Javob: duksimon hujayralar Elektron mikrofotografiyada ikki ХIL hujayra berilgan. Birinchi hujayraning apikal yuzasida ko‟plab sitoplazmaning barmiqsimon o‟simtalari bor. Ikkinchi hujayraning qaysi birida endositoz jarayoni aktiv kechadi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Vaziyatli-masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob
Javob: o‟rin ko‟rpa qandalasi
528. Qandalalar ichida kasallik qo‟zg‟atuvchilarining tasuvchilari bormi? Bor bo‟lsa u qanday qandala? Javob: bor, u triatomli qandalalardir 529. Mikroskopda bit preparati ko‟rilganda uning bosh qismida qaysi organlar joylashganligi ko‟rinadi? Javob: bitning bosh qismida og‟iz aparati va sezgi organlari (ko‟zlari va 1juft kalta mo‟ylovlari) joylashgan 530. Shifokorga murojat qilgan odam farzandida bit bor ekanligi bilan murojat qildi, u qanday bit bo‟lishi mumkin? Javob: u bosh biti, kiyim biti va qov biti bo‟lishi mumkin 531 .Tibbiy biologik bilimlar asosida kiyim bitining sistematik holatini belgilang? Javob: bo‟g‟imoyoqlilar tipi, traxeyalilar kenja tipi, hasharotlar sinifi, bitlar turkumi, pedikulitlar oilasi, kiyim biti (pediculis vestimente) turi 532. Shifokorga murojat qilgan odamda qov biti borligi aniqlandi, uning o‟lchamlarini ko‟rsating? Javob: erkagi 1mm, urg‟ochisi 1,5 mmgacha bo‟lib ko‟krak va qorin qismi bir biridan aniq ajralmagan 533. Shifokorga murojat qilgan odamda qov biti borligi aniqlandi, bu bitga xos xususiyatlarni ko‟rsating? Javob: qov bitining so‟lagi gemoglobinni parchalaydi, shuning uchun chaqqan joy ko‟karib qoladi 534. Shifokorga murojat qilgan odamda kiyim biti topildi, uni inson uchun xavfli tomonini ko‟rsating? Javob: bitliqiliq (pediculyoz) chaqiradi qaytalama va toshmali terlama qo‟zg‟atuvchilarini tashuvchisi 535. Shifokorga murojat qilgan odam farzandidan bit topganligini shikoyat qildi, bitlar qanday parazit ekanligini ko‟rsating? Javob: bitlar hayot siklini hamma davrida odam qoni bilan oziqlanadigan ektoparazitlardir 536. Shifokor bemor tanasidan topilgan bitdan preparat tayyorladi, mikroskopda uni bosh biti ekanligiga shubxa qilindi, unga xos belgilarini ko‟rsating? Javob: rangi to‟q kulrang bo‟lib qornini ikki yonida to‟q pigmentlar bo‟ladi 537. Bemordan topilgan bit kiyim biti deb shubxa qilindi va undan preparat tayyorlandi, bu bitni o‟lchamiga qarab farqlasa bo‟ladimi? Javob: ha bo‟ladi, agar kiyim biti bo‟lsa o‟lchami 4,7mm gacha bo‟lib, tanasi och kulrang bo‟ladi 538. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib bosh va kiyim biti butun hayoti davomida qancha tuxum qo‟yishini va qanday yo‟l bilan rivojlanishini ko‟rsating? Javob: bosh va kiyim biti hayoti davomida 300ga yaqin tuxum qo‟yadi ular chala metamorfoz yo‟li bilan rivojlanadi 539. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib bitlar tashib beradigan toshmali terlama kasalligini qo‟zg‟atuvchisini ko‟rsating? Javob: toshmali terlama qo‟zg‟atuvchisi riketsiyalar 540. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib toshmali terlama qo‟zg‟atuvchilari bitning organizmidan qanday chiqarilishini ko‟rsating? Javob: toshmali terlama qo‟zg‟atuvchisi bitlarning axlati bilan teriga chiqariladi 541. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib toshmali terlama qo‟zg‟atuvchisi odamga qanday yuqishini ko‟rsating? Javob: rikketsiyalar bitlar ichagidan axlat bilan teriga chiqariladi va kontaminatsiya yo‟li bilan yuqadi 542 .Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib epidemiologic jihatdan toshmali terlama yoki qaytalama terlama xavfli ekanini ko‟rsating? Javob: epidemiologik nuqtai nazardan toshmali terlama xavfli 543. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib odam burgasini sistematik holatini ko‟rsating? Javob: tip: bo‟g‟imoyoqlilar, kenja tip: traxeyalilar, sinf: insestalar, turkum: burgalar, tur: odam burgasi (pulex iritans) 544. Shifokorga murojat qilgan odam tanasidan burga topildi, uning og‟iz aparati qanday tipdaligini ko‟rsating? Javob: og‟iz aparati sanchib so‟ruvchi tipda 545. Shifokorga murojat qilgan odam tanasidan burga topildi, urg‟ochilari umri davomida va bir qo‟yishda nechta tuxum qo‟yadi? Javob: umri bo‟yi 400-500 tuxum qo‟yib, bir qo‟yishda tuxum soni 6-10 tadan oshmaydi 546. Shifokorga murojat qilgan odam tanasidan burga topildi va undan preparat tayyorlandi, mikroskopda uning bosh qismida nimalar ko‟rinadi? Javob: bosh qismida mo‟ylovlari, oddiy ko‟zlari va sanchib so‟ruvchi og‟zi ko‟rinadi 547. Shifokorga murojat qilgan odam tanasidan burga topildi, burgalar bir kunda necha martta qon so‟radi? Javob: burgalar bir kunda kamida bir martta qon so‟radi 548. Shifokorga murojat qilgan odam tanasidan burga topildi, u orqali o‟lat bakteriyalari odamga qanday yuqadi? Javob: o‟lat bakteriyalari odamga faqat burga qon so‟rgan vaqtida yuqadi 549. Shifokor bemorga ankilostomos tashxisini qo‟ydi. Bu kasallikni qaysi parazit chaqiradi? Javob: ankilostoma duadenalea 550. Bemorda ankilostomos kasallig aniqlandi. Kasallikning chaqirgan parazitning sistematik holatini aniqlang? Javob: tip: nemotelmintes, sinf: nematode, tur: ankilostoma duadenalea 551. Bemorda ankilostomos kasaligi borligi aniqlandi. U qanday gelmint hisoblanadi? Javob: bu parazit giogelmint hisoblanadi 552. Bemorda ankilostomos borligi aniqlandi. U qanday parazit va uning rivojlanishi qayerda kechadi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling