Javob:Quduq
7-Savol:
Uning yana bir toifa insonlar uchun mo'ljallangan turi bulib, bu variantda 6 xil turli materiallardan foydalaniladi: yog'och; tosh; metall; plastmassa; rezina va mato.
U predmetni ayting?
Javob:Kubik
8-savol!
Bizda odatda kimnidir uzoq safarga jo’natilsa “Oy borib, omon qayt” iborasi ishlatiladi. Ko’plab xalqlarda shunga o’xshash xayrlashuv gaplari mavjud. Aynan shunday iboralardan biri amerikalik faxriy harbiylarning o’z farzandlarini urushga jo’natishdan oldin aytadigan gaplari ekan. Bu gapda negadir farzand tirik qaytishi emas, vafot etsa shu holda qaytishi aytiladi. Qizig’i urushga ketayotgan farzandlar ham bundan xafa bo’lishmaydi.
Diqqat savol:ular qanday tilak tilashadi.?
Javob – Tobutingda bayroq bilan qayt! Bu sharaf kam sonli Amerika qahramonlariga nasib etishini nazarda tutib, shunday tilak tilashadi.
9-savol:
O'rta asrlardagi Evropaning ko'p joylarida ULAR vaboning sababi deb e'lon qilingan: go'yo ular iblisning xizmatkorlari va odamlarga yuqtirishadi. Buning ortidan ULARNING ommaviy qirg'inlari sodir bo'ldi - bu bilvosita epidemiyaning yanada keng tarqalishiga olib keldi.
Ularni toping?
Javob:Mushuklar
10-savol.
Futbolda chempionlar va to'purarlar mukofotlanadi.Lekin Braziliya gazetalari esa 4 ta avtogol urgan futbolchini mukofotlashadi.Nima bilan mukofotlashadi?
Javob:Kompas
11-savol.
Statistik malumotlarga kóra politsiya xodimlari, kóproq qaysi rangdagi mashinalarni tóxtatishadi?
Javob:oq
12-savol.
Bu savoling javobi sizni ko‘z oldingizda yoki qo‘lingizda bo‘lishi mumkin.
Bir latifada odam buyrakdagi toshdan halos boʻlish uchun koʻp miqdorda uni iste’mol qilishi aytiladi. O‘sha insondan sababini soʻrashganda axir u toshni yo‘q qiladi deb javob qaytaribdi.
Uni toping?
Do'stlaringiz bilan baham: |