Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Download 312.95 Kb.
bet1/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)




























1. Huquq normasi davlat tomonidan o‘rnatiladigan, ma’qullanadigan, muhofazalanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy yurish-turish (xulq-atvor) qoidasi bo‘lib, huquq mazmunining boshlang‘ich nuq­tasi hisoblanadi.


Huquq normasi haqida gap borganda, ayrim huquqni qo‘llovchi shaxslar uni normativ-huquqiy hujjat bilan teng tushuncha deb hisoblashsa, boshqalari ushbu tushunchalar turli mazmun va ahamiyat kab etishini ta’kidlaydilar.
Huquq normasini atroflicha muhokama qilib, masalaga huquqiy baho bering.
Javob:O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan, «Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi». Bu huquqiy normada fuqarolarning muhim konstitutsiyaviy huquqi bo‘lmish sudga himoya so‘rab murojaat qilishga oid qoida mustahkamlagan.Huquq normasining mohiyatini teran anglash uchun uning etimologiyasiga e’tibor qaratish lozim. «Norma» so‘zi «qoida», «aniq ko‘rsatma», «namuna», «o‘lchov» ma’nolarini anglatadi. Darhaqiqat, har bir norma o‘zida biron-bir xatti-harakat, xulq-atvor qoidasini, muayyan yurish-turish modelini ifodalaydi.
Normativ-huquqiy hujjat – qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
Normativ-huquqiy hujjatlar o‘zining quyidagi uch xususiyati bilan ijtimoiy normalarning boshqa turlaridan ajralib turadi: 1) normativ-huquqiy hujjatlar vakolatli davlat organlari tomonidan yaratilib, barcha uchun umumiy majburiy qoidalarni o‘rnatadi, o‘zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi; 2) ularda huquqiy qoidaning mazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining xuquq va burchlari ifoda etiladi; 3) normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan takdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi, qoida bo‘yicha, davlatning majburlov kuchi ishga solinadi.

2. Amaliyotda teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, ya’ni qonunlar, vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idoralarningqaror va buyruqlari o‘rtasida ham tafovut vujudga kelib turadi.


Masalani atroflicha tahlil qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling