1 Obekt va oydning asosiy tushunchalari
Download 93.21 Kb.
|
4-M.I. W.D.K.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: PHPda obyektga yо‘naltirilgan dasturlash. MVC texnologiyasi BAJARDI: AX 11-21 SUYAROV SHAROFIDDIN TEKSHIRDI: NOSIROV B.N.
- 2. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalarining xususiyatlari 3. Xulosa Bekend
- Python, Java, PHP, NodeJS, Ruby
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Web dasturlash fanidan Mustaqil ish Mavzu: PHPda obyektga yо‘naltirilgan dasturlash. MVC texnologiyasi BAJARDI: AX 11-21 SUYAROV SHAROFIDDIN TEKSHIRDI: NOSIROV B.N. Mavzu: PHPda obyektga yо‘naltirilgan dasturlash. MVC texnologiyasi Reja: 1. . Obekt va OYDning asosiy tushunchalari.2. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalarining xususiyatlari 3. Xulosa Bekend - biror bir veb yoki mobil ilovaning server tarafi - barcha ma’lumotlar qayta ishlanadigan va biznes jarayonlar ishlaydigan qismi hisoblanadi. Bekend dasturchi esa vebsayt, internet servislar yoki mobil ilovalarning bekend qismini quradi, dasturlaydi. Bu turdagi dasturchi vazifalariga quyidagilar kiradi: veb-sayt yoki ilovaning boshqaruv panelini yaratish; ma’lumotlarni kiritish/chiqarish/qayta ishlash uchun tizim boshqaruvchilariga qulay formalar qurish; boshqa internet servislar bilan integratsiya qilish; mobil ilovalar, kliyent ilovalar integratsiya qilish uchun API qismlarni dasturlash; umumiy tizim uchun zarur bo'lgan arxitektura, biznes logikalarni dasturlash. Bekend dasturchilar yaratilayotgan loyiha ko'lami va qo'llaniladigan texnologik steklardan kelib chiqib Python, Java, PHP, NodeJS, Ruby kabi dasturlash (yoki skriptlash) tillaridan foydalanadi. Ushbu kursimizda biz ulardan biri - yurtimizda eng keng tarqalgani hamda talab yuqori bo'lgan PHP veb dasturlash tilining Yii2 freymvorkida veb/mobil ilovalarning bekend qismini yaratishni o'rganamiz Obekt – Obektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD) dasturlash texnologiyasining eng asosiy kalit tushunchasidir. Atrofga qarang, haqiqiy hayotdagi bir necha obektlarni ko'rishingiz mumkin: stol, uy, qalam , motosikil , televizor va h.k. Ularning barchasining albatta xususiyatlari va bajaradigan vazifalari (funksiyalari) bor. Masalan, Mushuk hususiyatlari: rangi, qorni to'qligi, yoshi, jinsi; funksiyalari: ovqat yeyishi, miyovlashi, yurishi, sichqon tutishi. Mashina xususiyatlari: tezligi, rangi, nomi, narxi; funksiyalari: yurishi, to'xtashi, oyna artgichlarining ishlashi, eshiklarning ochilib yopilishi va h.k. Bu kabi hayotiy misollarning hususiyatlari va funksiyalarini aniqlash OYD nuqtai nazaridan fikrlashning eng zo'r ko'rinishidir. Bir daqiqaga to'xtang va hozirda atrofingizdagi biror narsalarni tahlil qiling. Har bir obekt uchun o'zingizdan so'rang: "Bu obektning qanday hususiyatlari bor?", "Qanday vazifalarni bajaradi?" kabi. Va kuzatish natijalaringizni yozib oling, sezgan bo'lsangiz tuziladigan ro'yxat obektning murakkabligiga qarab ko'payib boradi. Kompyuter indikatorining 2 ta xususiyati bor o'chiq va yoniq; funksiyalari esa yonish va o'chish. Bu barcha kuzatishlar OYD dunyosiga o'tkazish mumkin. Download 93.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling