O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish konsepsiyasida yoritilgan eng muhim muammolardan biri, bu mamlakatning boy mineral-xomashyo resurslaridan rasional va kompleks foydalanishdir
Download 0.57 Mb.
|
Cho’yan ishlab chiqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyma cho’yanlar.
- Maxsus cho’yanlar.
1.Qayta ishlanadigan cho’yanlar. Bu cho’yanlarda uglerodning hammasi yoki ko’proq qismi temir bilan kimyoviy birikma temir karbidi (Fe3C) holida qolgani grafit tarzida bo’ladi, shuning uchun ham bu cho’yanlar juda qattiq va mo’rtdir. Sanoatda bu cho’yanlardan po’lat olinganligi sababli ular qayta ishlanadigan cho’yanlar deyiladi. Bu cho’yanlarning siniq yuzalari oq tusda bo’lganligidan oq cho’yanlar deb ham ataladi.
Domna pechlarida ishlab chiqariladigan cho’yanlarning 70 - 80% ni qayta ishlanadigan cho’yanlar tashkil qiladi. Quyma cho’yanlar. Bu cho’yanlarda uglerodning ko’p qismi erkin holda, ya'ni grafit tarzida bo’ladi. Bu cho’yanlarni siniq yuzalari kulrang tusda bo’lganligi uchun kulrang cho’yanlar deb ham ataladi. Ularning oquvchanligining yuqoriligi qotganda hajmining kam kirishishi, suyuqlanish temperaturasining nisbatan pastligi, oson kesib ishlanishi boshqa cho’yanlarga nisbatan afzalligidir. Shuning uchun ham bu cho’yanlardan turli murakkab shaklli quymalar olishda keng foydalaniladi. Ular ko’pincha, quymakorlik cho’yanlari deb ham ataladi. Domna pechlarida olinayotgan cho’yanlarning 10 - 12% ni cho’yanlar tashkil qiladi. Quymakorlik cho’yanlarining GOST 4832 - 80 ga ko’ra LK1 - LK7 markali bo’ladi. Ular tarkibidagi oltingugurt miqdoriga ko’ra besh kategoriyaga, fosfor miqdoriga ko’ra A, B, V, G va D sinflarga va marganes miqdoriga ko’ra uch guruhga ajratiladi. Maxsus cho’yanlar. Bu cho’yanlar tarkibida doimiy mavjud elementlardan Si, Mn ning miqdori odatdagi cho’yanlarga, ferromarganeslarga ajratiladi. Yaltiroq cho’yanlarning siniq yuzalari oynadek yaltirab turganligi uchun ular yaltiroq cho’yanlar deyiladi. Bu cho’yanlarning tarkibida 10 - 25% Mn va 2% Si bo’ladi. Ularning 3CH1, 3CH2, 3CH3 markalari bor. Ferromarganeslar tarkibida 70 - 75% Mn va 2,5% gacha Si bo’ladi. Ferrosilitsiylar tarkibida kremniy 19 - 92% bo’lib, qolgan qismi Al, Mn, Cr, C, S, P dan iborat. Mahsus cho’yanlar olinayotgan cho’yanlarning 1 - 2% nigina tashkil etadi. Mahsus cho’yanlardan po’latlar olishda, temir oksidlaridan temirni qaytarishda qaytaruvchilar yoki legirlovchi elementlar sifatida foydalaniladi. Cho’yanlarning yuqorida qayd etilgan asosiy hillaridan tashqari legirlangan cho’yanlar deb ataladigan mahsus xossali hili ham bo’ladi. Bunday cho’yanlar tarkibiga doimiy mavjud elementlar (C, Si, Mn, P va S) dan tashqari ma'lum miqdorda legirlovchi elementlar (Cr, Ni, Cu, W, Ti, Mo) kiritiladi. Natijada mexanik xossalari, korroziya bardoshligi yahshilanadi. GOST 1585 - 79 ga ko’ra bu hil cho’yanlarga CHX9N5,CHX18D3, ACHC -1, ACHV - 1 markali antifriksion cho’yanlar misol bo’ladi. Shuni qayd etish kerakki, cho’yanlarning asosiy strukturasidan tashqari tarkibidagi grafitning qanday shaklda bo’lishiga qarab ular juda puxta va bog’lanuvchan cho’yanlarga ham ajratiladi. Juda puxta cho’yanlarni kulrang cho’yanlardan olish uchun suyuq holatdagi cho’yanga bir oz miqdorda Mg, Se yoki boshqa elementlar qo’shiladi. Bog’lanuvchan cho’yanlar olish uchun esa oq cho’yan quymalari mahsus rejimda yumshatiladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling