Javob: XIX asrning birinchi choragida (1816-yilda)


Download 5.44 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi5.44 Kb.
#1504935
Bog'liq
7-mavzu til savol


Tilshunoslik fanidan savollar va javoblar
1.Qachon tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida fanlar olamiga kirib keldi ?
Javob: XIX asrning birinchi choragida (1816-yilda)
2. Ushbu ta'rif qaysi olimga tegishli ? U hind-Yevropa tillarining umumiy masalalari bilan shug`ullandi, Litva tilini o`rganib, jonli nutq bo`yicha tadqiqotlar olib bordi, xalq og`zaki ijodiga oid materiallar to`pladi. U, shuningdek, qiyosiy-tarixiy va tipologik yo`nalishda german, slavyan, boltiq tillari bilan ham shug`ullandi.
Javob: Avgust Shleyxer
3.A.Shleyxerning eng mashhur asari qaysi va qachon yozilgan?
Javob: '' Hind-german tillari qiyosiy grammatikasining kompendiumi'' (1861)
4. Avgust Shleyxerning naturalistik falsafasi qaysi asarlarida o`z ifodasini topgan ?
Javob: ''Darvin nazariyasi va til haqidagi fan'' (1863) hamda ''Insonning tabiiy tarixi uchun tilning ahamiyati haqida'' (1865) kabi
5. Ushbu fikr kimga tegishli ?
''Organizm mustaqil yashaydi, so`z (til R.R.) esa faqat inson bilan bog`liq holda uning nutq a`zosi orqali yashaydi .''
Javob: Potebnya
6. Kim umumiy tilshunoslik sohasida o`zini Gumboldtning shogirdi, uning g`oyalarini davom ettiruvchi deb hisoblaydi ?
Javob: Geyman Shteyntal (1823-1899)
7.G.Shteyntal ta`limotidagi eng muhim g`oya bu nima ?
Javob: Nutqning individual akti insonning faoliyatidan, ijtimoiy jarayondan ajralganligidir.
8.''Gumboldtning tilshunoslikka oid asarlari va Gegel falsafasi ''asari qachon yozilgan?
Javob: 1848
9.Kimning fikricha, so`zlovchi va tinglovchi o`rtasidagi umumiylik har ikkovining ham aynan bir xalqqa, bir millatga tegishliligi bilan belgilanadi ?
Javob: A. Potebnya
10.1836-yilda Gumboldtning vafotidan so`ng akasi Aleksandr Gumboldt tomonidan chop etilgan asari qaysi ?
Javob:''Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson naslining ma`naviy taraqqiyotiga ta`siri'' asari
11.Yosh grammatikachilar” vakillari sifatida kimlarni misol qilib ko`rsatish mumkin ?
Javob: German Paul, Karl Brugman, German Ostgof, Bertold Delbryuk
12.Qiyosiy-tarixiy metod taraqqiyotining uchinchi bosqichi qaysi olimlar faoliyati bilan bog`liq?
Javob: Aleksandr Potebnya, Gugo Shuxardt, Boduen de Kurtene, Ferdinand de Sossyur va boshqa olimlar
13. Qachon Rossiyada alohida lingvistik maktablar maydonga keldi?
Javob :XIX asr oxirlarida
14.Moskva lingvistik maktabiga rahbarlik qilgan inson kim?
Javob: akademik Filipp Fedorovich Fortunatov (1848-1914)
15. Ikki fonemaning o`zaro bir-biriga o`xshab kelishi yoki bir fonema bo`lib kelishiga nima deyiladi ?
Javob: Konvergensiya
Download 5.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling