Java nima Java dasturlash tili
Download 1.25 Mb.
|
2 5420273372074344755
Javada For-each LoopFor-each loop dan massivlar yokiy to’plamlarni yurguzishda foydalaniladi. For-each loop dan foydalanish qulay va oson chunkiy bunda sikilning boshlang’icha va oxirgi qiymatlari ko’rsatilmaydi. Bunda elementlar birma bir qaytarib uning qiymatlari ko’rsatiladi . for(Type var:array){ //code to be executed } public class ForEachExample { public static void main(String[] args) { int arr[]={12,23,44,56,78}; for(int i:arr){ System.out.print(i+”,”); } } } Ekranda : 12,23,44,56,78 Yana biz break/continue lardan ham foydalanamiz «Break» operatori. Bu operator bilan, «switch» haqidagi maqoladan uchrashgan edik. U yerda bu operator, operatorlar ketma-ketligini tugatish uchun ishlatilgan edi. «Break» operatori dasturda, sikldan chiqish va «shartsiz o‘tish» operatori kabi vazifalarni ham bajaradi. Keling ikkala holni ham ko‘rib chiqaylik, dastlab bu operator orqali qanday qilib sikldan chiqish mumkinligini ko‘rsataman. Oldingi maqolalardan ma’lumki, sikl shartga bog‘liq holda operator yoki operatorlar guruhini ishlatib turadi. Qachonki shart yolg‘on bo‘lsa, sikl o‘z ishini tugatadi va sikldan keyingi operatorlar ishlashni boshlaydi. «Break» operatori sikl shartiga qaramasdan, siklni tugatadi, hattoki, sikl sharti rost qiymat qabul qilayotgan bo‘lsa ham. class test{ public static void main(String args[]){ for(int i=0; i<100; i++){ System.out.println("Son"+i); if (i==10) break; } System.out.println("Sikl tugadi"); } } Dasturdan ko‘rinib turibdiki, sikl yordamida 100 ta qiymat ekranga chiqarilishi lozim(i<100, 0 dan 99 gacha), lekin unday bo‘lmaydi, chunki «break» operatori mavjud(5-qatorda). Bu operator «if» operatori bilan birga kelgan. Demak, shart qo‘yilgan, agar «i» o‘zgaruvchi qiymati «10» ga teng bo‘lsa, «break» operatorini ishlat, ya’ni siklni tugat. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling