Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan
Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan
Download 312.95 Kb.
|
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)
Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, davlat belgilari xususida huquqshunos olimlarning fikr va mulohazalari, yondoshuvlari turli-tumanligi fanni boyitishga va bu sohadagi bilimlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Zero, fandagi ilmiy yangiliklar o‘zaro ilmiy bahs va muno-zaralar natijasida shakllanadi.
Davlatning asosiy belgilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: • Aholining hududiy asosga ko‘ra birlashganligi. Hozirgi zamon yuridik fanida davlat hududi deganda, muayyan davlatning suvereniteti tadbiq etiladigan doira nazarda tutiladi. Davlat hududi o‘z ichiga quruqlik, suv, er osti va havo makonlarini qamrab oladi. • Maxsus boshqaruv va majburlov apparatining mavjudligi. Davlat o‘z oldiga qo‘ygan vazifa va funksiyalarini amalga oshirish hamda jamiyat ustidan boshqaruvni tashkil etish uchun murakkab mexanizm (apparat)ga ega bo‘ladi. Maxsus tarzda tashkil etilgan ushbu davlat mexanizmining samarali faoliyat yuritishi uchun alohida kishilar guruhi, ya’ni, davlat xizmatchilari bo‘lishi taqozo etiladi. Ushbu shaxslarning asosiy vazifasi jamiyat ustidan boshqaruvni amalga oshirish hisoblanadi. Jamiyat siyosiy tizimining boshqa tuzilmalaridan farqli o‘laroq, faqat davlatgina qonun chiqaruvchi hokimiyat, vazirlar mahkamasi, sud, prokuratura, qurolli kuchlar, ichki ishlar kabi organ va tuzilmalarga ega bo‘ladi. • Huquq tizimining mavjudligi. Huquqsiz davlat mavjud bo‘la olmaydi. Huquq davlat hokimiyatini yuridik jihatdan rasmiylashtiradi va shu bilan ularni legitim, ya’ni qo¬nuniy qilib qo‘yadi. Davlat o‘z funksiyalarini huquqiy shakllarda amalga oshiradi. Huquq davlat va davlat hokimiyati faoliyatini qonuniylik doirasiga olib kiradi, ularni aniq huquqiy tartibga bo‘ysundiradi. • Soliq tizimiga egaligi. Faqat davlatgina aholidan rasmiy tartibda soliq yig‘ish huquqiga ega. Davlat hududida yashayotgan barcha shaxslar davlat xazinasiga, ya’ni byudjetiga majburiy tartibda qonunchilikda belgilangan soliqlarni to‘lab boradilar. • Suverenitetga egaligi. Davlat hokimiyatining xususiyati (atributi) sifatida suverenitet uning ustuvorligi, mustaqil-ligidan iborat. YA’ni, davlat suvereniteti – ma’lum bir hududda oliy hokimiyatga egalik; davlatning ichki va tashqi siyosatdagi to‘la mustaqilligidir. 7. Davlat hokimiyati vakolatlarining taqsimlanishi (mohiyati) – bu uchala hokimiyatning muvozanatini, tengligini hamda ularning o‘zaro bir-birini tiyib turishini va qarama-qarshi ta’sir etishini ta’minlovchi tizimdir. Ayni paytda ushbu organlar vakolatlari shundayki, ular bir-biridan xoli harakat qila olmaydi va davlat hokimiyati uch mustaqil tarmoq kooperatsiyasi jarayonida amalga oshiriladi. Hokimiyatlar bo‘linish prinsipining mazmunini atroflicha muhokama qiling hamda o‘zaro bir-birini tiyib turishini va qarama-qarshi ta’sir etishi tizimini tushuntiring. Download 312.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling