Javada nomlash konsepsiyalari


Download 14.97 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi14.97 Kb.
#1501503
Bog'liq
Javada nomlash konsepsiyalari


Javada nomlash konsepsiyalari
09/09/2016G'ayratjon RayimjonovJava DarsliklarNo Comments
Universitetni tamomlab endigina ish boshlagan paytlarimizda nomlash konsepsiyalari – klass’lar, metodlar(funksiya), o’zgaruvchilar, constantalar nomlanish standartlari to’g’risida amaliy tasavvurga ega emas edik. Dastur tuzish davomida standart nomlar muhim emas deb hisoblardik, chunki dastur ishlashi uning nomiga bog’liq emas edi. Ishlash jarayonida ustozlarim vaqtlari, bilimlari va albatda asablarini ayamasdan standart nomlash, kodlarni chiroyli yozish (kodlarni formatlab yozish) usullarini o’rgatishdi. O’rganganlarim asosida tayorlagan maqolani sizlarga havola etmoqchiman.
Dastlab nomlanish standartlari nima uchun kerakli ekanini bilib olishimiz kerak. Odatda katta dasturlar dasturchilar jamoasi bilan yoziladi. Siz yaratgan klass’larni, o’zgaruvchilarni, funksiyalarni va boshqalarni bir qarashda nima vazifa bajarishini va u nima ekanligini jamoaning har bir a’zosi oson tushuna olishi va undan bemalol foydalanishi uchun kerak. Agar dasturni bir o’zingiz yozgan taqdirda ham, dasturingiz kattalashib ketsa yaratilgan klasslar, o’zgaruvchilar nima vazifa bajarishini yoddan ko’tariladi. Bunday holatlarni oldini olish maqsadida nomlash standartlari ishlab chiqilgan.

Nomi

Nomlanish satandarti

Class

Bosh harflar bilan boshlanadi va ot so’z turkumida bo’lishi kerak.
Misol: Color, Employee, Button va h.k

Interface

Bosh harflar bilan boshlanadi va sifat so’z turkumida bo’lishi kerak.
Misol: Runnable, Remote, ApplicationListener

Method

Kichik harflar bilan boshlanadi va fe’l so’z turkumida bo’ladi kerak.
Misol: main(), action() , print() va h.k

O’zgaruvchilar

Kichik harflar bilan boshlanishi kerak. Misol: firstName, lastName va h.k

Paket

Kichik harflar bilan yoziladi. Misol: util, java, sql, gwt va h.k

Constant’lar

Bosh harflar bilan yoziladi. Misol: YELLOW, MAX_NUMBER va h.k

CamelCase nomlash standarti
Javada CamelCase nomlash standartidan class, metod, o’zgaruvchi, constant, interface’larni nomlashda foydalaniladi. Bu uslub ikkita so’zni bir biridan ajratib turadi. Bunda ikkinchi so’z har doim bosh harf bilan boshlanadi. Misol: actionPerformed(), firstName, ActionEvent, ActionListener, …,
Download 14.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling