Java nima Java dasturlash tili
Download 1.25 Mb.
|
2 5420273372074344755
«Continue» operatori.
Bu operator, ishlayotgan sikl qadamini tashlab ketib, navbatdagi qiymat bilan siklni boshidan boshlab beradi. Sikl tanasida ishlatilgan «continue» operatori, o‘zidan keyin kelgan operatorlarni ishlatmaydi. Tup sonlarni chiqarib beruvhi dastur public class MainClass { public static void main(String[] args) { int nValues = 50; OuterLoop: for (int i = 2; i <= nValues; i++) { for (int j = 2; j < i; j++) { if (i % j == 0) { continue OuterLoop; } } System.out.print(i+”,”); } } } Natija 2,3,5,7,11,13,17,19,23,29,31,37,41,43,47 Shartga ko’ra I ni j ga bo’lganimizda qoldiq 0 ga teng bo’lsa continue ni amalni to’xtatib siklning boshiga qaytatib yuboradi. Java While Loop«While» operatori dastur tuzishda ko‘p ishlitiladigan sikl operatori hisoblanadi. Bu operator bir yoki bir necha operatorlar guruhini, qo‘yilgan shart yolg‘on(false)bo‘lguncha bajaradi. Qachonki shart rost bo‘lsa, sikl o‘z ishini boshlaydi va shartdagi qiymatlar sikl ichida o‘zgartirib boriladi. Sintaksisi quyidagicha: while (shart) { operatorlar bloki } Shart har doim mantiqiy qiymat qabul qiladi: rost(true) yoki yolg‘on(false). Blok ichiga istalgancha operatorlar yozish mumkin, yoki umuman yozmaslik ham mumkin. «While» operatorida avval shart tekshirilib keyin amal bajarilardi «While» operatoridan raqamlar ketma ketligi doimiy bo’lmagan hollarda ishlatiladi. While operatori takrollanish davri xar xil bo’lgan sikllar ustida ammalar bajarishda qo’l keladi. Tasavur qiling siz bozorda 3kg pomidor harid qilyapsiz, sotuvchi tarozida turgan idishga pomidor solyapti bir safar ikkita bir safar 3 ta qo’liga siqqanicha olib idishga solyapti.Sotuvchining idishga pomidor solishi doimiy takrollanyapti lekin miqdori xar safar xar xil tokiy bu jarayon pomidorlar 3 kg bo’lgunicha sodir bo’ladi. Endi bu jarayonni tahlil qilib chiqsak Idishdagi boshlang’ich pomidor miqdori 0 kg Chegaraviy miqdor 3 kg Ortib boorish miqdori xar safar xar xil Sotuvchining miyyasidagi jarayonlarni dasturiy ko’rinishini qanday bo`lishini ko’rsak Sotuvchi xaridordan necha kg pomidor olishini so`rab chegaraviy miqdorni aniqlaydi Idishni taroziga qo`yib boshlang`ich miqdor (massa=0) 0 deb oladi Idishga pomidor solishi bilan miqdorni hissoblab boradi. Agar massa 3 kg dan oshib ketsa ortiqcha pomidorlarni olib tashlaydi Bu misolning javada dasturiy ko’rinishi: public class Xarid { public static void main(String[] args) { Scanner in = new Scanner(System.in); int massa = 0;// boshlang'ich miqdor int chegaraviyMiqdor = 3; while (massa < chegaraviyMiqdor) { System.out.println("Pomidor miqdorini kiriting"); int m = in.nextInt(); massa +=m; } if (massa > chegaraviyMiqdor) System.out.println(massa - chegaraviyMiqdor +" kg oshib ketdi"); else System.out.println("Pomidor massasi 3 kg bo'ldi"); } }
Pomidor miqdorini kiriting 2 // kiruvchi qiymatlar Pomidor miqdorini kiriting 1 // kiruvchi qiymatlar Pomidor massasi 3 kg bo'ldi Yana bitta oddiy misol 1 dan 10 gaxcha bo’lgan sonlarni chiqarish dasturi Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling