Javob: Lesoto qirolligi. "Mimino" filmida haydovchi Xachikyan rolini ijro etgan arman aktyori kim?


Download 203.84 Kb.
Sana03.10.2023
Hajmi203.84 Kb.
#1691241
Bog'liq
Blits savollar


BLITS SAVOLLAR
Janubiy Afrika Respublikasi ichida joylashgan anklav davlat qaysi?
Javob: Lesoto qirolligi.
“Mimino” filmida haydovchi Xachikyan rolini ijro etgan arman aktyori kim?
Javob: M.M. Mkrtchyan.
Xalqaro dengiz tashkiloti nima deb ataladi?
Javob: IMO.
Io qaysi sayyoraning yo‘ldoshi sanaladi?
Javob: Yupiter.
KIA avtomobil kompaniyasi qaysi davlatga tegishli?
Javob: Janubiy Koreya.
Asarlarini tahallus bilan yozadigan muallifning asl ismi qanday ataladi?
Javob: Avtonim.
Qozog‘istondagi Qizil O’rda shahri 1853 yilgacha qanday atalgan?
Javob: Oqmachit.
“Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romani kimning qalamiga mansub?
Javob: Tog‘ay Murod.
Tibbiyotda so‘zlash qobiliyatining yo‘qolishi nima deb ataladi?
Javob: Afaziya.
Tojikistonning So‘g‘d viloyatining ma’muriy markazi qaysi shahar?
Javob: Ho‘jand.
NATO shtab-kvartirasi qaysi shaharda joylashgan?
Javob: Bryussel.
Birinchi o‘zbek baletining nomi nima?
Javob: Paxta.
Shotland ovcharkasining ikkinchi nomi qanday?
Javob: Kolli.
Uzoq muddatli ssuda olish maqsadida ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish qanday ataladi?
Javob: Ipoteka.
“Abak kitoblari”ning muallifi bo‘lgan italyan metematigi kim?
Javob: Leonardo Pizanskiy (Fibonachchi).
“Chotqol yo‘lbarsi” asarlarining muallifi bo‘lgan o‘zbek yozuvchisi kim?
Javob: Mirmuhsin.
Nomzodlar familiyasi ko‘rsatilgan ovoz berish hujjati qanday ataladi?
Javob: Saylov byulleteni.
Botanika fanining daraxtlarni o‘rganadigan bo‘limi qanday ataladi?
Javob: Dendrologiya.
Zarafshon daryosi Amudaryo bilan qaysi kanal orqali qo‘shiladi?
Javob: Amu-Buxoro kanali.
SI tizimida elektr tokining kuchi qaysi birlikda o‘lchanadi?
Javob: Amper.
Stenli kubogiga eng ko‘p marotaba sazovor bo‘lgan NXL jamoasi qaysi?
Javob: “Monreal Kanadiens”.
Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko 1898 yili qaysi teatrga asos solishgan?
Javob: Moskva badiiy akademik teatri (MXAT).
14 asrga tegishli bo‘lgan Qutlug‘ Temur minorasi qaysi shaharda joylashgan?
Javob: Urganch.
Qaysi kimyoviy elementning nomini grek tilidan tarjima qilganda “noturg‘un” degan ma’noni bildiradi?
Javob: Astat.
Katta leytenant pogonida nechta yulduz bor?
Javob: 3 ta.
Ibn Sinoning asl ismi nima edi?
Javob: Husayn.
“Satirikon” Rossiya davlat teatri kimning nomi bilan ataladi?
Javob: A.Raykin.
Qalqonsimon bezning kattalashuvi bilan kuzatiladigan kasallik qanday ataladi?
Javob: Bo‘qoq.
Kanishka qaysi dalatning hukmdori bo‘lgan?
Javob: Kushonlar saltanati.
Ota va o‘g‘il Shtrauslarning nomi bilan bog‘liq vals qanday ataladi?
Javob: Vena valsi.
“Doktor Jivago” romanining mualllifi bo‘lgan rus yozuvchisi kim?
Javob: Pasternak
“Genaeral Rahimov” filmida bosh rolni ijro etgan o‘zbek aktyori kim?
Javob: Z.Muhammadjonov
G’arbiy O’rtayer xududida hukmronlik Karfagen qaysi katta imperiya bilan "Puni urushlarini" olib borgan?
Javob: Rim imperiyasi
Bastakor Friderik Shopen qaysi davlatda tug‘ilgan?
Javob: Polsha
“Puma” kompaniyasi qaysi davlatga tegishli?
Javob: Germaniya
O’zbek qo‘shiqchisi Halima Nosirovaga Saprano atamasini nima aloqasi bor?
Javob: Ovozining balandligi shunaqa bo'lgan
693 metrlik balandlikda joylashgan Iso Masih haykali qaysi shaharda qad ko‘targan?
Javob: Rio de-Janeyro
Katta Farg‘ona kanali qaysi daryodan boshlanadi?
Javob: Norin
Qaysi avtomobil kompaniyasining nomi “Men chayqalayapman” degan ma’noni anglatadi?
Javob: Volvo
Akulalarda eng yaxshi rivojlangan sezgi a’zosi qaysi?
Javob: Hid bilish a’zosi
Yoxannesburg shahri qaysi davlat xududida joylashgan?
Javob: JAR
Anton Antonovich Delvig qaysi rus yozuvchisining eng yaqin do‘sti bo‘lgan?
Javob: A.S.Pushkinning
Indoneziya poytahti Jakarta qaysi orolda joylashgan?
Javob: Yava
1240-yillarning boshlarida Botuxon tomonidan asos solingan mo‘g‘ul-tatar davlati qanday atalgan?
Javob: Oltin O’rda
Urug‘lantirilgan tuhum hujayra qanday ataladi?
Javob: Zigota
1969 yilning iyulida “Apollon- 11” ning komandiri kim bo‘lgan?
Javob: Nil Armstrong
Serra – Leone davlatining poytahti qaysi shahar?
Javob: Fritaun
“Pigmalion”, “Androkl va sher”, “Sezar va Kleopatra” asarlarining muallifi bo‘lgan ingliz yozuvchisi kim?
Javob: Bernard Shou
Anna Axmatovaning haqiqiy familiyasi qanday?
Javob: Gorenko
Afrikaning Liberiya davlati pul birligi qaysi?
Javob: Dollar
Potrtda hizmat qiluvchi port yuk tashuvchisi qanday ataladi?
Javob: Doker
Rosssiyalik Anna Kurnikovaga 2004 yilda qaysi qo‘shiqchiga turmushga chiqdi?
Javob: E. Iglesias
Qaysi mashhur olmosning nomi “Yorug‘lik tog‘i” degan ma’noni anglatadi?
Javob: Ko‘hinur
O’rol Tansiqboevning “Sirdaryo” nomli surati qaerda saqlanadi?
Javob: Tretyakov galereyasida
Qaysi kimyoviy elementning lotincha nomi Carboneum deb ataladi?
Javob: Uglerod
Totalizator o‘yinida tikilgan pullarni qabul qiluvchi inson qanday ataladi?
Javob: Bukmeker
SI tizimida yoritilganlikning o‘lchov birligi nima?
Javob: Lyuks
“Mazda” firmasining bosh ofisi qaysi shaharda joylashgan?
Javob: Xirosima
Noma’lum uchar jismlar haqidagi fan qanday nomlanadi?
Javob: Ufologiya
Osmon jismlari va hafta kunlari mutanosibligida Quyosh haftaning qaysi kuniga mos keladi?
Javob: Yakshanba
Islom Universiteti Saudiya Arabistonining qaysi shahrida joylashgan?
Javob: Makka
Mahtumquli qaysi millat shoiri bo‘lgan?
Javob: Turkman
Iroq davlatining pul birligi nima?
Javob: Iroq dinori
Braziliyalik futbolchi Ronaldo qaysi shaharda tug‘ilgan?
Javob: Rio-de-Janeyro
Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi?
Javob: Merkuriy
Malta davlatining poytahti qaysi shahar?
Javob: Valetta
Afanasiy Nikitin qaysi uch dengiz osha sayohat qilgan?
Javob: Kaspiy, Arab va Qora dengiz
Uchquduq shahri mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?
Javob: Navoiy
Hindistonning 83 foiz aholisi qaysi dinga e’tiqod qiladi?
Javob: Induizm
Shvetsiya parlamenti qanday nomlanadi?
Javob: Riksdag
Qaysi o‘simlik moyining eng yaxshi navlari provans moyi deb ataladi?
Javob: Zaytun
Rossiyalik sport sharxlovchisi Nikolay Ozerov qaysi sport turi bo‘yicha chempion bo‘lgan?
Javob: Tennis
Qaysi sut emizuvchining tili yarim metrgacha yetadi?
Javob: Jirafa
Frantsuz yozuvchisi va faylasufi Volter qaysi shaharda tug‘ilgan?
Javob: Parij
Ko‘pburchak barcha tomonlari uzunligining yig‘indisi qanday ataladi?
Javob: Perimetr
Kuba davlatining pul birligi nima?
Javob: Kuba pesosi
Tuproqqal’a yodgorliklari mamlakatimizning qaysi tumanida joylashgan?
Javob: Beruniy
Olimpiada bayrog‘ining pastki qavatida qaysi rangdagi xalqalar tasvirlangan?
Javob: Sariq va yashil
Said Ahmadning qaysi pesasi 1976 yil yozilgan?
Javob: “Kelinlar qo‘zg‘oloni”
1587-1607 yillardagi ingliz-ispan urushi vaqtida Ispaniya tomonidan Angliyani bosib olish uchun yaratilgan flot qanday atalgan?
Javob: Yengilmas armada
“Asosiy instinkt” filmida bosh rolni ijro etgan amerikalik kinoaktrisa kim?
Javob: Sheron Stoun
“Toyota Motors” korporatsiyasining Shimoliy Amerika bo‘linmasi qanday nom bilan ataladi?
Javob: Leksus
Qozog‘istonning 20 tengelik kupyurasida kimning surati tasvirlangan?
Javob: Abay
“Sevilyalik sartarosh” va “Figaroning uylanishi” komediyalarining muallifi kim?
Javob: Bomarshe
Qaysi transport vositasining nomi mototsikl va velosiped so‘zlarining bo‘g‘inlari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan?
Javob: Moped
Sherobod shahri mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?
Javob: Surxondaryo
Qaysi qon guruhi universal donor hisoblanadi?
Javob: Birinchi
Boshqirdiston poytahti qaysi shahar?
Javob: Ufa
1992 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlari qaysi shaharda bo‘lib o‘tgan?
Javob: Barselona
“Lamborjini” firmasining emblemasida qaysi hayvon tasvirlangan?
Javob: Buqa
Mashhur olim Galileo Galiley qaysi davlatda tug‘ilgan?
Javob: Italiya
“Qora ko‘zlar”, “Olmos kamar”, “Yulduzli tunlar” asarlarining muallifi bo‘lgan o‘zbek yozuvchisi kim?
Javob: Pirimqul Qodirov.
11-17 asrlarga oid bo‘lgan “Sulton Saodat” maqbaralar majmuasi mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?
Javob: Surxondaryo.
Mushak kuchini o‘lchovchi asbob qanday nomlanadi?
Javob: Dinamometr
Leonardo da Vinchining “Mona Liza” surati qaysi muzeyda saqlanadi?
Javob: Luvr
1986 yilgacha “Fil Suyagi Qirg‘og‘i” deb atalgan Afrikadagi davlat hozir qanday ataladi?
Javob: Kot-d`Ivuar
Birinchi apteka qaysi shaharda ochilgan?
Javob: Bag‘dodda 754 yili
Bodring o‘simliklarning qaysi oilasiga kiradi?
Javob: Qovoqdoshlar oilasiga
Graf va vikont orasida turuvchi dvoryanlik tituli qanday ataladi?
Javob: Ular orasida hech qanday unvon yo’q. Ular yonma-yon keladi.
Seldlar oilasiga kiruvchi mayda ov baliqlarining umumiy nomi qanday ataladi?
Javob: Kilki
Bujumbura shahri qaysi davlatning poytahti hisoblanadi?
Javob: Burundi
Hind mifologiyasida Ramning ukasi va yordamchisi bo‘lgan qahramon kim?
Javob: Lakshman
Vetnam davlatining pul birligi qanday ataladi?
Javob: Dong
Boks jangida nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan bokschi necha oy musobaqalardan chetlashtiriladi?
Javob: 3 oy
Frantsiya tarixida “Yuz kun” deb nomlangan hokimiyat kimga tegishli bo‘lgan?
Javob: Napaleon
Yunon mifologiyasida o‘z otasi bilan osmonga ko‘tarilgan qahramonning ismi nima bo‘lgan?
Javob: Ikar
“Sangam”, “Mening ismim masharaboz”, “Bobbi” kabi filmlarning rejissyori kim?
Javob: Raj Kapur
Sosoniylar davrida Eronda hukmdorlarning tituli bo‘lgan, nomining ma’nosi forschadan tarjima qilinganda “shoxlar shoxi” degan manoni bildirgan titul qaysi?
Javob: Shaxanshox
“Temir xotin” tragikomediyasining muallifi kim?
Javob: Sharof Boshbekov
AQSh, Buyuk Britaniya, Daniyada ma’muriy-xududiy yoki federativ birlikni boshqaruvchi oliy lavozimdagi shaxs qanday ataladi?
Javob: Gubernator
Kot-D'Ivuar davlatining poytahti qaysi shahar?
Javob: Yamusukro
1220 yildan umrining oxirigacha Kichik osiyoning Konya shaxrida yashagan fors so‘fiy shoiri kim?
Javob: Jaloliddin Rumiy
Tipratikanlar sut emizuvchilarning qaysi turkumiga mansub?
Javob: Hashoratxo‘rlar
Buddizm dini dastlab qaysi davlatda paydo bo‘lgan?
Javob: Qadimgi Hindistonda
G’arbda Mang‘ishloq yarimoroli, sharqda Amudaryo deltasi oralig‘ida joylashgan plato nomi nima?
Javob: Ustyurt
“Morg ko‘chasidagi qotillik”, “Oltin qo‘ng‘iz” kabi dedetktiv asarlarning muallifi kim? Javob: Edgar Alan Po
Frantsiya Respublikasining madhiyasi qanday ataladi?
Javob: Marseleza
Ruminiya davlatining pul birligi nima?
Javob: Ley
Qaysi uglevod “uzum shakari” deb ham ataladi?
Javob: Glyukoza
Subaru avtomobillari qaysi davlatda ishlab chiqariladi?
Javob: Yaponiya
Marokash davlatining pul birligi nima?
Javob: Dirxam
“Bitlz” guruhi 1959 yilda qaysi shaharda tashkil etilgan?
Javob: Liverpul
Mayami-Bichda o‘ldirilgan modeler-dizayner kim?
Javob: Janni Versache
Hayvon shohi ko‘rinishidagi ichish uchun mo‘ljallangan idish qanday nomlanadi?
Javob: Riton
“Simens” kontserni qaysi davlatga tegishli?
Javob: Germaniya
“Shams Tabriziy devoni” asarining muallifi bo‘lgan fors shoiri kim?
Javob: J. Rumiy
Zamonaviy havfsiz gugurtlar ilk marotaba 1855 yilda qaysi skandinaviya davlatida ishlab chiqarilgan?
Javob: Shvetsiya
Oybekning avtobiografik asarining nomi nima?
Javob: “Bolalik”
Quyosh sistemasidagi oltinchi sayyoraning nomi nima?
Javob: Saturn
Ayblanuvchining aybi sud tomonidan aniqlanmaguncha uning aybsizlik holati qanday nomlanadi?
Javob: Aybsizlik prezumptsiyasi
Ot va eshakning avlodi bo‘lgan hayvon qanday ataladi?
Javob: Hachir
Greypfrut mevalarning qaysi turkumiga kiradi?
Javob: Sitruslar
“Juma masjid”, Said Olovuddin maqbarasi, Muhammad Aminxon madrasasi qaysi shaharda joylashgan?
Javob: Xiva
1880 yilning 28 aprelida London zooparkiga Avstraliyadan qaysi hayvon ilk bora keltirilgan?
Javob: Koala
Batun, porey, shalot, shnitt qaysi sabzavot navlari hisoblanadi?
Javob: Piyoz
O’t pufagininsh o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanish kasalligi qanday ataladi?
Javob: Xoletsistit
“Bahor” raqs ansambliga qaysi mashhur raqqosa asos solgan?
Javob: M. Turg‘unboeva
“Tristan va Izolda” ritsarlik romani qaysi millatga tegishli?
Javob: Frantsuz
Mendeleev davriy jadvalidagi 20-element qanday nomlanadi?
Javob: Kaltsiy
“Assoshayted press” axborot agentligi qaysi davlatga tegishli?
Javob: AQSh
Krem, kokteyllarni aralashtirish, ko‘pirtirish uchun ishlatiladigan moslama qanday ataladi?
Javob: Mikser
Buxoroda mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi qo‘zg‘olonning rahbari bo‘lgan hunarmand kim?
Javob: Mahmud Tarobiy
Buase va dushes qaysi mevaning navlari hisoblanadi?
Javob: Nok
Yaman davlatining poytahti qasi shahar?
Javob: Sana
Chayonlar hayvonlarning qaysi sinfiga kiradi?
Javob: O’rgimchaksimonlar
Vaterloo aholi punkti qaysi davlat xududida joylashgan?
Javob: Belgiya
Vatikandagi Sikstin kapellasi gumbazidagi tasvirlar muallifi bo‘lgan rassom kim?
Javob: Mikelanjelo Buonarotti
Chotqol va Pskom daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladigan daryoning nomi nima?
Javob: Chirchiq
Pentium mikroprotsessorlarini qaysi firma ishlab chiqaradi?
Javob: Intel
Qon tomir tizimining eng yirik arteriyasi qanday ataladi?
Javob: Aorta
Arab xalifalari tarafidan o’z qo’l ostidagilarga turli mamlakatlarning hokimlariga berilgan unvon nima deyilgan?
Javob: Amir
Aruz vazniga bag’ishlangan “Mufassal” asari kimga tegishli?
Javob: Z.M.Bobur
Syangan territoriyasining inglizcha nomi qanday ataladi?
Javob: Gonkong
Tamaki, choy, vino, konditer mahsulotlari, non, go’sht, sut mahsulotlari va boshqalarni hidlab ko’rish, rangini, mazasini ko’rib baxolovchi shaxs nima deyiladi?
Javob: Degustator
Chingizxonning to’ng’ich o’g’lining ismi nima bo’lgan?
Javob: Jo’ji
Lotinchasiga “Kasalmand, ojiz” so’zi qanday aytiladi?
Javob: Invalid
O’qish vaqtida ustiga kitob ochib qo’yiladigan maxsus kursi, taglik nima deyiladi?
Javob: Lavx
Dunyodagi eng katta orol qaysi?
Javob: Grenlandiya
Amerika tuyaqushi qanday ataladi?
Javob: Nandu
Mukarrama Azimova qaysi xolding kompaniya rahbari hisoblanadi?
Javob: “Fayz Xolding”
Alisher Navoiyning “Chor devon” nomi bilan mashhur bo’lgan 4 devondan iborat mashhur asari qaysi?
Javob: “Xazoyin ul-maoniy”
Szyansu provintsiyasiga g’arb tomondan qo’shni bo’lgan dunyodagi eng katta shaharlardan birini ayting.
Javob: Shanxay
Otni boshqarishda ularning boshiga kiydiriladigan abzal nima deyiladi?
Javob: Yugan
Qaysi sport turining nomi ingliz tilidan tarjima qilinganda “erkin stil” degan ma’noni bildiradi?
Javob: Fristayl
Qoraqalpoq shori Berdaqning haqiqiy ismi sharifi qanday bo‘lgan?
Javob: Berdimurat Qarg‘abaev
9 asrgacha Andukan nomi bilan mashhur bo‘lgan shahar hozir qanday ataladi?
Javob: Andijon
13-asrning 20-yillarida mo‘g‘ul-tatar bosqinchilariga qarshi kurashgan Xo‘jand shahri hukmdori kim?
Javob: Temur Malik
Yurmala kurort shahri qaysi davlat hududida joylashgan?
Javob: Latviya
SI tizmimda modda miqdorining o‘lchov birligi nima?
Javob: Mol
Armaniston davlatining pul birligi nima?
Javob: Dram
Jinoiy jazodan ozod etish yoki sud tomonidan belgilangan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qanday ataladi?
Javob: Amnistiya
Maykl Jekson AQSh ning qaysi shtatida tug‘ilgan?
Javob: Indiana
“Baxoriston” pandnoma kitobining muallifi bo‘lgan o’rta asrlar shoiri kim?
Javob: Abdurahmon Jomiy
Serengeti milliy bog‘i qaysi davlat hududida joylashgan?
Javob: Tanzaniya
Uzunligi 708 km bo‘lgan, “Katta o‘zbek trakti” deb nomlanuvchi avtomobil yo‘li qaysi shaharlarni birlashtirib turadi?
Javob: Toshkent - Termiz
Oltingugurt D.I.Mendeleev davriy jadvalining nechanchi elementi hisoblanadi?
Javob: 16
“Sarbadorlar” dilogiyasining muallifi kim?
Javob: Muhammad Ali
1992-1996 yillarda BMT bosh kotibi bo‘lgan Misr davlat arbobi kim?
Javob: Butros Butros G’oliy
Katta qismini Vashington shahri tashkil etuvchi, AQSh dagi federal okrug qanday ataladi?
Javob: Kolumbiya
Germaniya parlamentining quyi palatasi qanday ataladi?
Javob: Bundestag
Kochabamba, Santa-Krus shaharlari qaysi davlatda joylashgan?
Javob: Boliviya
2001 yil yurtimizda qanday yil deya e’tirof etilgan?
Javob: Onalar va bolalar
O’zbek tilshunosligida ular 10 ta. Nimalar?
Javob: Tinish belgilari
Qaysi shoiraning ilk she’riy to’plami “Hayot varaqlari” deb nomlangan?
Javob: Zulfiya
Yevropadagi qaysi davlat gerbida lodya daraxti tasvirlangan?
Javob: Malta
Arabchadan “Dengizlar hukmdori” degan ma’noni anglatuvchi xalqaro atamani ayting.
Javob: Admiral
Tanais daryosining xozirgi nomi nima?
Javob: Sirdaryo, Don
Ko‘p ovozli musiqiy asarning notalari qayd etilgan ro‘yxat qanday nomlanadi?
Javob: Partitura
“Goldstar” kompaniyasining xozirgi nomi nima?
Javob: LG
Katta suv havzalarida kemalarga yo’l ko’rsatuvchi shaxs kim deyiladi?
Javob: Lotsman
AQShning 34-prezidenti kim bo’lgan?
Javob: Duayd Eyzenxauer
Bu so’z fors-tojikchada “kun” degan ma’noni, arabchada esa “tinch kun” degan ma’noni beradi. Gap qaysi so’z haqida bormoqda?
Javob: Shanba
Payariq tumani qaysi tumanda joylashgan?
Javob: Samarqand
BMT ning Bolalar huquqlari bo’yicha bo’limi nima deyiladi?
Javob: YUNISEF
Qadimgi Rimliklarda xotin-qizlar homiysi bo’lgan ma’buda kim?
Javob: Yunona
1914 yili adabiyot yo’nalishi bo’yicha Nobel mukofotini kim olgan?
Javob: Hech kim
“O’zbekiston iftixori” unvoni nechanchi yili ta’sis etilgan?
Javob: 1998 yil
Oqibati ijtimoiy xavfli bo’lgan harakat yoki harakatsizlik fan tilida nima deb ataladi?
Javob: Jinoyat
U narsaning morfemik, o’zlashma, chastotali, chappa kabi turlari bor. Savol, nimaning?
Javob: Lug’at
Turkiy xalqlar orasida cho’qmor deb yuritilgan, qadimdan sharqda ishlatilib kelingan jang qurolini toping.
Javob: Gurzi
Aynan shu ingliz olimi o’zining kasalligini batafsil o’rganib, mufassal tasvirlab bergani sababli bu kasallikka uning nomi berilgan. Bu olim kim?
Javob: Jon Dalton
Teatrda ijro etiladigan asarlarning majmuaviy ro‘yxati qanday ataladi?
Javob: Repertuar
Taka qaysi davlat pul birligi?
Javob: Bangladesh
Mendeleyev davriy jadvalida atom raqami 55 bo’lgan I guruhga mansub element qaysi?
Javob: Seziy
Shamsiy yil bo’yicha yettinchi oy qaysi?
Javob: Mezon (21 sentabr – 21 oktabr)
Ko’k va qizil rangni qo’shsa qaysi rang hosil bo’ladi?
Javob: Siyohrang
Yunonchaga “ombor” so’zini tarjima qiling.
Javob: Apteka
Egri chiziqning ikki nuqtasini birlashtiruvchi to’g’ri chiziq kesmasi qanday ataladi?
Javob: Vatar
Eng katta musiqa asbobi qaysi?
Javob: Organ
Romanovlar sulolasining rasmiy so’ngi vakili kim?
Javob: Mixail Romanov
Rasmiy aloqa qog’ozlariga hujjatlariga bosiladigan muhr nima deyiladi?
Javob: Shtamp
Itil dryosining xozirgi nomi nima deyiladi?
Javob: Volga
1971 yili SSSRda “G’alaba uchun iroda” sovrini qaysi futbol jamoasiga berilgan?
Javob: Paxtakor
Yangibozor tumani Respublikamizning qaysi viloyatida joylashgan?
Javob: Xorazm
Dunyoda nechta davlat yadro quroliga ega hisoblanadi?
Javob: 8 ta
Asil ismi Rahmatulloh Otaqo’ziyev. Ko’plab doston, pyesalar muallifi. Chexovning “Chayka”, Lermontovning “Hojimurot” asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Gap kim haqida bormoqda?
Javob: Uyg’un
Aytilishi va yozilishi har xil, ammo ma’nosi bir xil so’zlar nima deyiladi? M-n: gado-gadoy, nabira-nevara, sachoq-sochiq…
Javob: Dublet
Fillar o‘z do‘stona tuyg‘ularini qaysi a’zolari bilan bildirishadi?
Javob: Xartumi
Frankfurtlik mashhur moliya magnatlari oilasi, yirik bankirlar xonadoni xisoblanmish shajarani ayting.
Javob: Rotshildlar oilasi
Qadimgi Rim ma’budasi Yunona nomi bilan ataladigan oy qaysi?
Javob: Iyun
1964 yili ikkita davlat qo’shilishidan Tanzaniya davlati paydo bo’lgan. Ulardan biri Tanganika davlati edi, ikkinchisini siz ayting.
Javob: Zanzibar
Qashqadaryo viloyatining mashinalardagi davlat raqam belgisi necha?
Javob: 18
Kampirchopon qaysi o’simlik turi hisoblanadi: gilos, gul, yovvoyi o’t?
Javob: Yovvoyi o’t
“UzDaewooAvto” korxonasida ishlab chiqarilgan ilk mashina markasi qaysi?
Javob: Damas
Peshonasida bitta ko’zi bor afsonaviy jonzot nima deyiladi?
Javob: Siklop
Italiya opera madaniyatining yirik markazi hisoblanmish Milandagi opera teatrini ayting.
Javob: La Skala
Musulmon ayollar paranji yopinganda yuziga tutadigan ot qilidan tayyorlanadigan to’rsiman parda nima deyiladi?
Javob: Chachvon, chimmat
Arablarda musulmon bo’lmagan holidan olinadigan jon solig’i qanday atalgan?
Javob: Juz’ya
Avstriya pul birligi?
Javob: Shilling
Bu Italiyalik futbolchi Formula-1 bahslarining ilk chempioni hisoblanadi. Bu kim?
Javob: Nino Farino
Uning Nyu-Gempshir, Rod ayland, Kornuel, Zagorsk, Chipor kabi turlari bor. Bu qaysi jonzot?
Javob: Tovuq
Xalq og’zaki ijodida makkorlik ramzi bo’lgan jodugar, ayyor, hiylagar kampir qanday ataladi?
Javob: Yosuman
Nahr so’zining ko’plikdagi shakli qanday bo’ladi?
Javob: Anhor
Ekvador poytaxti?
Javob: Kito
Qaysi mashhur Prezidentni ismini qisqartirishib FDR deb atashgan?
Javob: Franklin Delano Ruzvelt
“Diyonat” asarining muallifi kim?
Javob: Odil Yoqubov
Yakka xonanda uchun yozilgan musiqa asari nima deyiladi?
Javob: Solo
Ko’z kosasidan pastda, yuqori jag’ suyagidan ust tomonda joylashgan yuz qismi nima deyiladi?
Javob: Yonoq
Sapparo shahri Yaponiyaning qaysi orolida joylashgan?
Javob: Xokkaydo
AQShdagi Pentagon ma’muriy binosining ma’nosi nima?
Javob: “Beshburchak”
Mashhur o’zbek yozuvchisi Abdulhamid Cho’lponning otasini ismi nima bo’lgan?
Javob: Sulaymon (Abdulhamid Cho’lpon Sulaymon o’g’li)
Butros Butros G’oliy qaysi yirik tashkilotning rahbari bo’lgan?
Javob: BMT
Qaysi fanning ma’nosi “Donolikni sevaman” degani?
Javob: Filosofiya (Falsafa)
O’zbekiston Respublikasida rasmiy dam olish kunlari deya e’lon qilingan bayramlar soni nechta?
Javob: 9 ta
Shaxmat bo’yicha uchinchi jahon chempioni bo’lgan Xose Raul Kapablanka qaysi davlat fuqarosi edi?
Javob: Kuba
“Bumer” avtomarkasi qaysi kompaniyaga tegishli?
Javob: BMW
Futbol bo’yicha ilk jahon chempionati qaysi davlatda bo’lgan?
Javob: Urugvay
Old Disney kompaniyasi tomonidan ishlangan dalmatinlar haqidagi multfilmda nechta dalmatin ishtirok etgan?
Javob: 101 ta
Qaysi jonzotning miyasi tanasiga qaraganda kattaroq?
Javob: Chumoli
Samarqand viloyatining telefon kodini ayting.
Javob: (8) 366 yoki +99866
Meksikada yashagan, poytaxti Tenochtitlan bo’lgan hindular qabilasi qanday atalgan?
Javob: Atstek
Qaysi kinokompaniyaning emblemasida qanotli ot Pegas tasvirlangan?
Javob: Tristar
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining qaysi sobiq Prezidenti “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan?
Javob: Xuan Antonio Samaranch
2001 yil yurtimizda qanday yil deya e’lon qilingan?
Javob: Onalar va bolalar yili
Peru davlatining pul birligi nima deb ataladi?
Javob: Sol’
Anor haqidagi mashhur chiston kimning qalamiga mansub?
Javob: Uvaysiy
“DCXCV” – Bu Rim raqami bo’yicha necha sonni anglatadi?
Javob: 695
Movaraunnahr so’zi qaysi tildan olingan va ma’nosi qanday?
Javob: Arabchadan “daryoning narigi tomoni” degani
Podpolkovnik unvonida nechta katta yulduz bo’ladi?
Javob: 2 ta
Versal shahri qaysi davlatda joylashgan?
Javob: Frantsiya
G’allaorol tumani yurtimizning qaysi viloyatida joylashgan?
Javob: Jizzax
Quyosh sistemasidagi yettinchi sayyora qaysi?
Javob: Uran
Xozirda Xalqaro kurash assotsiyatsiyasining (IAK) Prezidenti kim?
Javob: Komiljon Yusupov
Anvar Mamajonov O’zbekiston Respublikasining qaysi davlat ramzining muallifi hisoblanadi?
Javob: Gerb
Yaponlarning 3 qatordan iborat qofiyasiz she’ri qanday ataladi?
Javob: Xokku
Boliviya davlatining rasmiy poytaxti qaysi?
Javob: Sukre
“Uch qalb” romanining muallifi kim?
Javob: Jek London
Nobel mukofoti nechta yo’nalish bo’yicha beriladi?
Javob: 6 ta
Zahiriddin Muhammad Boburning otalarini ismi nima bo’lgan?
Javob: Umarshayx
Lixtenshteyn poytaxti?
Javob: Vaduts
Chippolina va Jelsomino kabi qahramonlarni dunyoga keltirgan Italiyalikning ismi nima edi?
Javob: Janni Rodari
N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari kabi insonlarni qaysi musiqa asbobiga aloqasi bor?
Javob: Skripka
Shaxmat doskasidagi sakkizinchi gorizontal qaysi harf bilan belgilangan?
Javob: Hech qanday. Shaxmatda vertikal chiziqlar harf bilan, gorizontal chiziqlar esa raqamlar bilan belgilanadi.
Dehqonobod tumani Respublikamizning qaysi viloyatida joylashgan?
Javob: Qashqadaryo
Toshkent metropoliteni nechanchi yili ochilgan?
Javob: 1977
Sherali Jo’rayev tomonidan ijro etilgan “Karvon ko’rdim” qo’shig’ining so’zlari qaysi shoir qalamiga mansub?
Javob: Usmon Azim
Ganimed qaysi sayyoraning tabiiy yo’ldoshi?
Javob:Yupiter
Fransiyaning Ruan shahrida 1431 yili gulxanda kuydirilgan mashhur jasur sarkarda kim edi?
Javob: Janna D’Ark
Futbolda bir o’yinda ikkita to’p kiritsa – dubl, uchta to’p – xet-trek, to’rtta – poker. Xo’sh beshta to’p kiritsa nima deyiladi?
Javob: Flesh
Yevropadagi qaysi davlat fuqarolarining umuman familiyasi yo’q, ular faqatgina sharif (otchestvo) ishlatadilar.
Javob: Islandiya
O’zbekiston Respublikasida nechta ma’muriy birlik bor?
Javob: 14 ta (12 ta viloyat, 1 ta suveren respublika, 1 ta Respublikaga bo’ysunuvchi shahar)
1989-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?
Javob: Katta Jorj Bush
Leonardo da Vinchi aeroporti Yevropadagi qaysi poytaxt shaharda joylashgan?
Javob: Rim
Koinotda bizga ko’rinadigan eng yorqin yulduz qaysi?
Javob: Sirius
“O’nta negr bolasi” dedektiv asarining muallifi kim?
Javob: Agata Kristi
Marafon musobaqasining uzunligi aniq qancha masofaga teng?
Javob: 42 km 195 m
“Alpomish” dostonida Alpomishnig haqiqiy ismi nima edi?
Javob: Hakimbek
Qaysi shkalaga ko’ra suv +32 gradusda muzlaydi?
Javob: Farengeyt shkalasi
Qaysi element dunyoda eng ko’p tarqalgan?
Javob: Vodorod
Katakana va xiragana alifbolaridan qaysi millat foydalanadi?
Javob: Yapon
Angliyada ochilgan mashhur “Globus” teatrining asoschisi kim bo’lgan?
Javob: Shekspir
Polsha davlati pul birligi qanday ataladi?
Javob: Zlotiy
Dunyodagi eng uzun daryo qaysi?
Javob: Nil
Klassik sonetda nechta qator mavjud bo’ladi?
Javob: 14 ta
2008 yil Pekinda bo’lgan Olimpiada o’yinlarida qaysi sportchimiz ilk medalni qo’lga kiritdi?
Javob: Rishod Sobirov
Download 203.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling