Javob: Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriya bo‘lib, boshqa
Download 73.5 Kb.
|
1. Moliyaning m-WPS Office
1. Moliyaning mazmuni va ahamiyatii. Moliya tizimi va uning bо‘g‘inlari. Javob:Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriya bo‘lib, boshqa iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, narx, tannarx, qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi muayyan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar, ya’ni mehnat mezoni, iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, milliy daromadni taqsimlash va qaytadan taqsimlash kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida moliya kategoriyasining ahamiyati kuchaya borib, ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqarishning asosiy mexanizmiga aylanadi. Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar va pul munosabatlarining amal qilishi bilan bog‘liq. Moliya munosabatlarining rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining iqtisodiy jihatdan alohidaligi, tashkiliy-huquqiy jihatdan mustaqilligi kabi masalalar bilan bog‘liq. Lekin moliya iqtisodiy kategoriya sifatida pul-moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o‘z ichiga to‘la qamrab ololmaydi. Moliya jamiyatda pul resurslari (fondlari)ni hosil qilish, taqsimlash va foydalanish-ishlatish yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o‘zida ifodalaydi. Chunki har qanday iqtisodiy faoliyat mablag‘, pul talab qiladi. Ishlab chiqarish mahsuloti va xizmatlar, odatda, taqsimlanganda yoki sotilganda qiymat shaklida namoyon bo‘ladi. Natijada dastlab turli maqsadlarga mo‘ljallangan pul resurslari hosil bo‘ladi, ular tovarlarga ayirboshlanib, shundan so‘ng iste’mol qilinadi. «Moliya» so‘zi lotincha «finis» so‘zidan olingan bo‘lib, «tugadi», «oxirgi», «finish», «yakunlash» kabi ma’nolarni bildiradi. Òarixan bu so‘z xalq bilan davlat o‘rtasidagi pul to‘lovlarining tugallanganligini, hisob-kitoblarning oxiriga yetkazilganini bildiruvchi tushuncha sifatida kelib chiqqan. Davlatga o‘z badallarini, o‘z daromadlaridan davlat hissasini bergan shaxslar «finis» degan hujjat olishgan. Keyinchalik bu so‘z Yevropa mamlakatlarida «financia» — davlat daromadlari hamda xarajatlarining umumiy ma’nosini anglatadigan. 2. Davlat byudjeti va uning moliyaviy resurslarni shakllantirishdagi ahamiyati. Javob:Har qanday davlat o‘z oldidagi vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishi, funksiyalarining samarali bajarilishi uchun moddiy-moliyaviy negizga, zaminga ega bo‘lishi kerak. Ushbu mablag‘larning maqsadlarini ko‘zda tutuvchi huquqiy hujjat — davlat budjetidir. Inglizcha budget atamasi pul solingan chemodan, qop ma’nosini anglatadi va davlat ehtiyojlari uchun zarur mablag‘larni ifodalaydi. Davlat budjeti — davlat moliyaviy tizimidagi asosiy bo‘g‘in, yetakchi moliyaviy kategoriyadir. Budjet orqali moliyaviy resurslar safarbar etiladi va sarf-xarajat qilinadi hamda u asosiy moliyaviy tushunchalar (soliqlar, davlat krediti, davlat xarajatlari)ni o‘zaro birlashtiradi. Davlat budjeti qonun kuchiga ega bo‘lgan, qonun chiqaruvchi organ — Parlament tomonidan qabul qilinadigan, kelgusi yil uchun mo‘ljallangan asosiy moliyaviy rejadan iborat. Davlat budjeti o‘z iqtisodiy-moddiy mazmuniga ko‘ra, davlatning markazlashtirilgan pul mablag‘lari tashkil topishi va foydalanilishi shaklidan, ijtimoiy mohiyati jihatidan esa milliy daromadni taqsimlash vositasidan iborat. Davlat budjetida — davlat pul mablag‘lari (shu jumladan, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari)ning markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Davlat budjeti mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi, davlat va jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi ikki bo‘g‘inli bo‘lib, respublika budjeti va mahalliy budjetlardan tashkil topadi. Respublika budjeti va budjetdan tashqari davlat fondlari budjetlari respublika qonuni tarzida Oliy Majlis tomonidan, mahalliy budjetlar esa tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi budjeti hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari budjetlari yig‘indisidan O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan (yig‘indi) budjeti yuzaga keladi. Budjet tizimi amal qilishi umumiy tamoyillarga asoslanadi. Ana shunday umumiy tamoyillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: • budjet tizimlarining yagonaligi; • budjetlar mustaqilligi; • turli darajadagi budjetlar daromadlari hamda xarajatlarining o‘zaro ajratilganligi; 3. Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari tarkibi. Javob:Davlat budjeti moliyaviy mexanizm, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash vositasi sifatida ma’lum funksiyalarni bajaradi. Bunday funksiyalar qatoriga: a) milliy daromadni qayta taqsimlash; b) iqtisodiyotni davlat yo‘li bilan boshqarish va rag‘batlantirish; d) davlat ijtimoiy siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash; e) pul mablag‘larining markazlashgan fondlari tashkil topishi va ulardan foydalanilishi ustidan nazorat qilish hamda tartiblashtirishga ko‘maklashish kabilar kiradi. Budjet tasnifi — bu budjet daromadlari va xarajatlarini muayyan xususiyatlariga ko‘ra guruhlashdan iborat bo‘lib, uni tuzish va ijro etish, turli darajadagi budjet ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash, moliyaviy manbalarni, budjet taqchilligini qoplash manbalarini belgilash imkonini beradi. Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek, uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iborat. Budjet tasnifidan davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida foydalaniladi va u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi. Budjet tasnifi: • davlat budjeti daromadlarining tasnifi; • davlat budjeti xarajatlarining funksional, tashkiliy va iqtisodiy tasnifi;
• davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti daromadlarining tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq, ularning turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi. Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat Davlat budjeti daromadlari qatoriga quyidagilar kiritiladi: • soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar; • davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; • meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; • yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmagan pul tushumlari; • rezident — yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar; • boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi. Budjet daromad qismining umumlashtiruvchi manbayi bo‘lib, jamiyatning milliy daromadi hisoblanadi. Budjet tizimi daromad qismining tarkibi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan turli darajadagi budjetlarga to‘lanadigan to‘lovlarda ifodalanadi. Òurli darajadagi budjetlarga kelib tushadigan daromadlarning ijtimoiy-iqtisodiy belgilari, to‘lanish tartibi va shartlari quyidagicha tasniflanishi mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy belgilariga ko‘ra daromadlar: • tashkilotlar xo‘jalik faoliyatidan olinadigan; • tashqi iqtisodiy faoliyatdan olinuvchi; • aksizlar; • tashkilotlar tomonidan brokerlik va boshqa vositachilik xizmatlaridan olinadigan; • davlat bojlari; 4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlar va uning vazifalari. Pul muomalasi va pul muomalasi qonunlari. Javob:Soliqlar davlat budjetining asosiy daromad manbayi sanaladi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida milliy boylikning muayyan qismining davlat ehtiyojlari uchun jalb etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni o‘zida ifodalaydi. Soliqlar jamiyatdagi mavjud taqsimotga oid munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida bozor munosabatlariga asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishning obyektiv iqtisodiy qonuniyatlaridan kelib chiqadi va shu tufayli ijtimoiy-iqtisodiy xarakterga egadir. Soliqlar ijtimoiy mazmunga ega ekanligi tufayli uning davlat tomonidan qabul qilinadigan qonunlar bilan belgilanishi unga yuridik ma’no-mohiyat kashf etadi. Shuning uchun yuridik ma’noda soliqlar deganda qonun bilan belgilangan, majburiy, tekinga, haq to‘lanmasdan hamda qaytarilmaslik sharti bilan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar nazarda tutiladi. Bundan tashqari, soliqlar moddiy mohiyatga ham ega bo‘lib, davlat ehtiyojlariga ajratilayotgan aniq pul summasini o‘zida aks ettiradi. Bu esa soliqlarning moliyaviy kategoriyasi sifatida o‘ziga xos funksiyalarni ado etishi bilan bog‘liq namoyon bo‘ladi. Soliqlarning funksiyalari Fiskal (xazina to‘plash) funksiyasi. Uning yordamida davlatning normal va bir maromda faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan davlat pul jamg‘armalari vujudga keltiriladi. Milliy daromadning muayyan qismini ijtimoiy zaif qatlamlar foydasiga qayta taqsimlash imkonini beradi. Davlat iqtisodiy munosabatlarda soliqlarning fiskal funksiyasi orqali ishtirok etadi. Òartibga solish funksiyasi. Soliqlar vositasida davlat takror ishlab chiqarish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazadi, uning sur’atlarini jadallashtiradi yoki sekinlashtiradi, kapital jamg‘arilishini tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi, aholining to‘lovga qobiliyatini kengaytiradi yoki toraytiradi, mamlakat mintaqalari taraqqiyotida muvozanatni ta’minlaydi. Òartibga solish funksiyasi fiskal funksiya bilan bog‘liq bo‘ladi. Soliq mexanizmi deganda soliq solishning tashkiliy-huquqiy me’yorlari va soliqqa tortishning boshqarish usullari yig‘indisi nazarda tutiladi. Davlat soliq qonunchiligi orqali soliq mexanizmiga yuridik shakl beriladi. Soliq siyosati va soliq mexanizmi soliqlarning jamiyatdagi o‘rnini aks ettiradi. Qayta taqsimlash funksiyasi. Jamiyat tomonidan yaratilgan moddiy boyliklar ishlab chiqaruvchilar (tadbirkorlar va xodimlar), davlat va jamiyat o‘rtasida qayta taqsimlanadi, ular davlat va jamiyat taraqqiyoti maqsadlari va xalq moddiy turmush farovonligining yuksaltirilishiga yo‘naltiriladi. Soliqlar vositasida davlat iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari, mamlakat mintaqalari, kichik va xususiy biznesning jadal rivojlanishini ta’minlaydi. Ijtimoiy funksiya. Soliqlar va majburiy yig‘imlar tarzida to‘plangan moliyaviy mablag‘lar ijtimoiy vazifalar hal etilishiga, aholi muhtoj qatlamlarining davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilinishiga, ijtimoiy infratuzilma faoliyati samarali tashkil etilishiga imkon beradi. 5. Inflyatsiya va uning kelib chiqish sabablari. Javob:Iqtisodchi olimlar iqtisodiyotni xuddi odam organizmiga o‘xshatadilar. Pul shu organizm, ya’ni iqtisodiyotning qoni sifatida uning hamma hujayralariga oziqa berib, hayot baxsh etib yuradi. Iqtisodiyot sog‘lom bo‘lishi, rivojlanib borishi uchun sog‘lom, yetarli miqdorda pul bo‘lishi zarur. Sog‘lom pul deganda, bu qadri barqaror, keragidan ortiq ham, kam ham bo‘lmagan pul tushuniladi. Agar shunday bo‘lmasa, bu mamlakatda pul sog‘lom emas, ya’ni inflatsiyaga uchragan deyiladi. Inflatsiya deganda pulning keragidan ortiq muomalaga chiqarilishi natijasida narxlarning to‘xtovsiz o‘sishi va pul qadrining pasayib borishi tushuniladi. Inflatsiya davrida mamlakatda pul miqdori sotiladigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan ortib ketadi. Inflatsiyani bir qator sabablar keltirib chiqaradi: 1) iqtisodiyot subyektlarining o‘z xarajatlarini iqtisodiy imkoniyatlariga nisbatan oshirib yuborishlari. Bu degani davlat, firma va korxonalar, oilalar mavjud daromadlariga qarab sarf-xarajatlar qilishlari kerak. Agar davlat xarajatlari ko‘payib kamomadni muomalaga qo‘shimcha pul chiqarish hisobidan qoplaydigan bo‘lsa, bu pul tovarlar bilan ta’minlanmagan bo‘ladi va shu sababli pul ko‘paygan holda tovar yetishmaydi va narx oshadi, natijada bozorda narxlar o‘sib ketadi, pul qadri pasayadi; 2) ishlab chiqarishning qisqarishi. Ishlab chiqarish qisqarganda, odatda, muomaladagi mavjud pul miqdori ko‘paymaydi, ammo unga nisbatan mamlakatda tovarlar miqdori kamayadi, narx oshadi, pul qadri pasayadi; 3) mamlakatga import qilingan tovarlar narxining ko‘tarilishi. Bu mamlakat ichidagi o‘xshash va o‘rinbosar tovarlar narxini oshiradi.Inflatsiyaning ikki turi bor: 1. Òalab inflatsiyasi. Bu holat aholi qo‘lidagi pulning ko‘pligidan kelib chiqadi. Natijada odamlar tovarlarni ko‘proq xarid qilishga harakat qilishadi. 2. Òaklif inflatsiyasi. Bunda bozorlarda resurslar qimmatlashadi, xarajatlar oshib, foyda kamayadi. Ishlab chiqaruvchilarning tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga intilishi pasayadi, qiziqmay qo‘yadilar. Natijada tovarlar taklifi kamayadi, narxlar esa o‘sib ketadi. Inflatsiyaning uzoq davom etishi iqtisodiyotning inqirozga uchrashiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun inflatsiya darajasini aniqlash zarur bo‘ladi. Inflatsiya darajasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: 1 2
V J V = ⋅ Inflatsiya darajasi ko‘rsatkichi (J) oldingi davrdagi narx o‘sishini (V1 ) keyingi davrdagi narx o‘sishi (V2 )ga bo‘lish yo‘li bilan topiladi. Agar V1 =30, V2
=120 bo‘lsa, bunda J = 25 % bo‘ladi. Giperinflatsiya. Bu holat kuchli inflatsiya deyiladi va u chuqur iqtisodiy inqirozlar davrida kelib chiqadi. Bu holatda inflatsiya darajasi oyiga 50 % va undan ortiq ham bo‘lishi mumkin. 16.10. Inflatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari Inflatsiya vaqtida pul qadrsizlanganligi uchun kishilarda qo‘rquv va sarosima paydo bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar xavotirlanganidan ishlab chiqarishni kengaytirishdan manfaatdor bo‘lmaydilar, chunki ular sarflagan pullarning qaytib kelgunicha o‘z qadrini yo‘qotib qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Bu inflatsiyaning iqtisodiy oqibati deyilishi mumkin. Inflatsiya sharoitida ma’lum miqdordagina qat’iy daromadga ega bo‘lgan nafaqaxo‘rlar, stipendiya, qat’iy belgilangan ish haqi oluvchilar turmushi yomonlashadi, ular kambag‘allashib ketadilar. Inflatsiya davrida narxlarning oshib borishi, odamlarning pul daromadining oshmasligi yoki narxga nisbatan sekinroq oshib borishi odamlar tomonidan tovarlarni oldingidan kam sotib olishi va oz iste’mol qilishiga olib keladi. Bu holat inflatsiyaning ijtimoiy oqibati sifatida qaraladi. Inflatsiyani bartaraf etish yo‘llari «Iqtisodiyot nazariyasi» fani tomonidan o‘rganiladi. Inflatsiyani bartaraf etish uchun davlat tomonidan bir qator chora-tadbirlar qo‘llaniladi: 6. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi va vazifalari. Javob:O‘zbekiston Respublikasida ikki pog‘onali bank tizimi mavjud: • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki — birinchi pog‘onasi; • O‘zbekiston Respublikasidagi hissadorlik tijorat banklari — ikkinchi pog‘ona hisoblanadi. Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarish va bank tizimini nazorat qilishda juda katta ahamiyatga ega. Shu sababli uning faoliyati maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • monetar siyosat va valutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish; • O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni samarali tashkil etish va ta’minlash; • O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valuta zaxiralarini, shuningdek, hukumat zaxiralarini kelishuvga ko‘ra saqlash va boshqarish; • Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat budjetining kassa ijrosini tashkil etish; • emissiya faoliyati bilan shug‘ullanish, bu eng qadimgi va eng muhim vazifalardan biridir; • tijorat banklari kassa zaxiralarini joylashtirish va saqlab berish; • rasmiy oltin, valutalarni saqlash; • hisob-kitoblarni va pul o‘tkazish operatsiyalarini amalga oshirish; • nazorat qilish vazifasi. Demak, Markaziy bank mamlakat moliya-kredit tizimining barqaror ishlashini ta’minlovchi, davlat iqtisodiy siyosatining moliya-pul sohasi bo‘yicha mas’ul moliyaviy muassasadir. 7. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi bevosita va bilvosita usullari Javob:Bozor iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda banklarning roli beqiyosdir. Chunki banklarning iqtisodiyot barcha subyektlari o‘rtasidagi vositachilik vazifasi alohida ahamiyatlidir. Iqtisodiyot subyektlari faoliyatlari bozor munosabatlari sharoitida tavakkalchilik va noaniqliklar darajalarining yuqoriligi bilan bog‘liq. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimiz banklarining muhim vazifalaridan biri kreditda vositachilik qilishdir. Bu vazifani banklar korxonalar fondlarining aylanishi jarayonida vaqtincha bo‘sh qolgan mablag‘larni taqsimlash yo‘li orqali bajaradi. Banklarning ikkinchi muhim vazifasi — xo‘jalikda jamg‘armalarni rag‘batlantirishdir. Banklar moliya bozorlarida kreditlarga talab bilan chiqish orqali xo‘jalikda mavjud bo‘lgan jamg‘armalarni yuqori darajada joylashtirib qolmay, balki joriy iste’molni chegaralash asosida mablag‘larni jamg‘arishga samarali rag‘batlar yaratadi. Jamg‘armalarga bo‘lgan rag‘batlar tijorat banklarining izchil depozit siyosati asosida jamlanadi. Jamg‘armalarga yuqori foizlardan tashqari bank yana o‘z kreditorlariga bankka qo‘ygan mablag‘larni ishonchli kafolatlash uchun xizmat qiladi. Depozitlarni sug‘urtalash bilan birga mijozlar uchun bank faoliyati va u bera oladigan kafolatlar haqida axborotlarga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarning yana bir muhim vazifasi alohida mustaqil subyektlar o‘rtasidagi to‘lovlarda vositachilik qilishdir. Xalq mulkiga davlat monopoliyasi sharoitida barcha subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar faqat yagona davlat banki orqali amalga oshiriladi. Fond bozorining shakllanishi munosabati bilan tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarida vositachilik qilish vazifasi rivojlanib bormoqda. Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida vositachi sifatida faoliyat yurgizadigan investitsiya institutlari sifatida, investitsiya maslahatchisi, investitsiya kompaniyasi va investitsiya fondi sifatida ishtirok etishi mumkin. Banklar moliyaviy broker sifatida faoliyat qilish orqali qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olishda vositachi vazifalarni bajaradi. Investitsiya maslahatchisi sifatida bank o‘z mijozlariga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va muomalada bo‘lishi yuzasidan maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi. Agar bank investitsiya kompaniyasi rolini bajarsa, u holda bank qimmatli qog‘ozlar chiqarishni tashkil etish va uchinchi shaxs foydasiga ularni joylashtirish bo‘yicha kafolatlar 1. Aholi daromadlari, ularning turlari va shakllanish manbalari. Yuqorida keltirgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston aholisi bir yilning o‘zida 1,7 % ga o‘sgan. Aholining bunday o‘sishi ishchi kuchining mehnat bozoridagi taklifining ham tez o‘sib borayotganligini bildiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchini taqsimlash, qayta taqsimlash va ulardan foydalanish mehnat bozori orqali amalga oshiriladi. Ishchi kuchlaridan foydalanish, eng avvalo, ularning ish bilan to‘la hamda samarali band bo‘lishiga bog‘liq. Odatda, hech qaysi mamlakatda ishchi kuchlarining mutlaq to‘liq va samarali band bo‘lishini ta’minlab bo‘lmaydi. Chunki mamlakatdagi mehnatga layoqatli barcha kishilar, davlat va jamoat korxonalarida ishlab chiqarishga jalb etilgan bo‘lishi shart emas. Ish bilan to‘la bandlik umumlashgan ma’noda aytiladi. Ularning bir qismi, ko‘pincha, o‘z oilasida bolalar tarbiyasi, shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida mehnat qilishi, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin. Shuning uchun ular ish bilan band deb hisoblanadilar. Har bir mamlakat iqtisodiyoti uchun ishsizlikning ma’lum darajasi me’yordagi hol hisoblanadi. Chunki ayrim mehnatga layoqatli odamlar o‘z ixtiyorlari bilan ham ishlamasliklari mumkin, ular mulkiy yoki boshqa daromadlar hisobiga yashaydilar. Iqtisodiy adabiyotlarda ish bilan to‘la bandlik, mehnat resurslaridan oqilona, samarali foydalanish kabi tushunchalar qo‘llaniladi. Mehnat resurslaridan samarali foydalanishning birinchi va muhim ko‘rsatkichi to‘la bandlikni ta’minlashni nazarda tutadi. Bunga erishish esa, eng avvalo, ish joylari bilan mavjud mehnat resurslarining miqdor va sifat jihatdan muvozanatlashgan bo‘lishini ta’minlash zarur bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish hajmini o‘stirish, yangi ish joylarini yaratishni, ish bilan bandlikning oqilona darajada bo‘lishini hisobga olgan holda shart-sharoitlar bilan ta’minlashni talab etadi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti texnik, texnologik o‘zgarishlar, globallashuv jarayonlarining jadallashuvi va ishlab chiqarishning intensivlashuvi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ishchi kuchlarining o‘rniga dasturlashtirilgan boshqaruv asosiga qo‘yilgan texnik vositalar qo‘llanilishi natijasida ishda band bo‘lgan ishchi-kuchi. 2. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari. Davlatning ijtimoiy siyosat Javob:O‘zbekiston aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va o‘ziga xos tarkibiga egaligi mamlakatimizning muhim demografik xususiyati hisoblanadi. Bu holat esa, o‘z navbatida, respublikamizda mavjud ishchi kuchlaridan samarali foydalanish, ularning ish bilan bandligini ta’minlash kabi juda muhim muammolardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar ushbu masalani hal etishga qaratilgan bir qator tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning Vazirlar Mahkamasida 2013-yil yakunlari va 2014-yilda mamlakatimizning ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirilishi to‘g‘risidagi ma’ruzasida aytilgan so‘zlarini keltiramiz: «Yangi ish o‘rinlari tashkil etish, bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib qolmoqda. Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2013-yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Bu ish o‘rinlarining 60,3 % dan ortig‘i qishloq joylarida yaratildi. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi. O‘tgan yili biz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lmish kasb-hunar kollejlarining 500 ming nafardan ortiq bitiruvchisi ish bilan ta’minlandi va aytish joizki, buning ahamiyatini baholashning o‘zi qiyin. O‘z xususiy ishini ochib, biznes bilan shug‘ullanishga qaror qilgan kollej bitiruvchilariga 140 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli mikrokreditlar ajratildi». Respublikamiz Prezidentining aytganlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda ishchi kuchlari bandligini ta’minlashning asosiy yo‘llaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bir turi hisoblanadi. Download 73.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling