O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish konsepsiyasida yoritilgan eng muhim muammolardan biri, bu mamlakatning boy mineral-xomashyo resurslaridan rasional va kompleks foydalanishdir


Download 0.57 Mb.
bet1/12
Sana13.09.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1677145
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Cho’yan ishlab chiqarish




KIRISH


O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish konsepsiyasida yoritilgan eng muhim muammolardan biri, bu mamlakatning boy mineral-xomashyo resurslaridan rasional va kompleks foydalanishdir.
O’zbekiston metallurgiya sanoatining asosiy va muhim yo’nalishlaridan biri, bu respublika hudidida joylashgan yirik metall saqlovchi konlarni qazib olish va ishlab chiqarishga jalb etishdir va shunga respublikamizda barcha imkoniyatlar mavjud.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida O’zbekistondagi konchilik sanoatiga alohida to’xtalib o’tgan. Tabiiy xom ashyo resurslari haqida so’z yuritilar ekan, Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’ida joylashgan O’zbekiston o’z taraqqiyot istiqbollari jixatidan qulay jo’g’rofiy-strategik mavqega ega ekanligi ta’kidlab o’tiladi.
Yuqorida qayd etilgan asarga murojaat qilib, ushbu satrlarni keltirsak: «O’zbekiston o’z er osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi" — bu erda mashhur D. I. Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga kadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali kazilma konlari va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan.
Bir qator foydali qazilmalar (metallar) bo’yicha O’zbekiston tasdiklangan zaxiralar va istikbolli rudalar jixatdan MDH dagina emas, balki butun dunyoda ham etakchi o’rinlardan birini egallaydi.
Shunindek 2009 yilda Respublikamizda qabul qilingan Inqirozga qarshi dasturi doyirasida, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish choralarni amalga oshirilishi ko’zda tutiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xozirgi paytda metallurgiya sanoatida yangi zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish dastgohlarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha keng maromli ishlar olib borilmoqda. Aytilgan ishlarni amalga oshirish uchun yuqori malakali, yaxshi bilimga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash zarurdir.
Ma’lumki respublikamiz o’quv ta’limidagi o’tqazilayotgan islohatlar o’rtaumum, o’rta-mahsus va oliy ta’lim sohasidagi fanlar tarkibidagi ko’plab o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Tizimning har pog’onalarida o’zgarishlar bo’lib, alohida o’rta va o’rta-mahsus o’quv yurtiga etibor oshib bormoqda. Bu pog’onada tayyorlanadigan mutaxassislarga ishlab chiqarishda talab juda katta. O’zbekiston Respublikasida kasbiy ta’lim shunday darajaga etishi kerakki, bunday ta’lim mamalakatimizda va xorijda fan, texnika va texnologiya, hamda iqtisodiyot sohalarida bo’lajak taraqqiyotni hisobga olgan holda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlay oladigan bo’lishi lozim.
“Rangli va qora metallarni ishlab chiqarish” fani metallurg mutaxassilarni tayyorlashda asosiy o’rinda turadi va fanning asosiy maqsadi va vazifasi texnikada va xayotitmizda ishlatiladigan metallarni qay usullarda ishlab chiqarishini o’rgatishdir.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling