Buning uchun bizga format() metod yordam beradi. format() metodi printf() operatoriga o‘xshab ma’lumotlarni foyrmatlash yordamida satr hosil qiladi. printf() operatori esa ma’lumotlarni formatlab ekranga chiqaradi.
- String klassining eng ko‘p ishlatiladigan metodlari bilan tanishib chiqamiz.
Satrli kattaliklar bilan ishlovchi metodlar - char charAt(int index) – Ushbu metod satrning indexda turgan belgining qiymatini qaytaradi.
- boolean equals(Object anObject) – Ushbu metod ko‘rsatilgan qator berilgan qatorga teng bo‘lsa, rost aks holda yolg‘on qiymat qaytaradi.
- byte[] getBytes() – Ushbu usul bayt ko‘rinishdagi qiymat massivini qaytaradi.
- int hashCode() – Bu usul berilgan satrga mos kod qaytaradi.
Satrli kattaliklar bilan ishlovchi metodlar - int indexOf(char ch) – Bu usul yordamida ch belgisini satr ichida qatnashganligini ko‘rsatadi. Agar belgi satrda mavjud bo‘lsa, uning indeksi qaytadi, aks holda –1 qiymati qaytadi.
- String replace(char oldChar, char newChar) – Bu metod oldChar belgisini newChar belgisiga almashtirib beradi.
- String replaceAll(String regex, String replacement) – Bu metod satrdagi regex qismini replacement qismga aymashtirib beradi. Agar satrda regex qismlar bir nechta bo‘lsa bu qismlarning barchasi almashtiriladi.
Satrli kattaliklar bilan ishlovchi metodlar - String replaceFirst(String regex, String replacement) – Bu metod satrdagi regex qismini replacement qismga aymashtirib beradi
- String[] split(String regex) – Bu metod satrni massivga aylantirish uchun xizmat qiladi.
- String[] split(String regex, int limit) – Bu metod satrni massivga almashtirib beradi.
- String substring(int beginIndex) – Bu metod satrning beginIndex indekisidan boshlab, satrning oxirigacha bo‘lgan belgilar ketma–ketligidan yangi satr hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |