Java nima Java dasturlash tili


OYDning asosiy tushunchalari


Download 1.25 Mb.
bet19/49
Sana20.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1103409
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Bog'liq
2 5420273372074344755

OYDning asosiy tushunchalari




Obyekga yo'naltirilgan dasturlash yoki OYD – dasturlarni haqiqiy hayotiylikka asoslangan holda gi dasturlash usulidir. Yana protsedurali dasturlash tillari (masalan, Paskal, Basic, Fortan) ham mavjud. OYD ning undan asosiy farqi shundaki, OYD asosan obyektlar asoslangan holda ishlasa, protsedurali dasturlash tillari esa asosan funktsiyalarga asoslangan bo'ladi ya'ni bu usuldagi dasturlashda har bitta buyruqlar qadamma-qadam bajarilib boriladi masalan: faylni och, raqamni o'qi, 4 ga ko'paytir va ekranga chiqar.

OYD ni tashkil etuvchilari quydagilardur



  1. Object

  2. Class

  3. Inheritance

  4. Polymorphism

  5. Abstraction

  6. Encapsulation

Object – bu class bilan farqli tushuncha xisoblanadi. Object biz yozgan classimizdagi har xil qoidalarga bo'ysunadigan ma'lumot bo'lib, u tezkor hotirada saqlanadi, class esa qattiq diskda saqlanadi. Har bir yasalgan Object tezkor hotiraning ma'lum bir honachalariga joylashadi. Hayotiy bir misol, masalan, ko'p qavatli binoni tezkor hotira deb qarasak. Unda istiqomat qiluvchi insonlar esa unda saqlanuvchi obyektlar bo'lib. Agar biz Insonning hususiyatlari, bajaradigan ishlari va hokazo hususiyatlari haqidagi bilimlarni qog'ozga tushursak bu qoralamani class deb qaralishi mumkin garchi u texnik usulda yozilmagan bo'lsa ham. Biz ana o'sha qoralamani classimizda kompyuter tushunadigan tilga keltiramiz.

Class- OYDning marzkazi hisoblanadi va u har xil kodlar, ma'lumotlar va shu ma'lumotlar qay tarzda o'zgarishini ifodalovchi hususiyatlar saqlanadi.Boshqacharoq qilib aytadigan bo'lsak hayotiy obyektlarning qanday faoliyat yuritishi, nimalardan iborat ekanligi, qanday hususiyatlarga ega ekanligini tavsiflovchi kichik bir hujjat sifatida qarash ham mumkin. Javada hamma narsa Class ichida sodir bo'ladi. Class o'z ichiga o'zgaruvchilar va metodlar(funktsiyalar) va qiymati o'zgarmaydigan konstantalarni oladi. Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, har bitta klass bitta o'zgaruchi tipi bo'lib ham hizmat qiladi. Xuddi Integer, String yoki boshqa tiplar kabi har bir class ham ma'lum bir tip sifatida qaralishi mumkin.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling