BIR MA’NONI IFODALAYDIGAN SO’ZLAR
|
1
|
ATOQLI OTLAR
|
Doniyor,Diyora,Qashqadaryo
|
2
|
SANOQ SONLAR
|
Bir,o’n besh,yigirma
|
3
|
OLMOSHLAR
|
Men,kim,o’sha,hamma
|
4
|
ILMIY ATAMALAR
|
Kosinus,kimyo,to’ldiruvchi
|
5
|
KASBIY ATAMALAR
|
Chok,andaza….
|
6
|
NEOLOGIZMLAR
|
Internet,sayt
|
7
|
UMUMISTE’MOL SO’ZLAR
|
Non,suv,havo,quyosh
|
8
|
ESKIRGAN SO’ZLAR
|
Qozi,omoch,qilich
|
OMONIMLAR(SHAKLDOSHLAR)
Aytilishi va yozilishi bir xil bo’lib,ma’nolari har xil bo’lgan so’zlarga shakldosh so’zlar deyiladi
Masalan :Tut-meva tut-harakat ; uch-raqam , uch-harakat
Shakldosh so’zlar bir qarashda ko’p ma’noli nso’zlarga o’xshab ketadi.Ularni bir-biridan farqlash lozim
Iboralar asosan badiiy va so’zlashuv uslubda ishlatiladi,lekin ayrim iboralar rasmiy va ilmiy uslubda ishlatiladi.Bunday vaziyatda iboralar muayyan tushunchani nomlash uchun qo’llanadi :
Qo’l qo’ymoq,xulosaga kelmoq,qarshi chiqmoq,ovoz bermoq, qo’l ko’tarmoq
|
SHAKLDOSH VA KO’P MA’NOLI SO’ZLARNING FARQI
|
Ko’p ma’noli so’zlar
|
Shakldosh so’zlar
|
Ko’p ma’noli so’zlar nechta ma’noni bildirishidan qat’i nazar ular orasida bog’liqlik mavjud bo’ladi.
|
Shakldosh so’zlar orasida hech qanday bog’liqlik bo’lmaydi.
|
Ko’p ma’noli so’zlar har doim bir so’z turkumi doirasida bo’ladi.
|
Shakldosh so’zlar bir so’z turkumi doirasida ham,boshqa so’zturkumi doirasida ham bo’lishi mumkin.
|
Ko’p ma’noli so’zlar bir so’zni o’z va ko’chma ma’noda qo’llashdan hosil bo’ladi.
|
Shakldosh so’zlar faqat shaklan o’xshash ikki yoki undan ortiq so’zlardir.
|
OMONIM SO’ZLARNING QUYIDAGI TURALARI MAVJUD
|
Lug’aviy omonimlar
|
So’zlarning shakldoshligi
|
Qirq-son
Qirq-harakat
|
Grammatik omonimlar
|
Qoshimchalarning shakldoshligi
|
im-so’z yasovchi qo’shimcha- bilim
im-egalik shakli-kitobim
|
Frazeologik omonimlar
|
Iboralarning shakldoshligi
|
Ko’z yumdi-olamdan o’tdi
Ko’z yumdi-aybini ko’rmaslikka oldi
Savatni boshiga ko’tardi-oddiy birikma
Uyni boshiga ko’tardi-ibora
|
SINONIMLAR(MA'NODOSHLAR)
Bir umumiy ma’noni bildiruvchi ikki va undan ortiq so’zlar MA’NODOSH SO’ZLAR deyiladi.
Masalan: yemoq,tanovul qilmoq,iste’mol qilmoq,g’ajimoq,kavshamoq,oshamoq.
SINONIMLAR HAR DOIM BIR SO’Z TURKUMI DOIRASIDA BO’LISHI SHART!
Ma’nodosh so’zlarning bir qatorga tizilib kelishiga ma’nodoshlik qatori deyiladi.
Boshqalariga nisbatan nutqda keng qo’llaniladigan va ma’nosi barchaga tushunarli bo’ladigan so’z BOSH SO’Z(dominanta so’z)deyiladi.
Bosh-dominanta so’z barcha uslublarda(so’zlashuv,ilmiy,badiiy,rasmiy,publisistik)qo’llaniladi.
|
SINONIM SO’ZLAR
|
DOMINANTA SO’Z(ASOSIY SO’Z)
|
Katta,ulug’,buyuk,gigant
|
Katta
|
So’zlamoq,shivirlamoq,to’ng’illamoq,gapirmoq
|
So’zlamoq
|
Jilmaymoq,kulmoq,tirjaymoq,tabassum qilmoq
|
Kulmoq
|
LUG’AVIY SINONIMLAR QO’LLANISHIGA KO’RA IKKI TURGA BO’LINADI:
To’liq sinonimlar-bir sinonim so’z o’rnida boshqa sinonim so’z qo’llanganda uslubiy jihatdan ma’no o’zgarmaydi.
Ma’noviy sinonimlar- bir sinonim so’z o’rnida boshqa sinonim so’z qo’llanganda uslubiy jihatdan ma’no o’zgaradi.
Masalan: Derazadan go’zal qizning yuzi ko’rindi.(yuzi-uslubiy betaraf so’z)
Derazadan go’zal qizning chehrasi ko’rindi.(to’liq sinonim)
Derazadan go’zal qizning turqi ko’rindi.(ma’noviy sinonim)
|
ANTONIMLAR(ZID MA’NOLI SO’ZLAR)
Qarama-qarshi ma’noli so’zlaraga zid ma’noli so’zlar deyiladi.
Masalan: uzoq-yaqin,katta-kichik,kuldi-yig’ladi.
Zid ma’noli so’zlar har doim ikki qarama-qarshi so’zlardan iborat bo’ladi.
Fe’lning bo’lishli va bo’lishsiz(-ma)shaklidan hosil qilingan juftliklar zid ma’noli so’zlar hisoblanmaydi.
Masalan: aytdi-aytmadi,keldi-kelmadi kabilar zid ma’noli so’zlar emas.
ANTONIM SO’ZLARNING QUYIDAGI TURLARI MAVJUD:
|
LUG’AVIY ANTONIMLAR
|
So’zlarning zid ma’noli bo’lishi
|
Yaxshi-yomon
|
GRAMMATIK ANTONIMLAR
|
Qo’shimchalarning zidligi
|
li-siz - bilimli-bilimsiz
|
FRAZEOLOGIK ANTONIMLAR
|
Iboralarning zidligi
|
Boshi osmonda-dili pora
|
PARONIMLAR(TALAFFUZDOSH SO’ZLAR)
Talaffuzi va yozilishi bir-biriga juda yaqin,lekin ma’nolari bir-biridan butulay farq qiladigan so’zlar PARONIMLAR deyiladi.
Masalan: afzal-abzal,fol-pol,tub-tup,amir-amr,daha-doho
LEKIN GADO-GADOY, AJDAHO-AJDARHO,PODSHO-PODSHOH,MASJID-MACHIT so’zlari paronim so’zlar emas VARIANTDOSH SO’ZLAR hisoblanadi.
Variantdosh so’zlarda ma’no umuman farq qilmaydi,bunday so’zlar bir so’zning ikki xil variantda ishlatilishidir.
Paronimlarda ma’no butunlay farq qiladi.
Qisqacha paronimlar ro’yxati:
Abad-doimiy,mangu Abzal-ot asboblari:yugan,egar,jabduq
Obod-obodon,farovon,sergavjum Afzal-nisbatan yaxshi,durust,ma’qul
Adib-yozuvchi Adil-tik,to’g’ri
Adip-kiyim chetiga qo’yiladigan mag’iz Adl-adolatli,to’g’ri
|
UYADOSH SO’ZLAR
Bir mazmuniy guruhga (uyaga) mansub bo’lgan so’zlar UYADOSH SO’ZLAR deyiladi.
Mevalar guruhi(uyasi):olma,anor,o’rik,shaftoli
Bosh kiyimlar guruhi (uyasi):qalpoq,do’ppi,ro’mol,shapka
Tilimizda barcha so’zlar ongimizda ma’lum mazmuniy uyalarga birlashgan holda saqlanadi.
Uyadosh so’zlarni ma’nodosh so’zlardan farqlash kearak.
Uyadosh so’zlar bir-biriga yaqin tushunchalarni ifodalaydi.
Ma’nodosh so’zlar bir tushunchaning turli qirralarini ifodalaydi
|
XULOSALAR
|
Bir so’z turkumi doirasida uchrashi mumkin bo’lgan hodisalar
|
Omonimlik
|
Faqat bir so’z turkumi doirasida uchraydigan hodisalar
|
Ko’p manolilik
Antonimlik
Sinonimlik
|
Bir necha so’z turkumi doirasida uchrashi mumkin bo’lgan hodisalar
|
Omonimlik
Paronimlik
|
TASVIRIY IFODA
Biror narsa va hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o’xshatish orqali ifodalsh TASVIRIY IFODA deyiladi.
Tasviriy ifodalar shaxs,predmet,joylarni so’z birikmalari orqali ulug’lab ko’rsatadi.
Tasviriy ifoda narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi
Tasviriy ifodalar nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi.
|
O’rmon podshosi
|
Sher
|
Dala malikasi
|
Makkajo’xori
|
O’rmon malikasi
|
Archa
|
Yaylov bahodirlari
|
Cho’ponlar
|
Oq chashma sohibalari
|
Sut sog’uvchilar
|
Oq oltin
|
Paxta
|
Qora oltin
|
Neft
|
Kumush tola
|
Pilla
|
Mo’yqalam sohiblari
|
Rassomlar
|
Qanotli do’stlar
|
Qushlar
|
Charm qo’lqop ustasi
|
Bokschi
|
Aql gimnastikasi
|
Shaxmat
|
EFEMIZM VA DISFEMIZM
Madaniy nutq sohibi o’z fikrini chiroyli va kishi ko’ngliga og’ir botmaydigan qilib ifoda etadi.
Fikrni og’ir botmaydigan,tinglovchiga malol kelmaydigan qilib ifodalash vositasi EFEMIZM deyiladi.
EFEMIZM- grekcha ,,yumshoq gapirmoq’’ degani
Yomon bo’libdi-yaxshi bo’lmabdi ,
Kasal-mazasi yo’q ,
Uylanmagan -boshi ochiq
Sergap – mahmadona, ...
Semiz – to‘ladan kelgan, …
Yengiltak – oyog‘i yengil, …
Evfemizmning aksi disfemizm
Disfemizm -grek tilidan olingan „qo‘pol gapirmoq“ ma’nosida qo‘llanadi.
Masalan, yomon bo‘libdi tushunchasi uchun qo‘llangan rasvo bo‘libdi, kasal tushunchasi uchun qo‘llangan dard uribdi ifodalari disfemizmga misol. Nutqda disfemizmni ko‘p qo‘llash kishining madaniyatsiz ekanini ko‘rsatadi.
Demak, disfemizm va evfemizm ikki chekkada, betaraf ifoda esa ular
o‘rtasida turadi: joni chiqdi – o‘ldi – uzildi kabi.
|
ONOMASTIKA
Onomastika lotincha onumo-nom degani
Onomastika-nomlar,ularning turlari,nomlanish sabablari bilan shug’ullanuvchi tilshunoslik bo’limidir.Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
|
Do'stlaringiz bilan baham: |