Serverga ma’lumotlarni orqa fonda yuborish
XMLHttpRequest obyekti
Barcha zamonaviy brauzerlar XMLHttpRequest obyektini qo’llab-quvvatlaydi.
Fonda veb-server bilan ma’lumot almashish uchun XMLHttpRequest obyektidan foydalanish mumkin. Bu shuni anglatadiki, butun sahifani qayta yuklamasdan, veb-sahifaning qismlarini yangilash mumkin.
var xhttp = new XMLHttpRequest();
9_mavzu
JavaFX - boy Internet ilovalarini (Rich Internet Applications) yaratish uchun foydalaniladigan Java kutubxonasi. Ushbu kutubxonadan foydalanib yaratilgan ilovalar turli xil operatsion tizimlarda va qurilmalarda, masalan, Desktop kompyuterlari, mobil telefonlar, televizorlar, planshetlar va boshqalarda ishlashi mumkin.
Java dasturlash tilidan foydalangan holda GUI ilovalarini yaratish uchun dasturchilar Advanced Windowing Toolkit (AWT) va Swing kabi kutubxonalarga tayanadilar. JavaFX paydo bo’lganidan so’ng, ushbu Java dasturchilari boy tarkibga ega samarali GUI ilovalarni JavaFXdan foydalanib yaratishlari mumkin.
JavaFX- Umumiy ma'lumot
Boy xususiyatlarga ega kliyent tomon ilovalarini yaratish uchun dasturchilar Media, UI Controls, Web, 2D va 3D kabi funktsiyalarni qo’shish uchun turli xil kutubxonalarga murojaat qilishadi. JavaFX ushbu xususiyatlarning barchasini o’z ichiga oladi. Bunga qo’shimcha ravishda, dasturchilar Java kutubxonasining Swing kabi mavjud xususiyatlaridan ham foydalanishlari mumkin.
JavaFX grafika va medianing boy to’plamini taqdim etadi va apparat tezlashtirilgan grafikasi orqali zamonaviy Graphical Processing Unit (GPU)dan foydalanadi. JavaFXdan Groovy va JRuby kabi JVM asosidagi texnologiyalarda foydalanish mumkin.
Umuman olganda, JavaFX ilovasi uchta asosiy komponentalar Stage, Scene and Nodes ga ega bo’ladi.
Tugunlar ierarxiyasi
Umuman olganda, tugunlar to'plami scene graphini tashkil etadi. Ushbu tugunlarning barchasi yuqorida ko'rsatilgandek ierarxik tartibda joylashtiriladi.
State
Stage (oyna) JavaFX ilovasining barcha obyektlarini o’z ichiga oladi. U javafx.stage paketining Stage sinfi yordamida yaratiladi. Boshlang’ich Stage platformaning o’zi tomonidan yaratiladi. Yaratilgan Stage obyekti Application sinfining start() metodi uchun argument sifatida uzatiladi.
Stage ikki Width va Height parametrlariga ega. U tarkibiy qism va bezaklar (sarlavha paneli va chegaralar) ga bo’linadi.
Stagelarning besh turi mavjud:
Decorated
Undecorated
Transparent
Unified
Utility
Stage tarkibini ko'rsatish uchun show() metodini ishga tushirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |