Javob: Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriya bo‘lib, boshqa


Download 73.5 Kb.
Sana15.12.2020
Hajmi73.5 Kb.
#167667
Bog'liq
1. Moliyaning m-WPS Office


1. Moliyaning mazmuni va ahamiyatii. Moliya tizimi va uning bо‘g‘inlari.

Javob:Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriya bo‘lib, boshqa

iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, narx, tannarx, qiymat, kredit

va h.k.) kabi jamiyatdagi muayyan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar,

ya’ni mehnat mezoni, iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘bat￾lantirish, milliy daromadni taqsimlash va qaytadan taqsimlash kabi

munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti muno￾sabatlari sharoitida moliya kategoriyasining ahamiyati kuchaya

borib, ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqarishning asosiy mexaniz￾miga aylanadi.

Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar va pul muno￾sabatlarining amal qilishi bilan bog‘liq. Moliya munosabatlarining rivoj￾lanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari, xo‘jalik

yurituvchi subyektlar faoliyatining iqtisodiy jihatdan alohidaligi,

tashkiliy-huquqiy jihatdan mustaqilligi kabi masalalar bilan bog‘liq.

Lekin moliya iqtisodiy kategoriya sifatida pul-moliya munosabatla￾rining barcha tomonlarini o‘z ichiga to‘la qamrab ololmaydi.

Moliya jamiyatda pul resurslari (fondlari)ni hosil qilish, taq￾simlash va foydalanish-ishlatish yuzasidan vujudga keladigan iqti￾sodiy munosabatlarni o‘zida ifodalaydi. Chunki har qanday iqtiso￾diy faoliyat mablag‘, pul talab qiladi. Ishlab chiqarish mahsuloti

va xizmatlar, odatda, taqsimlanganda yoki sotilganda qiymat

shaklida namoyon bo‘ladi. Natijada dastlab turli maqsadlarga mo‘l￾jallangan pul resurslari hosil bo‘ladi, ular tovarlarga ayirboshlanib,

shundan so‘ng iste’mol qilinadi.

«Moliya» so‘zi lotincha «finis» so‘zidan olingan bo‘lib, «tugadi»,

«oxirgi», «finish», «yakunlash» kabi ma’nolarni bildiradi. Òarixan

bu so‘z xalq bilan davlat o‘rtasidagi pul to‘lovlarining tugallangan￾ligini, hisob-kitoblarning oxiriga yetkazilganini bildiruvchi tushun￾cha sifatida kelib chiqqan. Davlatga o‘z badallarini, o‘z daromadla￾ridan davlat hissasini bergan shaxslar «finis» degan hujjat olishgan.

Keyinchalik bu so‘z Yevropa mamlakatlarida «financia» — davlat

daromadlari hamda xarajatlarining umumiy ma’nosini anglatadigan.

2. Davlat byudjeti va uning moliyaviy resurslarni shakllantirishdagi ahamiyati.

Javob:Har qanday davlat o‘z oldidagi vazifalarini muvaffaqiyatli hal

etishi, funksiyalarining samarali bajarilishi uchun moddiy-moliyaviy

negizga, zaminga ega bo‘lishi kerak. Ushbu mablag‘larning

maqsadlarini ko‘zda tutuvchi huquqiy hujjat — davlat budjetidir.

Inglizcha budget atamasi pul solingan chemodan, qop ma’nosini

anglatadi va davlat ehtiyojlari uchun zarur mablag‘larni ifodalaydi.

Davlat budjeti — davlat moliyaviy tizimidagi asosiy bo‘g‘in, yetakchi

moliyaviy kategoriyadir. Budjet orqali moliyaviy resurslar safarbar

etiladi va sarf-xarajat qilinadi hamda u asosiy moliyaviy tushunchalar

(soliqlar, davlat krediti, davlat xarajatlari)ni o‘zaro birlashtiradi.

Davlat budjeti qonun kuchiga ega bo‘lgan, qonun chiqaruvchi

organ — Parlament tomonidan qabul qilinadigan, kelgusi yil uchun

mo‘ljallangan asosiy moliyaviy rejadan iborat. Davlat budjeti o‘z

iqtisodiy-moddiy mazmuniga ko‘ra, davlatning markazlashtirilgan

pul mablag‘lari tashkil topishi va foydalanilishi shaklidan, ijtimoiy

mohiyati jihatidan esa milliy daromadni taqsimlash vositasidan iborat.

Davlat budjetida — davlat pul mablag‘lari (shu jumladan, davlat

maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari)ning markazlashtirilgan

jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushum￾lar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar

uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori

nazarda tutiladi.

Davlat budjeti mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi,

davlat va jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respub￾likasi budjet tizimi ikki bo‘g‘inli bo‘lib, respublika budjeti va mahal￾liy budjetlardan tashkil topadi. Respublika budjeti va budjetdan

tashqari davlat fondlari budjetlari respublika qonuni tarzida Oliy

Majlis tomonidan, mahalliy budjetlar esa tegishli mahalliy davlat

hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston

Respublikasi budjeti hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari

budjetlari yig‘indisidan O‘zbekiston Respublikasining konsolida￾tsiyalashgan (yig‘indi) budjeti yuzaga keladi.

Budjet tizimi amal qilishi umumiy tamoyillarga asoslanadi. Ana

shunday umumiy tamoyillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

• budjet tizimlarining yagonaligi;

• budjetlar mustaqilligi;

• turli darajadagi budjetlar daromadlari hamda xarajatlarining

o‘zaro ajratilganligi;

3. Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari tarkibi.

Javob:Davlat budjeti moliyaviy mexanizm, iqtisodiy taraqqiyotni

ta’minlash vositasi sifatida ma’lum funksiyalarni bajaradi. Bunday

funksiyalar qatoriga:

a) milliy daromadni qayta taqsimlash;

b) iqtisodiyotni davlat yo‘li bilan boshqarish va rag‘batlantirish;

d) davlat ijtimoiy siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash;

e) pul mablag‘larining markazlashgan fondlari tashkil topishi

va ulardan foydalanilishi ustidan nazorat qilish hamda tartiblash￾tirishga ko‘maklashish kabilar kiradi.

Budjet tasnifi — bu budjet daromadlari va xarajatlarini muayyan

xususiyatlariga ko‘ra guruhlashdan iborat bo‘lib, uni tuzish va ijro

etish, turli darajadagi budjet ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash,

moliyaviy manbalarni, budjet taqchilligini qoplash manbalarini

belgilash imkonini beradi. Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi

budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek, uning

taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iborat.

Budjet tasnifidan davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul

qilish hamda ijro etish maqsadida foydalaniladi va u budjet ma’lu￾motlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari

bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.

Budjet tasnifi:

• davlat budjeti daromadlarining tasnifi;

• davlat budjeti xarajatlarining funksional, tashkiliy va iqtisodiy

tasnifi;


• davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini

o‘z ichiga oladi.

Davlat budjeti daromadlarining tasnifi qonun hujjatlariga muvo￾fiq, ularning turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat

bo‘ladi. Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat Davlat budjeti daromadlari qatoriga quyidagilar kiritiladi:

• soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;

• davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi,

foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;

• meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga

o‘tgan pul mablag‘lari;

• yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el davlatla￾ridan kelgan qaytarilmagan pul tushumlari;

• rezident — yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga berilgan

budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar;

• boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.

Budjet daromad qismining umumlashtiruvchi manbayi bo‘lib,

jamiyatning milliy daromadi hisoblanadi. Budjet tizimi daromad

qismining tarkibi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan turli daraja￾dagi budjetlarga to‘lanadigan to‘lovlarda ifodalanadi. Òurli daraja￾dagi budjetlarga kelib tushadigan daromadlarning ijtimoiy-iqtisodiy

belgilari, to‘lanish tartibi va shartlari quyidagicha tasniflanishi mumkin.

Ijtimoiy-iqtisodiy belgilariga ko‘ra daromadlar:

• tashkilotlar xo‘jalik faoliyatidan olinadigan;

• tashqi iqtisodiy faoliyatdan olinuvchi;

• aksizlar;

• tashkilotlar tomonidan brokerlik va boshqa vositachilik

xizmatlaridan olinadigan;

• davlat bojlari;

4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlar va uning vazifalari. Pul muomalasi va pul muomalasi

qonunlari.

Javob:Soliqlar davlat budjetining asosiy daromad manbayi sanaladi.

Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida milliy boylikning muayyan qismining

davlat ehtiyojlari uchun jalb etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosa￾batlarni o‘zida ifodalaydi. Soliqlar jamiyatdagi mavjud taqsimotga

oid munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida bozor munosabatlariga

asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishning obyektiv iqtisodiy qonuniyat￾laridan kelib chiqadi va shu tufayli ijtimoiy-iqtisodiy xarakterga egadir.

Soliqlar ijtimoiy mazmunga ega ekanligi tufayli uning davlat

tomonidan qabul qilinadigan qonunlar bilan belgilanishi unga

yuridik ma’no-mohiyat kashf etadi. Shuning uchun yuridik ma’noda

soliqlar deganda qonun bilan belgilangan, majburiy, tekinga, haq

to‘lanmasdan hamda qaytarilmaslik sharti bilan jismoniy va yuridik

shaxslar tomonidan davlat foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar

nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, soliqlar moddiy mohiyatga ham ega bo‘lib,

davlat ehtiyojlariga ajratilayotgan aniq pul summasini o‘zida aks

ettiradi. Bu esa soliqlarning moliyaviy kategoriyasi sifatida o‘ziga

xos funksiyalarni ado etishi bilan bog‘liq namoyon bo‘ladi.

Soliqlarning funksiyalari

Fiskal (xazina to‘plash) funksiyasi. Uning yordamida davlatning

normal va bir maromda faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan

davlat pul jamg‘armalari vujudga keltiriladi. Milliy daromadning

muayyan qismini ijtimoiy zaif qatlamlar foydasiga qayta taqsimlash

imkonini beradi. Davlat iqtisodiy munosabatlarda soliqlarning fiskal

funksiyasi orqali ishtirok etadi.

Òartibga solish funksiyasi. Soliqlar vositasida davlat takror ishlab

chiqarish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazadi, uning sur’atlarini jadal￾lashtiradi yoki sekinlashtiradi, kapital jamg‘arilishini tezlashtiradi

yoki sekinlashtiradi, aholining to‘lovga qobiliyatini kengaytiradi

yoki toraytiradi, mamlakat mintaqalari taraqqiyotida muvozanatni

ta’minlaydi. Òartibga solish funksiyasi fiskal funksiya bilan bog‘liq

bo‘ladi.

Soliq mexanizmi deganda soliq solishning tashkiliy-huquqiy

me’yorlari va soliqqa tortishning boshqarish usullari yig‘indisi

nazarda tutiladi. Davlat soliq qonunchiligi orqali soliq mexanizmiga

yuridik shakl beriladi. Soliq siyosati va soliq mexanizmi soliqlarning

jamiyatdagi o‘rnini aks ettiradi.

Qayta taqsimlash funksiyasi. Jamiyat tomonidan yaratilgan

moddiy boyliklar ishlab chiqaruvchilar (tadbirkorlar va xodimlar),

davlat va jamiyat o‘rtasida qayta taqsimlanadi, ular davlat va

jamiyat taraqqiyoti maqsadlari va xalq moddiy turmush farovon￾ligining yuksaltirilishiga yo‘naltiriladi. Soliqlar vositasida davlat

iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari, mamlakat mintaqalari, kichik

va xususiy biznesning jadal rivojlanishini ta’minlaydi.

Ijtimoiy funksiya. Soliqlar va majburiy yig‘imlar tarzida to‘p￾langan moliyaviy mablag‘lar ijtimoiy vazifalar hal etilishiga, aholi

muhtoj qatlamlarining davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilini￾shiga, ijtimoiy infratuzilma faoliyati samarali tashkil etilishiga

imkon beradi.

5. Inflyatsiya va uning kelib chiqish sabablari.

Javob:Iqtisodchi olimlar iqtisodiyotni xuddi odam organizmiga

o‘xshatadilar. Pul shu organizm, ya’ni iqtisodiyotning qoni sifatida

uning hamma hujayralariga oziqa berib, hayot baxsh etib yuradi.

Iqtisodiyot sog‘lom bo‘lishi, rivojlanib borishi uchun sog‘lom,

yetarli miqdorda pul bo‘lishi zarur. Sog‘lom pul deganda, bu qadri

barqaror, keragidan ortiq ham, kam ham bo‘lmagan pul tushu￾niladi. Agar shunday bo‘lmasa, bu mamlakatda pul sog‘lom emas,

ya’ni inflatsiyaga uchragan deyiladi.

Inflatsiya deganda pulning keragidan ortiq muomalaga chiqa￾rilishi natijasida narxlarning to‘xtovsiz o‘sishi va pul qadrining

pasayib borishi tushuniladi. Inflatsiya davrida mamlakatda pul

miqdori sotiladigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan ortib ketadi.

Inflatsiyani bir qator sabablar keltirib chiqaradi:

1) iqtisodiyot subyektlarining o‘z xarajatlarini iqtisodiy imko￾niyatlariga nisbatan oshirib yuborishlari. Bu degani davlat, firma

va korxonalar, oilalar mavjud daromadlariga qarab sarf-xarajatlar

qilishlari kerak. Agar davlat xarajatlari ko‘payib kamomadni muo￾malaga qo‘shimcha pul chiqarish hisobidan qoplaydigan bo‘lsa,

bu pul tovarlar bilan ta’minlanmagan bo‘ladi va shu sababli pul

ko‘paygan holda tovar yetishmaydi va narx oshadi, natijada bozorda

narxlar o‘sib ketadi, pul qadri pasayadi;

2) ishlab chiqarishning qisqarishi. Ishlab chiqarish qisqarganda,

odatda, muomaladagi mavjud pul miqdori ko‘paymaydi, ammo

unga nisbatan mamlakatda tovarlar miqdori kamayadi, narx oshadi,

pul qadri pasayadi;

3) mamlakatga import qilingan tovarlar narxining ko‘tarilishi.

Bu mamlakat ichidagi o‘xshash va o‘rinbosar tovarlar narxini oshiradi.Inflatsiyaning ikki turi bor:

1. Òalab inflatsiyasi. Bu holat aholi qo‘lidagi pulning ko‘pli￾gidan kelib chiqadi. Natijada odamlar tovarlarni ko‘proq xarid

qilishga harakat qilishadi.

2. Òaklif inflatsiyasi. Bunda bozorlarda resurslar qimmatlashadi,

xarajatlar oshib, foyda kamayadi. Ishlab chiqaruvchilarning tovar

ishlab chiqarishni ko‘paytirishga intilishi pasayadi, qiziqmay

qo‘yadilar. Natijada tovarlar taklifi kamayadi, narxlar esa o‘sib ketadi.

Inflatsiyaning uzoq davom etishi iqtisodiyotning inqirozga

uchrashiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun inflatsiya

darajasini aniqlash zarur bo‘ladi. Inflatsiya darajasi quyidagi for￾mula bilan aniqlanadi:

1

2

100.



V

J

V



= ⋅

Inflatsiya darajasi ko‘rsatkichi (J) oldingi davrdagi narx o‘sishini

(V1

) keyingi davrdagi narx o‘sishi (V2



)ga bo‘lish yo‘li bilan to￾piladi. Agar V1

=30, V2


=120 bo‘lsa, bunda J = 25 % bo‘ladi.

Giperinflatsiya. Bu holat kuchli inflatsiya deyiladi va u chuqur

iqtisodiy inqirozlar davrida kelib chiqadi. Bu holatda inflatsiya

darajasi oyiga 50 % va undan ortiq ham bo‘lishi mumkin.

16.10. Inflatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari

Inflatsiya vaqtida pul qadrsizlanganligi uchun kishilarda qo‘r￾quv va sarosima paydo bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar xavotirlan￾ganidan ishlab chiqarishni kengaytirishdan manfaatdor bo‘lmay￾dilar, chunki ular sarflagan pullarning qaytib kelgunicha o‘z qadrini

yo‘qotib qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Bu inflatsiyaning iqtisodiy

oqibati deyilishi mumkin.

Inflatsiya sharoitida ma’lum miqdordagina qat’iy daromadga

ega bo‘lgan nafaqaxo‘rlar, stipendiya, qat’iy belgilangan ish haqi

oluvchilar turmushi yomonlashadi, ular kambag‘allashib ketadilar.

Inflatsiya davrida narxlarning oshib borishi, odamlarning pul

daromadining oshmasligi yoki narxga nisbatan sekinroq oshib

borishi odamlar tomonidan tovarlarni oldingidan kam sotib olishi

va oz iste’mol qilishiga olib keladi. Bu holat inflatsiyaning ijtimoiy

oqibati sifatida qaraladi.

Inflatsiyani bartaraf etish yo‘llari «Iqtisodiyot nazariyasi» fani

tomonidan o‘rganiladi. Inflatsiyani bartaraf etish uchun davlat

tomonidan bir qator chora-tadbirlar qo‘llaniladi:

6. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi va vazifalari.

Javob:O‘zbekiston Respublikasida ikki pog‘onali bank tizimi mavjud:

• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki — birinchi pog‘onasi;

• O‘zbekiston Respublikasidagi hissadorlik tijorat banklari —

ikkinchi pog‘ona hisoblanadi.

Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarish va bank tizimini nazorat

qilishda juda katta ahamiyatga ega. Shu sababli uning faoliyati

maxsus qonun bilan tartibga solinadi.

Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

• monetar siyosat va valutani tartibga solish sohasidagi siyosatni

shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;

• O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni samarali tashkil

etish va ta’minlash;

• O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valuta zaxiralarini,

shuningdek, hukumat zaxiralarini kelishuvga ko‘ra saqlash va

boshqarish;

• Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat budjetining kassa

ijrosini tashkil etish;

• emissiya faoliyati bilan shug‘ullanish, bu eng qadimgi va eng

muhim vazifalardan biridir;

• tijorat banklari kassa zaxiralarini joylashtirish va saqlab berish;

• rasmiy oltin, valutalarni saqlash;

• hisob-kitoblarni va pul o‘tkazish operatsiyalarini amalga oshirish;

• nazorat qilish vazifasi.

Demak, Markaziy bank mamlakat moliya-kredit tizimining

barqaror ishlashini ta’minlovchi, davlat iqtisodiy siyosatining

moliya-pul sohasi bo‘yicha mas’ul moliyaviy muassasadir.

7. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi bevosita va bilvosita usullari

Javob:Bozor iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda

banklarning roli beqiyosdir. Chunki banklarning iqtisodiyot barcha

subyektlari o‘rtasidagi vositachilik vazifasi alohida ahamiyatlidir.

Iqtisodiyot subyektlari faoliyatlari bozor munosabatlari sharoitida

tavakkalchilik va noaniqliklar darajalarining yuqoriligi bilan bog‘liq.

Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimiz banklarining muhim

vazifalaridan biri kreditda vositachilik qilishdir. Bu vazifani banklar

korxonalar fondlarining aylanishi jarayonida vaqtincha bo‘sh qol￾gan mablag‘larni taqsimlash yo‘li orqali bajaradi.

Banklarning ikkinchi muhim vazifasi — xo‘jalikda jamg‘ar￾malarni rag‘batlantirishdir. Banklar moliya bozorlarida kreditlarga

talab bilan chiqish orqali xo‘jalikda mavjud bo‘lgan jamg‘armalarni

yuqori darajada joylashtirib qolmay, balki joriy iste’molni chegara￾lash asosida mablag‘larni jamg‘arishga samarali rag‘batlar yaratadi.

Jamg‘armalarga bo‘lgan rag‘batlar tijorat banklarining izchil depozit

siyosati asosida jamlanadi. Jamg‘armalarga yuqori foizlardan

tashqari bank yana o‘z kreditorlariga bankka qo‘ygan mablag‘larni

ishonchli kafolatlash uchun xizmat qiladi. Depozitlarni sug‘urtalash

bilan birga mijozlar uchun bank faoliyati va u bera oladigan kafolatlar

haqida axborotlarga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi.

Banklarning yana bir muhim vazifasi alohida mustaqil subyekt￾lar o‘rtasidagi to‘lovlarda vositachilik qilishdir. Xalq mulkiga davlat

monopoliyasi sharoitida barcha subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar

faqat yagona davlat banki orqali amalga oshiriladi.

Fond bozorining shakllanishi munosabati bilan tijorat banklari￾ning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarida vositachilik qilish

vazifasi rivojlanib bormoqda. Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida

vositachi sifatida faoliyat yurgizadigan investitsiya institutlari sifa￾tida, investitsiya maslahatchisi, investitsiya kompaniyasi va investi￾tsiya fondi sifatida ishtirok etishi mumkin. Banklar moliyaviy bro￾ker sifatida faoliyat qilish orqali qimmatli qog‘ozlarni sotish va

sotib olishda vositachi vazifalarni bajaradi.

Investitsiya maslahatchisi sifatida bank o‘z mijozlariga qimmatli

qog‘ozlarni chiqarish va muomalada bo‘lishi yuzasidan maslahat

xizmatlarini ko‘rsatadi. Agar bank investitsiya kompaniyasi rolini

bajarsa, u holda bank qimmatli qog‘ozlar chiqarishni tashkil etish

va uchinchi shaxs foydasiga ularni joylashtirish bo‘yicha kafolatlar

1. Aholi daromadlari, ularning turlari va shakllanish manbalari.

Yuqorida keltirgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbe￾kiston aholisi bir yilning o‘zida 1,7 % ga o‘sgan. Aholining bun￾day o‘sishi ishchi kuchining mehnat bozoridagi taklifining ham

tez o‘sib borayotganligini bildiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida

ishchi kuchini taqsimlash, qayta taqsimlash va ulardan foydalanish

mehnat bozori orqali amalga oshiriladi.

Ishchi kuchlaridan foydalanish, eng avvalo, ularning ish bilan to‘la

hamda samarali band bo‘lishiga bog‘liq. Odatda, hech qaysi mamlakatda

ishchi kuchlarining mutlaq to‘liq va samarali band bo‘lishini ta’minlab

bo‘lmaydi. Chunki mamlakatdagi mehnatga layoqatli barcha kishilar,

davlat va jamoat korxonalarida ishlab chiqarishga jalb etilgan bo‘lishi

shart emas. Ish bilan to‘la bandlik umumlashgan ma’noda aytiladi.

Ularning bir qismi, ko‘pincha, o‘z oilasida bolalar tarbiyasi, shuning￾dek, xususiy korxonalar va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida mehnat

qilishi, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari

mumkin. Shuning uchun ular ish bilan band deb hisoblanadilar.

Har bir mamlakat iqtisodiyoti uchun ishsizlikning ma’lum

darajasi me’yordagi hol hisoblanadi. Chunki ayrim mehnatga

layoqatli odamlar o‘z ixtiyorlari bilan ham ishlamasliklari mumkin,

ular mulkiy yoki boshqa daromadlar hisobiga yashaydilar.

Iqtisodiy adabiyotlarda ish bilan to‘la bandlik, mehnat resurslaridan

oqilona, samarali foydalanish kabi tushunchalar qo‘llaniladi. Mehnat

resurslaridan samarali foydalanishning birinchi va muhim ko‘rsatkichi

to‘la bandlikni ta’minlashni nazarda tutadi. Bunga erishish esa, eng

avvalo, ish joylari bilan mavjud mehnat resurslarining miqdor va

sifat jihatdan muvozanatlashgan bo‘lishini ta’minlash zarur bo‘ladi.

Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish hajmini o‘stirish, yangi ish joylarini

yaratishni, ish bilan bandlikning oqilona darajada bo‘lishini hisobga

olgan holda shart-sharoitlar bilan ta’minlashni talab etadi.

Hozirgi zamon iqtisodiyoti texnik, texnologik o‘zgarishlar,

globallashuv jarayonlarining jadallashuvi va ishlab chiqarishning

intensivlashuvi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ishchi kuch￾larining o‘rniga dasturlashtirilgan boshqaruv asosiga qo‘yilgan

texnik vositalar qo‘llanilishi natijasida ishda band bo‘lgan ishchi-kuchi.

2. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari.

Davlatning ijtimoiy siyosat

Javob:O‘zbekiston aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va o‘ziga

xos tarkibiga egaligi mamlakatimizning muhim demografik

xususiyati hisoblanadi. Bu holat esa, o‘z navbatida, respublikamizda

mavjud ishchi kuchlaridan samarali foydalanish, ularning ish bilan

bandligini ta’minlash kabi juda muhim muammolardan biri

hisoblanadi. Shu munosabat bilan mamlakatimizda amalga

oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar ushbu masalani hal

etishga qaratilgan bir qator tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda

O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning Vazirlar Mahkamasida

2013-yil yakunlari va 2014-yilda mamlakatimizning ijtimoiy￾iqtisodiy rivojlantirilishi to‘g‘risidagi ma’ruzasida aytilgan so‘zlarini

keltiramiz: «Yangi ish o‘rinlari tashkil etish, bandlikni ta’minlash

va aholi daromadlarini oshirish masalalari doimo e’tiborimiz

markazida bo‘lib qolmoqda. Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi

bandligini ta’minlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilishi

natijasida 2013-yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta’minlandi.

Bu ish o‘rinlarining 60,3 % dan ortig‘i qishloq joylarida yaratildi.

Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi

tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasana￾chilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni

tashkil etildi. O‘tgan yili biz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lmish

kasb-hunar kollejlarining 500 ming nafardan ortiq bitiruvchisi ish

bilan ta’minlandi va aytish joizki, buning ahamiyatini baholashning

o‘zi qiyin. O‘z xususiy ishini ochib, biznes bilan shug‘ullanishga

qaror qilgan kollej bitiruvchilariga 140 milliard so‘mdan ziyod

imtiyozli mikrokreditlar ajratildi».

Respublikamiz Prezidentining aytganlaridan ko‘rinib turibdiki,

mamlakatimizda ishchi kuchlari bandligini ta’minlashning asosiy

yo‘llaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish



bilan bog‘liq. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bir turi hisoblanadi.
Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling