Java Obyekt va Sinflar Obyekt
Download 18.35 Kb.
|
4 mavzu Java Obyekt va Sinflar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinf yoki class
- Namuna o’zgaruvchi
- Metod
- Java dasturlash tilida obyektlar 3 xil usulda yaratiladi
Java Obyekt va Sinflar Obyekt – bu holat va xususiyatga ega bo’lgan narsa, masalan, telefon, olma, qalam, shifokor. Bu moddiy yoki ma’naviy bo’lishi mumkin. Obyektning uchta xarakteri bo’ladi: Holati: obyektning ma’lumoti yoki qiymati. Xususiyat: obyektning metodlari. Identifikatori: Har bir obyekt JVM tomonidan takrorlanmas identifikator bilan ta’minlanadi. Keling biror obyektni muhokama qilamiz. Masalan, ruchka. Uning rangi qizil, bu uning holati. U yozish uchun mo’ljallangan, bu uning xususiyati. Sinf yoki class – bir xil xususiyatlarga ega obyektlar to’plami. Class obyekt yaratishga mo’ljallangan shablon. Class fizik jihatdan mavjud emas, shuning uchun u xotiradan joy egallamaydi. Class yaratish uchun sintaksis quyidagicha: class maydon; metod; } Namuna o’zgaruvchi sinf ichida lekin metod tashqarisida yaratilgan o’zgaruvchi hisoblanadi. Kompilyatsiya vaqtida namuna o’zgaruvchi xotiradan joy olmaydi. Qachonki sinfdan obyekt yaratilsagina xotiradan joy oladi, shuning uchun u namuna (yoki obyekt) o’zgaruvchi deb nomlanadi. Metod funksiyaga o’xshash va sinfning xususiyatlarini ifodalaydi. Metod koddan qayta-qayta foydalanish va uni optimizatsiya qilish uchun ishlatiladi. new kalit so’zi classdan obyekt yaratish va u uchun heap xotiradan joy band qilish uchun ishlatiladi. Keling, endi Talaba nomli sinf yaratamiz. Unda id va ism nomli maydonlar bo’lsin. Va undan bitta obyekt yaratamiz. class Talaba { int id; String ism; public static void main(String[] args) { Talaba talaba = new Talaba(); System.out.println(talaba.id); // 0 System.out.println(talaba.ism); // null } } Dasturlashda, odatda biz ko’plab sinflar yaratamiz va ulardan boshqa sinflar ichida foydalanamiz. Yuqoridagi misolda esa sinfdan o’sha sinfdagi main() metodida foydalandik. Java dasturlash tilida obyektlar 3 xil usulda yaratiladi: reference yordamida metod yordamida konstruktor yordamida Quyida 3 ta usulda obyekt yaratamiz. Reference yordamida class Talaba { int id; String ism; public static void main(String[] args) { Talaba talaba = new Talaba(); talaba.id = 1; talaba.ism = "Husan"; System.out.println(talaba.id + " " + talaba.ism); // 1 Husan } } Metod yordamida class Talaba { int id; String ism; void qiymatYuklash(int id1, String ism1){ id = id1; ism = ism1; } void chopEtish(){ System.out.println(id + " " + ism); } public static void main(String[] args) { Talaba talaba = new Talaba(); talaba.qiymatYuklash(2, "Aziz"); talaba.chopEtish(); // 1 Husan } } Konstruktor haqida keyingi darslarimizda o’rganamiz. Quyida sinf va obyektlar ishtirokida Bank akkountga doir kod yozamiz. Uni yaxshi tahlil qilishga harakat qiling. class Account { int akkountRaqami; String akkountIsmi; float pulMiqdori; void qiymatBerish(int a, String n, float amt) { akkountRaqami = a; akkountIsmi = n; pulMiqdori = amt; } void deposit(float amt) { pulMiqdori = pulMiqdori + amt; System.out.println(amt + " depozit qo'shildi"); } void pulYechish(float amt) { if (pulMiqdori < amt) { System.out.println("Balans kam"); } else { pulMiqdori = pulMiqdori - amt; System.out.println(amt + " pul yechildi"); } } void balansniTekshirish() { System.out.println("Balans: " + pulMiqdori); } void chopEtish() { System.out.println(akkountRaqami + " " + akkountIsmi + " " + pulMiqdori); } public static void main(String[] args) { Account a1 = new Account(); a1.qiymatBerish(832345, "Anvar", 1000); a1.chopEtish(); a1.balansniTekshirish(); a1.deposit(40000); a1.balansniTekshirish(); a1.pulYechish(15000); a1.balansniTekshirish(); } } Download 18.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling