Java nima Java dasturlash tili
Download 1.25 Mb.
|
2 5420273372074344755
public class WhileExample {
public static void main(String[] args) { int i=1; while(i<=10){ System.out.print(i+”,); i++; } } } Natija 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 «int» tipida «i» nomli o‘zgaruvchi e’lon qilinib, «1» soni o‘zlashtirildi. So‘ng sikl boshlandi, bu sikl kiritilgan i(1), «10» sonidan katta bo‘lguncha bajariladi. Sikl tanasida, «i» o‘zgaruvchi qiymati ekranga chiqarilib, bu o‘zgaruvchi bittaga oshirilmoqda(qiymat 2 ga teng bo‘ladi). Shundan so‘ng, kompilyator yana sikl boshiga chiqib, shartni tekshiradi(2<10 rost). Agar, shart rost(true) bo‘lsa, sikl yana ishini davom ettiradi, endi ekranga «2» soni chiqadi va yana «i» o‘zgaruvchi qiymati bittaga oshiriladi(o‘zgaruvchi qiymati 3). Shu tariqa shart yolg‘on bo‘lguncha sikl aylanaveradi. Qachonki, «i» o‘zgaruvchi qiymati «10«ga teng bo‘lsa, shart yolg‘on qiymatni qaytaradi(10<10 yolg‘on) va sikl o‘z ishini tugatadi. Agar shart boshidanoq yolg‘on bo‘lsa, sikl umuman ishlamasligi ham mumkin, ya’ni kompilyator sikl tanasiga umuman kiraolmaydi. class test{ public static void main(String[] args){ int d=10; while (d<10){ System.out.println(d); d++; } } } Bu misolda sikl umuman ishlamaydi, chunki (10<10) shart yolg‘on(10=10 bo‘lsa, rost bo‘lar edi) va dastur hech qanday amal bajarmaydi. Java do-while LoopYuqoridagi «while» sikl operatorida, agar shart yolg‘on bo‘lsa sikl umuman ishlamasligini ko‘rib o‘tdik. Agar shart yolg‘on bo‘lsa ham, sikl tanasidagi operatorlar bir marotaba bajarilishi kerak bo‘lsa, «do-while» sikl operatoridan foydalanamiz. Bu operatorda oldin operatorlar bajariladi, so‘ng siklga qo‘yilgan shart tekshiriladi. Shu sababli sikl tanasi kamida bir marotaba ishlaydi. Bunday siklni «sharti keyin tekshiriladigan» sikl deyish mumkin. «do-while» dan ham odatda ketma ketlik tartibi doimiy bo’lmagan va bir marta bo’lsa ham amal bajarilishi kerak bo’lgan hollarda foydalaniladi. Misol uchun choy damlash ketma ketligini olsak Quruq choy solinadi Choynak to’lguncha suv quyiladi Choy damlashdan oldin eng avvalo bitta ishni qilamiz yani choynak ichida qanday holat choy bormi yo’qligiga bir nazar tashlaymiz. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling