Javob. Bank marketing siyosatida reklamaning roli?


Bank menejmentining maqsadi va vazifalari.?


Download 24.17 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi24.17 Kb.
#1481328
1   2   3   4
Bog'liq
BANK MENEJMENTI

2.Bank menejmentining maqsadi va vazifalari.?.
Bank menejmentining maqsadi ikkiga iqtisodiy va ijtimoiy maqsadga bo`linadi.Banklarning tijorat tashkiloti ekanligidan kelib chiqib, bank menejmentining iqtisodiy maqsadi – bu yuqori foyda olishdir. Birlamchi maqsad foyda olish hisoblanib bank ta'sischilari, ya'ni bank egalari o`z mablag'lari yunaltirishdan yuqori foyda olishni ko`zlaydi. Bank faoliyatining yuqori foyda olishini ta'minlash bank xodimlarining maqsadi bo`lishi lozim.
Ma'lumki, tijorat banklari iqtisodiyotda bo`sh turgan mablag'larni akkumlyatsiya qiladi. Bunda bank menejmenti maqsadi yig'ilgan mablag'larni omonatchilarga o`z vaqtida va to`laligicha qaiytarilishi hamda ishonchli saqlanishini ta'minlashga yo`naltirilishi lozim. Demak, ushbu maqsadni amalga oshirish banklarda joriy va qisqa muddatli likvidlilikni, aktiv va passivlarni muddati va miqdorining muvofiqligini ta'minlashni, kredit portfeli sifatining yuqori buo`lishi va zarur naqd pul zahiralariga ega buylishni talab etadi. Shundaiy qilib, bank menejmentining ijtimoiiy maqsadining ayrim jihatlari vujudga keladi. Chunki, iqtisodiyot taraqqiyotida tijorat banklari tomonidan ishlab chiqarishga, strategik maqsadlarga va turli tarmoqlarga, rivojlanmagan hududlarga kreditlar ajratilib ularning ehtiyojlari qondiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining kreditlari milliy iqtisodiyotning rivoji uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan investitsion xarajatlarni va xo`jalik sub'ektlarining aylanma mablag'larga bo`lgan ehtiyojlarini moliyalashtirishning muhim manbaidir. Bundan tashqari, aholining turmush farovonligini oshirish, o`z navbatida ishlab chiqaruvchilarning tovarlari realizatsiyasini tezlashtiradi.
Shuningdek, bank xodimlarining mijozlar bilan bo`ladigan munosabatlari va bunda bank sirini ta'minlashi ham ijtimoiy maqsadning yo`nalishi sifatida qaraladi.
Bank menejmentining vazifalari. Biz yuqorida ko`rib o`tgan, bankning ijtimoiy va iqtisodiy maqsadidan kelib chiqib bank menejmenti vazifalari belgilanadi. Tijorat banklarida boshqaruv mexanizmining muvofiqligini shakllantirish bo`yicha menejmentning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Minimal risk sharoitida bank biznesida yuqori foyda olishni ta'minlash. Ushbu vazifa orqali tijorat banklarining daromad va xajatlari tarkibi baholanib, daromadlar rejalashtiriladi. Shuningdek, bankning aktiv va passivlar hajmi va muddati muvofiqligini ta'minlanishi lozim.
- Bankning foĭdasini optimallashtirish orqali likvidlilikni ta'minlash. Menejmentning bu vazifasida passivlar tarkibini tahlil etish, barqaror va sifatli resurslarni ko`paytirish, yuqori likvid aktivlar mavjudligini ta'minlash va tijorat banklarining likvidliligini bashorat qilishda yordam beradi.
- Bank faoliyatidagi risklarni aniqlash, ularni baholash samarali boshqarish usullarini yaratish. Tijorat banklari faoliyati boshqa sub'ektlar faoliyatiga nisbatan yuqori riskliligi bilan ajralib turadi. Shunday ekan, banklar faoliyatida bank operatsiyalari bo`yicha mavjud risklarni aniqlash, ularni baholash tizimlarini ishlab chiqishi va ularni boshqarish tizimlarini shakllantirish amalga oshiriladi.
-bankning mahsulotlari va xizmatlariga bo`lgan talabni o`rganish hamda bankning strategiyalarini shakllantirish. Bunda tijorat banklari tomonidan taklif qilinadigan xizmatlar bozoridagi talabni baholash va xizmatlar bozordagi o`rnini mustahkamlashi lozim. Bozordagi talab va taklif asosida bank xizmatlarini rivojlantirish bo`yicha o`z strategiyalarini ishlab chiqishda yordam beradi. Banklararo raqobat sharoitida banklar faoliyatining samaradorligi ta'minlanadi.
-Bankni imkoniyatlarini va samaradorligini oshirishga ko`maklashuvchi malakali xodim va mutaxassislar bilan ta'minlash. Tijorat banklarida xizmatlar ko`rsatish, yangi turdagi xizmatlarni joriy qilish, bank kelajagini baholay xodimlarni jalb qilish orqali boshqaruv amalga oshiriladi.



Download 24.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling