Java script qo`llanma javaScript Kirish
Raqamlar va satrlarni qo'shish
Download 256.13 Kb.
|
JAVA SCRIPT QO`LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqamli satrlar
- JavaScript Massiv
Raqamlar va satrlarni qo'shishJavaScript qoʻshish va birlashtirish uchun + operatoridan foydalanadi. Raqamlar qo'shiladi. Satrlar birlashtiriladi. Agar siz ikkita raqam qo'shsangiz, natijada raqam bo'ladi: let x = 10; let y = 20; let z = x + y; Agar siz ikkita satr qo'shsangiz, natijada qator birikmasi(satr) bo'ladi: let x = "10"; let y = "20"; let z = x + y; 1020 Agar siz raqam va satr qo'shsangiz, natijada qator birikmasi(satr) bo'ladi: let x = 10; let y = "20"; let z = x + y; 1020 Agar siz satr va raqam qo'shsangiz, natijada qator birikmasi(satr) bo'ladi: let x = "10"; let y = 20; let z = x + y; 1020 Raqamli satrlarJavaScript satrlari raqamli tarkibga ega bo'lishi mumkin: let x = 13; // x number let y = "15"; // y string JavaScript barcha raqamli operatsiyalar satrli raqamlar ustida ham ishlaydi masalan quyidagicha misolni keltiramiz. let x = "100"; let y = "10"; let z = x / y; 10 Ko'paytirish amali ham ishlaydi. let x = "100"; let y = "10"; let z = x * y; Ayirish amali. let x = "100"; let y = "10"; let z = x - y; 90 Ammo qo'shish amali ishlamaydi chunki satr sifatida qabul qilib ikki satrni birlashtirishni amalga oshiradi. let x = "100"; let y = "10"; let z = x + y; 10010 JavaScript MassivMassiv bir nechta qiymatlarni o'z ichiga oladigan maxsus o'zgaruvchi hisoblanib JavaScript da massiv o'zgaruvchi yaratish uchun quyidagicha qaraymiz! o'zgarmas massiv keltirilgan. const cars = ["Matiz", "Spark", "Malibu"]; Nima uchun massiv?Dasturlash tilida shunday holga duch kelasiz misol uchun avtomobil ustida misol keltiramiz (Uzavto Motorsga insof bergin deb ishni boshlaymiz 😂) Agar siz bir xil o'zgaruvchi tipiga tegishli o'zgaruvchi yoki o'zgarmaslarni kiritishingiz uchun har biri uchun alohida o'zgaruvchi nomini topib chiqishingiz zarur bo'ladi. Bu qiyin bo'lmasligi mumkin ammo optimal yo'l emas. let car1 = "matiz"; let car2 = "malibu"; let car3 = "spark"; let car3 = "cobalt" ; Bu kabi keltirilgan misollar bir nechta bo'lishi mumkin ;). Ishimizni osonlashtirish uchun massiv dan foydalanishimiz zarur (Ma'lumot bazasida ham massiv va json dan ko'p foydalanasiz). let cars = ["matiz", "malibu", "spark", "cobalt"] ; Download 256.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling