Жавоб бериш учун саволлар №11 машғулот


Download 61.5 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi61.5 Kb.
#145299
Bog'liq
11.Nazorat savollari


Жавоб бериш учун саволлар № 11 машғулот.



Саволлар

Жавоблар

1

Вируслар классификацияси ва характеристикаси.

Viruslar tasnifi. Viruslarning zamonaviy tasnifi umurtqalilar,

umurtqasizlar, o ‘simliklar va mikroorganizmlar viruslari uchun umumiy hisoblanadi.

Bu tasnifga quyidagi mezonlar kiritilgan:

1) Nuklein kislotaning xili (RNK yoki DNK), uning tuzilishi (iplar soni);

2) Lipoproteid qobig‘ining borligi;

3) Virus genomining reproduksiya qilish usuli;

4) Virionning hajmi va morfologiyasi, simmetriya turi, kapsomerlar miqdori.

5) Irsiy ta’sirlashuvlaming ko‘rinishi;

6) Virusga ta’sirchan xo'jayinlaming turlari;

7) Patogenligi, hujayraga ta’sir ko‘rsatishi va hujayra ichi kiritmalarining hosil bo‘lishi;

8) Geografik tarqalganligi;

9 ) Yuqish yo'llari;

10) Antigen xossalari.

Sanab o‘tilgan belgilar asosida viruslar oila, turkum, tur va tiplarga

bo'lirnadi. Oilalarga bo'linishi 1 va 2 mezonlarga asoslangan bo'lsa, turkum va tiplarga qolgan belgilari bo'yicha ajratiladi.

Viruslar barcha organizm hujayralarida ko‘payadigam, xususiy

genomga ega boiib, hujayralardan tashqarida yashay olmaydi. Ular odam, hayvon, hasharot, o ‘simlik, zamburug' vabakteriyalarning obligat hujayra ichida yashovchi parazitlari bo'lib, oqsilni sintezlash, ferment "va energiya hosil qilish xususiyatiga ega emas.


2

Вирусларни ўстириш учун озиқ мухитлар?

Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab farqlanadi:

1. Tabiiy oziq muhitlar (kam qo‘llaniladi);

2. Oqsil moddalarning fermentativ gidrolizatlari;

3. Sun’iy oziq muhitlar.



3

Фаглар классификацияси ва фаглар характеристикаси?


Izolyatsiya qilingan va o'rganilgan ko'plab bakteriofaglar ularni tizimlashtirish zarurligini belgilaydi. Buni Xalqaro Viruslar Taksonomiyasi Qo'mitasi (ICTV) amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda viruslarning xalqaro tasnifi va nomenklaturasi bo'yicha bakteriofaglar nuklein kislota turiga va morfologiyasiga qarab bo'linadi. Ayni paytda o'n to'qqiz oila ajralib turadi. Ulardan faqat ikkita RNK o'z ichiga olgan oilalar va faqat beshta oilada konvert mavjud. DNK tarkibidagi viruslar oilalaridan faqat ikkita oilada bitta ipli genom mavjud. DNK o'z ichiga olgan to'qqiz oilada genom dairesel DNK bilan ifodalanadi, qolgan to'qqiztasida esa chiziqli.

4

Вируслар репродукцияси ва хужайра билан ўзаро таъсир стадиялари.

Viruslaming xo'jayin hujayrasi bilan ta’sirlashuvi ko'p bosqichli murakkab jarayon hisoblanadi. Bu ta’sirlashuv natijasida produktiv, abortiv, integrative jarayon rivojlanadi. Produktiv shaklda virus reproduksiyasi kuzatiladi, abortiv ko'patyish jarayoni amalga oshmay, virus chiqarib yuborilishi mumkin, integrativda virusning nuklein kislotasi hujayra genomiga biriktiriladi. Viruslarning ko'payishi bakteriyalarning ko'payishidan tubdan farq qiladi. Ularning ko'payishi disyunktiv (lotincha disjumctus - alohida ajralganholda ) tipda amalga oshadi. O'nlab virionlar hujayra ichida joylashgan . Bunda virusning tarkibiy qismlari (nuklein kislota, virus oqsili va boshqalar) hujayrada, virus nuklein kislotasida kodlangan axborotga binoan alohida-alohida sintez qilinadi va keyin virion yig'iladi. Virus reproduksiyasini shartli ravishda ikki fazaga bo‘lish mumkin. Birinchi fazada virusning hujayraga adsorbsiyasi va uning ichiiga kirishi, nuklein kislotasining oqsillardan xalos bo‘lishi va infeksiya qo‘zg‘atishi uchun modifikatsiya qilinishi yotadi. Binobarin, bu faza 3 fcosqichdan tashkil topgan: 1) virusning hujayraga adsorbsiya qilinishi; 2) hujayra ichiga kirishi; 3) virusning hujayrada yechinishi. Bu bosqichlar virusning unga moyil hujayraga kirishi va uning ichki komponentining himoya qobiqlaridan xalos bo'lishiga qaratilgan. Birinchi faza tamom bo‘lishi bilan reproduksiyaning ikkinchi fazasi boshlanadL Bu fazada quyidagi bosqichlar mavjud: 1) transkripsiya; 2) a-RNK nin.g uzatilishi; 3) genom replikatsiyasi; 4) virus komponentlarining yig'ilishi. Reproduksiyaning oxirgi bosqichida virus hujayradan chiqadi.

5

Вирусларнинг химиявий таркиби ва тузилиши.

Viruslarda nuklein kislotalardan biri bir ipli yoki ikki ipli DNK yoki RNK bo‘ladi. Bu bo‘linish nisbiy bo'lib, barcha DNK tutuvchi viruslar virus-maxsus (komplementar) RNK va aksincha RNK-genomli viruslar

(retroviruslar) - komplementar DNK hosil qilish xususiyatiga ega. Viruslar oqsili 20 ta L-aminokislotadan tuzilgan. AminokisL otalar ketma-ket joylashgan bo'lib, o'zining C - va N-aminoguruhi biLan birikkan; oqsillar xili, miqdori har bir virusning о ‘ziga xos bo'ladi. Viruslarda tuzuvchi va idora qiluvchi genlar (operator genlar, faollashtiruvchi genlar, lepressor genlar) bor. RNK va mayda polioma virusida 3 ta, poliomiyelit virusida 5 ta gen mavjud. Ayrim viruslarda esa ferment borligi aniqlangan, uning yordamida viruslar hayvon hujayralarining ichida qayta ko'payadi.



6

Фагларнинг химиявий таркиби ва тузилиши.

Faglarning asosiy tarkibiy qismlari oqsillar va nuklein kislotalardir. Shuni ta'kidlash kerakki, faglar, boshqa viruslar singari, faqat bitta turdagi nuklein kislota - deoksiribonuklein kislotasi (DNK) yoki ribonuklein kislotasi (RNK) ni o'z ichiga oladi. Shunday qilib, kimyoviy tarkibi bo'yicha faglar nukleoproteinlardir.

Nuklein kislota turiga qarab faglar DNK va RNKga bo'linadi. Turli faglarda oqsil va nuklein kislota miqdori har xil. Ba'zi fajlarda ularning tarkibi deyarli bir xil va ushbu tarkibiy qismlarning har biri taxminan 50% ni tashkil qiladi. Boshqa fajlarda ushbu asosiy komponentlar orasidagi nisbat boshqacha bo'lishi mumkin.





7

Вирус ДНК ва РНК сини шакли ва кўринишлари.

Har xil viruslar DNKsining molekularog'irligi har xil. Viruslar genomida bir necha genlar mavjud. DNK bir ipli

yoki ikki ipli, to‘g ‘ri yoki halqasimon ko'rinishda bo'ladi. DNK dagi nukleotid ketma-ketliklarining ko'pchiligi bir marta uchrasa, molekula oxiridagi ketma-ketliklar to'g 'ri va 180° ga aylantirilgan qaytarishlarga ega. Bu qaytarishlar virus DNK sini hujayra DNK sidan

farqlab olishda va halqako‘rinishini hosil qilishda ahamiyatga ega. Chunki halqa tuzilishidagi DNK ularning ekzonukleazalarga chidamliligini ta ’minlaydi. Bundan ta shqa ri, bu shaklda DNK transkripsiya va replikatsiyasini nazorat qilish va hujayra genomiga birikishi oson bo’ladi. Viruslarda bir yoki ikki ipli RNK bor, ular to'g'ri yoki halqasimon ko'rinishda bo'ladi. Bir ipli RNK lar vazifalari bo'yicha ikki guruhga bo'linadi: Birinchi guruhdagi viruslar genomi axborot RNK si bo'lib, ular o'zlaridagi axborotni to'g'ridan-to'g'ri hujayra ribosomalariga uzata oladi, shuning uchun ularni musbat ipli genom deb ataladi (pikornoviruslar, togaviruslar, retroviruslar). Ikkinchi guruhdagi RNK lar esa a-RNK si vazi fasini bajara

olmaydi. Ular faqat axborot olish uchun matritsa vazifasini bajaradi. Buning uchun virusda maxsus transkriptazalar bo'lishi zarur. Bunday fermentlar hujayralarda bo'lmaydi. Bir ipli RNK tutuvchi viruslar genomi manfiy ipli deb ataladi.



8

Бемор ўткир респиратор касаллик билан мурожаат қилди, касалликни вирусли этиологиясини аниқлаш учун шифокор қандай экспресс текшириш усулларини таклиф қилиши мумкин.

Aniqlash usul bu undirma olinadi keyin flurografiya rentgen qilish orqali respiratorning qaysi qismida ekanligi aniqlanadi undirma yani ozuqa muhitda o'stirish tufayli qaysi mikroorhanizm yoki virus ekanlizgi aniqlanadi

9

Грипп билан оғриган бемордан олинган материални вирусологик 10-12 кунлик товуқ эмбрионига юқтирди, лекин бир неча кундан кейин эмбрион ўлиб қолганлиги, бошқа микроблар кўпайганлиги аниқланди. Қандай вирусологик хатоликка йўл қўйилган.

Virusning biologic xossasiga qarab zararlangan tuxumni saqlash vaqti va harorati belgilanadi.Zararlangan tuxumni har kuni ovoskopga qo’yib embrionni tirikligini tekshirib turiladi. Agar embrion ilk kunlardayoq nobud bo’lsa demak zararli material yuborilayotganda shikastlangan, yoki zararlashdan oldingi sterilizatsiya ishlari to’g’ri bajarilmagan.

10

Хужайра кулътураларнинг олинииши ва қўлланилиши.

Hujayra kulturasi odam, hayvonlar, yoki parandalar va boshqa biologik ob’yektlar to‘qimasidan tayyorlanadi. Hujayra kulturasini tayyorlash quyidagi bir necha ketma-ket bosqichdan iborat:

- to‘qimani olish, qondan, keraksiz to‘qimalardan tozalash va maydalash.

- tripsin ta’sir ettirib, hujayralarni bir-biridan ajratish.

- hosil bo‘lgan bir jinsli hujayralar suspenziyasini yuvib, tripsindan tozalash.

- tayyorlangan hujayra kulturalarini sanash va hujayrani ma’lum miqdordagi suspenziyasini tayyorlash.

- hujayra kulturalarini viruslarni undirishda qo‘llaniladigan mahsus shisha probirka, flokon (matraslar) larda, hujayralarning o‘sishini ta’minlab beradigan oziqli muhitlar qo‘shib saqlash. Hujayra kulturalarini tayyorlash usullari bo‘yicha fiksasiyalangan to‘qima

bo‘lakchalari kulturasi, bir qavatli, suspenziyalangan va organ kulturasi tafovut qilinadi.

1) Bir qavatli hujayra kulturasi - kimyoviy neytral shisha, plastika laboratoriya idishlari yuzasiga bir qavat bo‘lib birikib oluvchi va ko‘payuvchi hujayra kulturalaridir. Virusologiya amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladi. 2) Suspenziyali hujayra kulturasi- oziqli muhitning hamma hajmida ko‘payuvchi hujayralar yig‘indisi bo‘lib, ular har doim aylantiruvchi magnit yordamida

aralashtirib turiladi. Bunday hujayra kulturalari virusologik amaliyotda vaksina preparatlari olishda qo‘llaniladi.

3) Fiksasiyalangan to‘qima bo‘lakchalari kulturasi- maydalangan to‘qima bo‘lakchalari tovuq plazmasiga solinadi. Plazmada hosil bo‘lgan cho‘kmaga to‘qima bo‘lakchalari fiksasiyalanadi. Uning ustiga antibiotiklar va Xenks eritmasi, embrion ekstraktidan tayyorlangan suyuq suspenziya qo‘shiladi.1-2 kundan kiyin to‘qima

bo‘lakchalari atrofida plazma fibrinlaridan hosil bo‘lgan to‘rda yangi hujayralar o‘sa boshlaydi.

4) Organ kulturasi – Birlamchi strukturasi o‘zgarmagan ma’lum organ bo‘lakchalari yoki to‘qima. Chegaralangan xolda qo‘llaniladi.






Ҳар бир саволга тўғри жавоб учун

0,2 балл. Максимал 2 балл.






Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling