Javobgarlik sug’urtasida riskni boshqarish Reja


Download 299.49 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi299.49 Kb.
#1620042
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Javobgarlik sug’urtasida riskni boshqarish




Javobgarlik sug’urtasida riskni boshqarish

Reja

Kirish

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi risklar va ularni sug‘urtalashning zarurligi

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining mulkiy manfaatlarini sug‘urtalashning zarurligi va asosiy shartlari

  2. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi risklarni sug‘urtalashning zamonaviy holati va uning tahlili

Xulosa

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati





KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Milliy iqtisodiyotimizning eksport salohiyati jadal rivojlanib, tobora raqobatga bardoshli bo‘lib bormoqda. Eksport korxonalar faoliyatining eng muhim yo‘nalishiga, butun iqtisodiyotimizning rivojlanish natijalarini baholash mezoniga aylandi. Bugungi kunda deyarli ko‘pgina tarmoq va korxonalarimiz tashqi iqtisodiy faoliyatga to‘liq jalb etilgan bo‘lib, tashqi bozorlarni faollik bilan o‘zlashtirmoqda. Bu haqda Prezident Sh.Mirziyoev 2017 yilning 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidlab o‘tgan edi: “2016-yilda Toshkent shahri va xorijda o‘tkazilgan xalqaro sanoat yarmarkalarida jami 7,7 milliard dollarlik mahsulotni eksport qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish zarur.
Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek, boshqa davlatlarda mahsulot sotishning yangi bozorlarini izlash bo‘yicha boshlangan ishlarni yanada faol davom ettirish kerak. Lekin Bolgariya bilan bu borada yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha berilgan topshiriq, afsuski, natijasiz qoldi.
«O‘ztadbirkoreksport» va «O‘zsanoateksport» aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksporti bilan bog‘liq. Bu borada kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta’minlash kerak”1.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosi bo‘lgan eksport hajmining ana shunday o‘sishi biz uchun an’anaviy resurslar bo‘lmish paxta tolasi, qimmatbaho metallar va turli xom-ashyo etkazib berish hisobiga emas, balki asosan avtomobillar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar,
1 Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. //Xalq sо‘zi, 2017 yil 15 yanvar.
ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabel mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa shu kabi ko‘plab eksport tovarlari hajmi va turlarini ko‘paytirish evaziga ta’minlanmoqda. Buni eksport hajmida tayyor mahsulotlar va xizmatlarning ulushi oshgani, paxta tolasining ulushi esa sezilarli darajada kamaygani ham yaqqol tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat hajmini oshirishga ta’sir etuvchi omillar turlicha bo‘lib, ulardan biri sug‘urtadir. Eksport qiluvchi korxonalar o‘z mahsulot va xizmatlarini tashqi bozorlarda sotish jarayonida ko‘pgina risklarga duchor bo‘ladilar. Mazkur risklar siyosiy va tijorat xarakterida bo‘lib, ularning sodir bo‘lishi oqibatida eksporterlar jiddiy talofat ko‘rishi mumkin. Sug‘urta ana shu ko‘rilgan zararlarni o‘rnini qoplash yo‘li bilan o‘z tovar va xizmatlarini eksport qiluvchi korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Eksport risklarini sug‘urta qilish bo‘yicha milliy sug‘urta kompaniyalarimiz, xususan, “O‘zbekinvest” eksport- import milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, milliy eksport qiluvchi korxonalarning mulkiy manfaatlarini himoya qilish bugungi kun talablariga javob bermaydi. Shuningdek, eksport qiluvchi korxonalarning sug‘urta kompaniyalariga bo‘lgan ishonchini ham ijobiy deb bo‘lmaydi.
Yuqoridagilar biz tanlagan bitiruv malakaviy ishi mavzusi katta nazariy va amaliy hamda shu bilan bir qatorda dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Download 299.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling