Javob: Qarg’aning o’zi uchib ketishini kutish


Download 27.43 Kb.
bet2/2
Sana22.12.2022
Hajmi27.43 Kb.
#1041818
1   2
Bog'liq
33- мактаб 50 mantiqiy savol javoblari bilan

milliarder bo’lgan.

14 savol: Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?


Javob: Yomg’ir yog’mayotgan bo’lsa

15 savol: Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas.


Javob: Sigir burchakdan boshining yarimini chiqarib poylamoqd

16 savol: Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.


Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
Javob: Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi

17 savol: Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.


Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?
Javob: Musiqa.

18 savol: Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?


Javob: Choyni qo’l bilan emas, balki qoshiqcha bilan aralashtirish maqsadga muvofiq.

19 savol: U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?


Javpb: Sizning ismingiz.
20 savol: Kim o’tirgan holda yuradi?
Javob: Shaxmatchi.

21 savol: Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?


Javob: Yo’lovchi o’rindig’idan haydovchining o’rindig’iga o’tish kerak.

22 savol: U savol emas, lekin unga javob berish kerak.


Javob: Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi.

23 savol: Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz.


Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
Javob: Qorong’ulik.

24 savol: Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi


Javob: 9 ta.

25 savol: Men suvman va suv yuzasida suzib yuripman. Men kimman?


Javob: Muz.

26 savol: Nimani 10 daqiqadan ortiq ushlab turishning iloji yo’q, garchi u o’ta yengil bo’lsa ham


Javob: Nafasni.
27 savol: Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
yerlari bor — ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor — yulishni iloji yo’q,
dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?
Javob: Xarita.

28 savol: Uchta toshbaqa sudralib bormoqda.


1-toshbaqa: mening ortimdan ikkita toshbaqa sudralib kelmoqda.
2-toshbaqa: mening oldimda ham, ortimda ham bittadan toshbaqa sudralib kelmoqda.
3-toshbaqa: mening oldimda ikkita toshbaqa, ortimdan esa bitta toshbaqa sudralib kelmoqda.
Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?
Javob: Toshbaqalar aylana bo’ylab sudralib yurishibdi.

29 savol: Stol ustida ikkita tanga turibdi. Ularning jami qiymati 3 so’m. Lekin ularning biri 1 so’mlik tanga emas.


Tangalar necha so’mlik?
Javob: 1 so’m va 2 so’mlik tangalar. Ulardan biri aniq 1 so’mlik emas, lekin ikkinchisi 1 so’mlik

30 savol: Ko’rganda quvonamiz, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz?


Javob: Quyosh.

31 savol: Ular qanchalik ko’p bo’lsa, vazni shunchalik kamayib ketaveradi?


Javob: G’ovaklar

32 savol: Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi?


Javob: O’ng qo’lning tirsagi.

33 savol: Stolning 4 ta burchagi bor. Shu burchaklardan birini kesib olib tashlasa, unda nechta burchak qoladi?


Javob: 5 ta (stolni tasavvur qilib ko’ring).

34 savol: Mashxur sehrgar xonaning o’rtasiga shisha qo’yib, unga kira olishini aytdi. Bu qanday qilib mumkin?


Javob: xonaga barcha kira oladi, shisha qo’yish shart emas.

35 savol: It uning dumiga bog’langan tovaning jaranglashini eshitmasligi uchun necha km/soat tezlik bilan yugurishi kerak?


Javob: 0 km/soat tezlikda, ya’ni umuman harakatlanmasligi kerak

36 savol: Itning bo’yniga uzunligi 5 metr bo’lgan arqon bog’langan edi, lekin shunga qaramay to’g’ri bo’ylab 10 metr uzoqlikka keta oldi.


U buni qanday uddaladi?
Javob: Itning bo’yniga bog’langan arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog’lanmagan edi.

37 savol: Balandligi 10 metr bo’lgan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?


Javob: Narvonning eng quyi pog’onasidan sakrash.
38 savol: Qaysi talaffuz to’g’ri: «oq rangdagi tuxum sarig’ini ko’rmayapman» yoki «tuxumning oq rangli sarig’ini ko’rmayapman»?
Javob: Tuxumning sarig’i oq rangda bo’lmaydi.

39 savol: Qanday sharoitda qora mushukka uyga kirish eng qulay bo’ladi?


Javob: Uyning eshigi ochiq bo’lganda.

40 savol: Ikki ota va ikki o’g’il yo’lda ketayotib, 3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo’ldi?


Javob: Ular bobo, ota va farzand edilar

41 savol: Qanday idishdan umuman hech qanday ovqat yeb bo’lmaydi?


Javob: Bo’sh idishdan.

42 savol: «To’yingda elak bilan suv tashiy» degan ibora mavjud. Bu mumkinmi?


Javob: Xa, suvni avval muzlatib olish kerak

43 savol: Kun va tun nima bilan tugaydi?


Javob: «N» harfi bilan.

44 savol: Beshta yigit bir etikda qolishi uchun nima qilish kerak?


Javob: Ularning har birining bittadan etigini yechib olish.

45 savol: 2+2*2 ning javobi necha bo’ladi?


Javob: 6, avval ko’paytirish bajariladi.

46 savol: Qaysi oyda odamlar eng kam gap gapirishadi?


Javob: Fevral oyida, chunki bu eng qisqa oy.

47 savol: O’tgan yilgi qorni topish uchun nima qilsa bo’ladi?


Javob: 1 yanvar kuni ko’chaga chiqish kerak.

48 savol: Qaysi so’z doimo xato bo’lib eshitiladi?


Javob: «Xato» so’zi.

49 savol: Dengiz tubida qanday tosh bo’lmaydi?


Javob: Quruq tosh.

50 savol: Xo’roz o’zini parranda deb atashi mumkinmi?


Javob: Yo’q, xo’roz gapirishni bilmaydi.


Download 27.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling