URL myURL = new URL("http://example.com/");
URL myURL = new URL("http://example.com/pages/");
URL page1URL = new URL(myURL, "page1.html");
URL page2URL = new URL(myURL, "page2.html")
new URL("http", "example.com", "/pages/page1.html");
Quyidagiga ekvivalent
new URL("http://example.com/pages/page1.html");
URN – Uniform Resource Names
Misol uchun, ISBN 0-486-27557-4 raqami xalqaro standart kitob raqami (ISBN) tizimida Shekspirning "Romeo" va "Juliet" spektaklining maxsus nashri aniqlanadi. Ushbu nashr uchun URN urn: isbn: 0-486-27557-4 bo'ladi. Biroq, bu kitobning nusxasini qayerdan topish mumkinligi haqida hech qanday ma'lumot bermaydi.
URN va URL
URN inson ismi bo’lsa URL uning yashash manzili. Boshqa so’z bilan aytganda URN obyektni aniqlasa URL obyekt joylashgan manzilni aniqlaydi.
5-Mavzu
HTTP amaliy pog’onaning protokoli va webning yuragi hisoblanadi. HTTP ikki xil aloqa o’rnatilishini qo’llab-quvvatlaydi: non-persistent (har bir so’ralgan ma’lumot uchun alohida bog’lanishni hosil qiladi) va persistent (hosil qilingan bog’lanish ochiq holda saqlanib, klient so’ragan obyektlarning barchasi shu bog’lanish orqali jo’natiladi).
WWW arxitekturasi
Gipermatn – boshqa dokumentlarga havola qilinadigan dokumentni yaratishdir. Gipermatn web sahifada keltirilgan havola orqali tarmoqning boshqa serverida joylashgan ma’lumotga (matn, rasm, video, audio yoki grafik yoki gipermedia) chiqishni ta’minlaydi.
Brauzer (web klient) web dokumentlarni ekranga chiqaradi va ularning barchasi bir xil arxitekturada bo’ladi. Har bir web klient uch qismdan tashkil topadi: kontroller, klient protokol va interpretator.
Kontroller dokumentlarni ekranga chiqarish uchun ma’sul va u FTP, TelNet yoki HTTP kabi protokollardan biri foydalaniladi. Interpretator ham o’z navbatida dokument turiga bog’liq ravishda HTML, Java yoki JavaScript asosida bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |